• Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo‘yadi.
  • Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko




    Download 132,91 Kb.
    bet2/23
    Sana07.06.2024
    Hajmi132,91 Kb.
    #261263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    114533 2- МАВЗУ.1-дарс

    Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko” – o‘qitish, “didaskol” – o‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan.
    “Didaktika”ning so‘zma – so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi.
    Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan. Didaktika nomi ostida nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya. A. Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657 yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Komenskiy “Hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati”, deb tushundi. Didaktikaning mohiyatini ishlab chiqishda G. Pestalossi, I. Gerbart, K.D. Ushinskiy, V. Ostrogorskiy, P. Kapterev kabi mashhur olimlar katta hissa qo‘shishdi. Bu yo‘nalishda didaktlar Yu.K. Babanskiy, N. Gruzdev, M. Danilov, B. Yesipov, L. Zankov, M. Skatkin kabilar ham ancha ishlarni amalga oshirishdi.
    Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o‘qitish kerak”, “Nimani o‘qitish kerak”, “Qanday o‘qitish kerak”, “Qanday hajmda o‘qitish kerak”, “Kimlarni o‘qitish kerak”, “Qaerda o‘qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o‘qitish kerak” kabi savollariga javob izlaydi.
    Umumiy didaktika o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olish vazifasini qo‘yadi.
    Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.

    Download 132,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 132,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko

    Download 132,91 Kb.