• Ko‘nikma
  • I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja




    Download 132,91 Kb.
    bet10/23
    Sana07.06.2024
    Hajmi132,91 Kb.
    #261263
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
    Bog'liq
    114533 2- МАВЗУ.1-дарс

    Bilimlar banki – bu ma’lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmui. Shuningdek, bilimlar banki – bu izlanuvchilar tomonidan bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha kompyuter xotirasiga kiritilgan nazariy va amaliy ma’lumotlar to‘plami hamdir.
    Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo‘lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan bilimlar majmui.
    Ko‘nikma - bu o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat.
    Ko‘nikma – bu malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qisimlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda o‘z – o‘zidan bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va u talabalarda ko‘p marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladi” [4].
    Ko‘nikma – ongli faoliyat (harakat) ni tez, tejamli, to‘g‘ri, kam jismoniy va aqliy kuch sarflangan holda bajarish jarayoni natijasi. U shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Dastlabki shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar jiddiy diqqat bilan bajariladi, keyingi bosqichda diqqat bilan nazorat qilish kamayib boradi va natijada avtomatlashgan harakatga aylanadi.
    Ko‘nikmalar muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali zarur darajada saqlanadi. Ana shu sababli uning ta’lim – tarbiyadagi ahamiyati beqiyos. Ma’lum vaqt takrorlanmaslik ko‘nikma darajasining pasayishiga olib keladi. U katta hajmdagi mashqlar bajarish va malaka oshirish orqali tiklanadi.
    Ko‘nikma – insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati.
    Ko‘nikma – bu shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar va yo‘l – yo‘riqlardan iborat bo‘lib, ular yordamida rejalashtirilgan maqsadga erishiladi yoki muayyan bir faoliyat amalga oshiriladi.
    Ba’zan ko‘nikmalar shaxsga malaka hosil qiladi va uning malakali ishlashiga yordam beradi, ba’zilari, aksincha, shaxsdagi malakalik sifatiga salbiy ta’sir etadi va uni o‘zgartiradi. Bunday hol malaka va ko‘nikmalarning o‘zaro ta’siri deb yuritiladi.
    Har qanday malaka ko‘nikma bo‘la oladi, lekin har qanday ko‘nikma malaka bo‘la olmaydi. Ko‘nikmalar avtomatlashgan mohiyat kasb etsagina, malaka bo‘ladi. Masalan, talabaning turli harakatlarini shakllarni yozish jarayoni avtomatlashgan bo‘lgani uchun ko‘nikilgan harakat bo‘lib qolgan. Shuning uchun talaba harflarni chiroyli va soz yoza oladi. Bu harakat talabaning malakalashgan ko‘nikmalaridir. Juda ko‘p marta takrorlash tufayli talabalarning harflar shakllarini yozishlar bilan bog‘liq harakatlari avtomatlashadi.

    Download 132,91 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




    Download 132,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja

    Download 132,91 Kb.