• Boshlang‘ich maktab
  • 3. O‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi
  • I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja




    Download 132,91 Kb.
    bet18/23
    Sana07.06.2024
    Hajmi132,91 Kb.
    #261263
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    114533 2- МАВЗУ.1-дарс

    Boshlang‘ich ta’lim – umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi. O‘zbekiston Respublikasida boshlang‘ich ta’lim 1 – 4 sinflarda bolalarga ilk ta’lim berish, ularni ma’naviy kamol toptirishning boshlang‘ich davri hisoblanadi. U 1 – 4 sinflarni o‘z ichiga oladi va bunda o‘qish 6 – 7 yoshdan boshlanadi. Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan boshlang‘ich ta’lim sinflari uchun o‘quv rejasi va dasturlari mavjud.
    Boshlang‘ich maktab – ta’lim oluvchilarga boshlang‘ich umumiy ma’lumot beradigan umumta’lim ta’lim – tarbiya muassasasi. Uning vazifasi – ta’lim oluvchilarga yozish, o‘qish, hisoblash malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, tabiat va jamiyat haqida ilk bilim berish, xulq – odobga o‘rgatishdir.
    Umumiy o‘rta ta’lim tugallangandan keyin ta’lim fanlari va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
    3. O‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi. Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi tizimi yo‘nalishi – akademik litsey yoki kasb – hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
    Akdemik litsey DTS ga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.
    Akdemik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb – hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Kasb – hunar kollejiga tegishli DTS doirasida ta’lim oluvchilarga o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi beriladi; o‘quvchilarga kasb – hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarni chuqur rivojlantirish, tanlab olngan kasb – hunar bo‘yicha bir yoki bir necha iqtisosni egallash imkonini beradi.
    Kasb – hunar kollejlarining jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir nechta zamonaviy kasb – hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
    Akademik litseylar va kasb – hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlangan iqtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Akademik litseylar va kasb – hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisos va kasb – hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
    O‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

    • akademik litsey va kasb – hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ vazifalarini ishlab chiqish va joriy etish;

    • soha uchun oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasini mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

    • o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb – hunar dasturi, o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqish;

    • akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini, egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;

    • kasb – hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb – hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;

    • hududlarning jo‘g‘rofiy va demografik shart – sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan maxaliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

    • akademik litsey va kasb – hunar kollejlarining moddiy texnika va axborot bazalarini mustahkamlash [1].


    Download 132,91 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 132,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja

    Download 132,91 Kb.