• Oliy ta’limning DTS
  • Bakalavriat
  • 5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim.
  • I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja




    Download 132,91 Kb.
    bet19/23
    Sana07.06.2024
    Hajmi132,91 Kb.
    #261263
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    114533 2- МАВЗУ.1-дарс

    4. Oliy ta’lim.
    Oliy ta’lim – malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim. Bu ta’lim 18 – 19 yoshdan boshlanib 4 yildan kam bo‘lmagan muddatda davom etadi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (akademiyalar, universitetlar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi negizida amalga oshiriladi.
    Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalilovchi bakalavriyat va magistraturaga ega.
    Oliy ta’lim – turli oliy maktablarga ho‘jalik, fan, texnika va madaniyat tarmoqlari uchun yuqori oliy malakali mutaxassislar tayyorlash oliy ta’lim jarayonida oliy ma’lumot olinadi. “Oliy ma’lumot” tushunchasi esa muayyan ixtisoslikdan nazariy va amaliy vazifalarni hal etish imkoniyatini beradigan bilim va malakalar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim haqidagi hozirgi tushunchalar birinchi marta G‘arb mamlakatlarida XV – XVII asrlarda dunyoviy oliy maktablar, keyinroq univesitetlar paydo bo‘lishi bilan vujudga keldi.
    Oliy ta’limning DTS – ta’limning bakalavriat muayyan yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo‘yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon daraja.
    Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida 4 yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
    Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’limdir.
    5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim.
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy – pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta’lim kasb – hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy – tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o‘quv yurtidagi keyingi ta’lim bosqichlarida (aspirantura, doktorantura) dissertatsiya himoyachi bilan yakunlanadi.
    Aspirantura – oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bosqichi bo‘lib, magistrlik negizida uch yil (to‘rt yil sirtqi) davom etadi. Aspirantura UTTning tarkibiy qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlaar (fan nomzodlari) tayyorlash shakli. Bu darajaning maqsadi muayyan mutaxassislik bo‘yicha oliy toifali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat. Dissertatsiyani muvaffaqtyatli himoya qilganlarga “Fan nomzodi” ilmiy darajasi beriladi.

    Download 132,91 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 132,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja

    Download 132,91 Kb.