|
I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja
|
bet | 16/23 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 132,91 Kb. | | #261263 |
Bog'liq 114533 2- МАВЗУ.1-дарсDidaktik qobiliyat – o‘quv materiali, ko‘rgazmali qurollar va vositalarini tayyorlab qo‘yish, o‘quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish, o‘rganishga bo‘lgan qiziqish hamda ma’naviy, hissiy istaklarni rag‘batlantirish, o‘quv bilimini oshirish, faollashtirish mahoratlari majmuidan iboratdir.
Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan rahbarlar turli vaziyatlarda sharoitdan kelib chiqib, ta’lim muassasasida vujudga keladigan muammoli vaziyatlarda, muammolarni hal qilishga vaziyatli yondashuv asosida hamda rahbarlarga xos ravishda, o‘z vakolati darajasida faoliyat ko‘rsatadi, stereotiplarni, ya’ni jamoada mavjud bo‘lgan sun’iy to‘siq va muammolarni hal etishda, turli yo‘nalishlarda qarorlar qabul qilishda jamoa fikrini o‘rganadi. Bu qobiliyatlar asosida jamoaa psixologiyasiga (ruhiyatiga) xos doimiy yo‘naltirish yotadi va bunday qobiliyat egasi bo‘lgan rahbar o‘z xodimlarining bilim, ko‘nikma, malakasi, dunyoqarashini, qiziqishlarini, boshqaruv jarayonida tarbiyaviy munosabatlar mavjudligini hamda unda “rahbar – hodim” munosabatlarining ko‘p qirrali ekanligini, boshqaruv jarayonida o‘zaro bevosita ta’sirlar mavjudligini tasavvur qila oladi.
Didakto sentrik texnologiyalar – bu o‘quv dasturidagi rejalashtirilgan materialni har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham ta’lim oluvchilarga yetkazishdagi pedagog faoliyati jarayonidir.
3. Hozirgi davrdagi didaktika rivojining asosiy yo‘nalishlari
Uzluksiz ta’lim tizimi – kadrlar tayyorlash tizimining asosi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxsning jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soha.
Uzluksiz ta’lim tizimi ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash zaruriy shart – sharoitlarini yaratadi. Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, barkamol avlodni shakllantiradi.
Ta’lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma’naviy – axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota – onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar aloqasi asosida chora – tadbirlarni belgilaydi va amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida ularga ahamiyat beriladi. Ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga holis baho berish tizimini yaratish va joriy etishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Inson qobiliyatlarining shakllantirilishi va rivojlantirilishi hamda uning ta’limga nisbatan turli – tuman ehtiyojlarining qondirilishi milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligining ta’minlanishi, inson jamiyat va atrof – muhit o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashuvini amalga oshirish borasida qo‘llaniladi.
Uzluksiz ta’lim – milliy modelning asosiy qismi bo‘lib, quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
|
| |