• Ta’lim paradigmalari
  • I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja




    Download 132,91 Kb.
    bet21/23
    Sana07.06.2024
    Hajmi132,91 Kb.
    #261263
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Bog'liq
    114533 2- МАВЗУ.1-дарс

    7. Maktabdan tashqari ta’lim.
    Bolalar va o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab – ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
    Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun – mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

    • ta’lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan hizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish;

    • milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;

    • o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya – sog‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizimining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllantirishni tiklash hamda amaliyotga joriy etish [1.B. 18].

    Ta’lim paradigmalari
    Paradigma – (yunoncha. Paradigma – namuna – o‘rnak ma’noloarini anglatadi) – ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan, tug‘ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differensial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali hal qilinadi yoki talaba – yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash milliy g‘oyalar asosida hal etiladi va hakoza.
    Pozitivist R.Berkman ilmiy metodologiyadagi me’yorni tavsiflash uchun birinchi bo‘lib paradigma tushunchasini qo‘lladi. Lekin amerikalik olim fan tarixchisi G.Kun o‘zining “Ilmiy revelyusiyalar strukturasi” asarini e’lon qilganidan so‘ng paradigma tushunchasi yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi. G.Kun ilmiy revelyusiya nazariyasini ishlab chiqish jarayonida qator tushunchalarni taklif etdi va bunda paradigma deganda, ma’lum davr ichida ilmiy jamoatchilik ilmiy muammoni qo‘yish va hal etish namunasi bo‘lib xizmat qiladigan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan ilmiy nazariyani tushundi.
    G.Kunning fikricha paradigmalarning almashinuvi ilmiy revelyusiyaga olib keladi va u ilmiy jamoatchilik birligini ta’minlaydi. Shu sababli ham ilmiy jamoat ma’lum paradigmani e’tirof etgan olimlardan tashkil topadi. Paradigma u yoki bu fan sohasining asosiy muammosini tashkil etib, darsliklar va olimlarning mumtoz (klassik) asarlarida o‘z ifodasini topadi. G.Kun bunga misol qilib Aristotel dialektikasini, Ptalemey astronomiyasi va Nyuton mexanikasini qayd etadi.3

    Download 132,91 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 132,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja

    Download 132,91 Kb.