|
I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja
|
bet | 20/23 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 132,91 Kb. | | #261263 |
Bog'liq 114533 2- МАВЗУ.1-дарсDoktorantura – yagona UTT ning oliy malakali va ilmiy pedagogik kadrlr tayyorlashga yo‘naltiradigan aspiranturadan keyingi tarkibiy qismidir.
Doktorantura – fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadigan, dissertatsiya himoya qilish bilan yakunlanadigan uzluksiz t’lim tizimining bosqichlaridan biri. U oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar (fan doktorlari) tayorlash shakli. Yakuniga ko‘ra tanlangan mutaxassislik bo‘yicha “Fan doktori” ilmiy darajasi beriladi O‘zR va UTTning tarkibiy qismi va oliy bosqichi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni qo‘llab – quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy – pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy – pedagog kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustivor ravishda tayyorlash;
rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida ustivor yo‘nalishlar bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash uchun sharoitlar yaratib berish;
fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish. [1. B. 17 - 18].
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan kadrlar tayyorlash malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikar topshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidaligan zarur:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatiga yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshlaqrishni shakllantirish;
yuqori malakali o‘qituvchi – mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to‘ldirib borishni ta’minlash;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni ta’minlovchi normativ bazasini yaratish;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkredatsiyadan o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
iqtisodiyotning davlat va madaniyat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilo va muassasalarning talab – ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlovchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashish;
professional treningning ilg‘or texnologiya va uskunalarini, shuningdek, murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o‘zlashtirib olish. [1.B. 18].
|
| |