Bosim o‘zgarishi faqatgina yopiq sistemada boruvchi reaksiyalarga ta’sir o‘tkazadi.
Hajmni o‘zgarishi bosimning o‘zgarishiga olib keladi. Ya’ni hajm kamayganda bosim ortadi. Hajm necha marta kamaysa, bosim shuncha marta ortadi va shu sistema ichidagi barcha gaz moddalarni molyar konsentratsiyalari ham shuncha martaga ortadi. Hajm oshganda esa bosim kamayadi, bu gaz moddalar konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi.
Bosim va hajm gaz modda konsentratsiyasini o‘zgartirishini hisobga olsak, bu omillar ta’sirini konsentratsiya o‘zgarishi sifatida qabul qilib, tezlikning konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lgan formulasi yordamida reaksiya tezligi necha marta o‘zgarishini aniqlasa bo‘ladi.
Misol uchun quyidagi reaksiyani ko‘rib chiqaylik:
Reaksiya tezligiga haroratning ta’siri.
Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi Vant Goff qonuni yordamida tushuntiriladi. U quyidagicha ta’rifga ega:
Harorat har 10° ga (Kelvin K° yoki Selsiy C°) o‘zgartirilganda (oshirilganda yoki kamaytirilganda) reaksiya tezligi 2 – 4 marta o‘zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Harorat ortsa reaksiya tezlashadi, harorat pasayganda reaksiya sekinlashadi. Haroratning har 10°C ( yoki 10°K ) o‘zgarishida tezlikni necha marta o‘zgarishini ko‘rsatuvchi songa reaksiyaning harorat koeffitsiyenti deyiladi. Agar temperatura 10°C ga ortganida tezlik 4 marta oshsa, ushbu reaksiya uchun harorat koeffitsiyenti “4” ga teng bo‘ladi.
Haroratning tezlikka bo‘lgan ta’sirini quyidagi formula bilan ifodalasa bo‘ladi.
Katalizator
Kimyoviy reaksiyaning tezligi unda katalizator ishtirok etish yoki etmasligiga ham bog’liq. Katalizatorning ishtiroki reaksiyani tezlashishini quyidagi tajribada ko‘rib chiqamiz:
Probirkaga oz miqdorda H2O2 (vodorod peroksid) solib qizdiramiz. Kislorod ajralib chiqayotganligini tekshirish maqsadida probirkaga cho‘g‘lantirilgan tayoqcha tushirib ko‘ramiz. Tayoqcha yonmaydi. Bu kislorod ajralmayotganidan emas, balki reaksiya sekin borayotganligi uchun, ajralayotgan kislorod miqdori kam bo‘lib cho‘g‘lanib turgan tayoqchani yondirish uchun yetarli emasligi tufayli yuz beradi.
Agar probirkaga oz miqdorda marganes (IV) oksidini kukun holigacha maydalab solsak, shu zahoti ajralayotgan pufakchalar soni keskin ko‘paygani seziladi, shu probirkaga cho‘g‘lantirilgan tayoqchani solsak u yorqin alanga bilan yona boshlaydi. Marganes (IV) oksidi kislorod ajralib chiqishi tezligini bir necha barobar oshiradi. Reaksiya tugab bo‘lgach probirkada qolgan marga nes (IV) oksidi miqdori o‘zgarmaganligini sezish mumkin. Katalizator reaksiya davomida sarflanmaydi.
Reaksiya tezligini oshiruvchi, shu bilan birga reaksiya davomida sarflanmay qoladigan moddalar katalizatorlar deyiladi.
Reaksiya tezligini sekinlashtiruvchi moddalar ingibitorlar deyiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak reaksiya tezligi:
1. Moddalar tabiatiga;
2. Gaz va suyuq moddalar konsentratsiyasiga;
3. Yopiq sistemadagi jarayonlar: bosim va hajmga;
4. Haroratga;
5. Katalizator ishtirokiga va qattiq modda reaksiyaga kirishayotgan bo‘lsa, uning tutashish yuzasiga bog‘liq.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______
Mavzu: 24-§. Tezlik mavzusi bo‘yicha masalalar va ularning yechimlari
I. TK – tayanch kompetensiya
1. TK1-kommunikativ kompetensiya
2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi
4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK – fanga oid kompetensiyalar
1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi
B1
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:
Kommunikativ kompetensiya:
O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlasha
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
| VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
1-masala: Hajmi 6 litr bo‘lgan idish 20 mol azot (II) oksid va 14 mol kislorod bilan to‘ldirildi. 15 sekunddan so‘ng idishda 6,5 mol kislorod qoldi. Reaksiyani o‘rtacha tezligini (mol/litr∙min) aniqlang.
Masalaning yechimi: Bu yerda biz avvalo dastlabki va oxirgi miqdorlari ma’lum bo‘lgan gazni ajratib olamiz. Masala sharti bo‘yicha kislorod uchungina dastlabki (14 mol) va reaksiyadan keyingi (6,5 mol) miqdorlar ma’lumligi ko‘rinib turibdi. Endi masalani ishlashni aynan kislorod orqali davom ettiramiz. Kislorodning miqdorlari orasidagi tafovut (farq) ni topamiz:
14 mol - 6,5 mol = 7,5 mol
Vaqt o‘lchov birligiga e’tiborimizni qaratamiz. Vaqt sekundlarda berilgan, “mol/l∙min” dagi tezlikni aniqlash uchun vaqtni minut birligiga o‘tkazib olamiz.
15 sekund : 60 = 0,25 minut
Endi asosiy formulani ishlatib reaksiyaning o‘rtacha tezligini aniqlaymiz:
Javob: 5 mol/litr∙min
2-masala: Ma’lum bir reaksiyada vodorodning sar䦈anish tezligi 2,5mol/l∙min. 6 litrli idishda shu reaksiya olib borilganda, vodorodning massasi 100g dan 10g gacha kamaygan bo‘lsa, reaksiyaning sekundlardagi davomiyligini aniqlang.
Masalaning yechimi: Masala shartida reaksiya tezligi “mol/l∙min”da o‘lchangan. Shuning uchun vodorodning massalarini bir-biridan ayirib, reaksiya davomida sarflangan vodorod massasini topamiz. Keyin bu massadan vodorodning miqdorini (mol) topamiz.
Reaksiyaga kirishgan vodorod miqdori topilgach, vaqtni quyidagi formula orqali topamiz:
Biz hozir reaksiya davomiyligini aniqladik. E’tibor bering vaqt o‘lchov birligi tezlikdagi vaqt bilan bir xil bo‘ladi. Bizda tezlik “mol/l ∙min” da berilganligi uchun, formula orqali aynan “min”lardagi vaqtni aniqladik. Endi masala talabiga ko‘ra uni sekundlarga o‘tkazamiz.
Javob: 180 sekund.
3-masala: Ma’lum bir reaksiyada metanning sarflanish tezligi 2,2 mol/l·min bo‘lsa, 30 sekund davomida metanning massasi 102,8 g dan 50 g gacha kamaydi. Reaksiya o‘tkazilgan idish hajmini toping.
Masalaning yechimi: Sarflangan metan miqdorini topamiz:
Vaqtni minutlarga aylantiramiz:
30 sekund : 60 = 0,5 minut
Endi quyidagi formula yordamida reaktor hajmini aniqlaymiz:
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______
Mavzu: 25-§. Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy muvozanat
I. TK – tayanch kompetensiya
1. TK1-kommunikativ kompetensiya
2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi
4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK – fanga oid kompetensiyalar
1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi
B1
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:
Kommunikativ kompetensiya:
O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlasha
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
| VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Idishga azot va vodorodni solamiz va idish qopqog‘ini berkitamiz. Ma’lum sharoit hosil qilinganda azot va vodorod molekulalari o‘zaro ta’sirlashib, ammiak molekulasini hosil qila boshlaydi.
Natijada idishda azot va vodorodning miqdori kamayib, ammiakning miqdori ortib boradi. Shu bilan birgalikda azot va vodorod molekulalarini bir-biri bilan ta’sirlashish ehtimolligi kamayadi. Endi azot va vodoroddan ammiak hosil bo‘lishi o‘rniga, ammiak molekulasi parchalanib, azot va vodorod molekulalari hosil bo‘la boshlaydi. Ya’ni reaksiya teskari yo‘nalishda boradi.
Kimyoviy reaksiyalarni 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin:
1. Qaytar reaksiyalar;
2. Qaytmas reaksiyalar.
Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalar shunday reaksiyalarki, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar parchalanib yoki o‘zaro reaksiyaga kirishib dastlabki moddalarni hosil qilmaydi. Mis metallining konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyasida olingan mahsulotlardan, ya’ni azot (IV) oksid, mis (II) nitrat va suvni o‘zaro reaksiyaga kirishtirib metall holidagi misni olib bo‘lmaydi.
Shuningdek temir va oltingugurtni reaksiyaga kirishtirib olingan temir (II)
sulfid shu haroratda yana temir metali va oltingugurtga parchalanmaydi.
|