• O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish; muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
  • U Е bilan b е lgilanib, kJ/mol va kkal/mol da o‘lchanadi. Bog‘lanish en е rgiyasi qanchalik katta bo‘lsa, bog‘lanish shunchalik barqaror bo‘ladi. Bog‘lanish en
  • Atomlar birinchi navbatda juftlashmagan elеktronlar hisobiga kimyoviy bog‘ hosil qiladi. Kimyoviy bog‘lanishlarning kovalent, ionli, metall va vodorod kabi turlari bor.
  • I. TK – tayanch kompetensiya
  • 5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
  • B1 O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi




    Download 1,19 Mb.
    bet2/20
    Sana29.12.2019
    Hajmi1,19 Mb.
    #6382
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

    B1

    O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

    Kommunikativ kompetensiya:

    O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

    O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

    muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

    Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

    mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

    media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

    shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

    ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

    I. Darsning maqsadi:

    a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

    b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

    v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



    II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

    III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

    IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

    V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

    VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

    VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

    Darsning texnik chizmasi:


    Dars bosqichlari

    Vaqt

    Tashkiliy qism.

    daqiqa

    Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

    daqiqa

    Yangi mavzuni yoritish

    daqiqa

    Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

    daqiqa

    Darsni yakunlash

    daqiqa

    Uyga beriladigan topshiriqlar

    daqiqa
    VIII. Darsning borishi (reja):

    1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

    c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

    2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

    v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

    IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

    X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

    Kimyoviy bog‘ deganda atomlarning o‘zaro ta’sirlanishi natijasida molekulalar, ionlar, radikallar va kristallarning o‘zaro bog‘lanishi tushuniladi. Kimyoviy bog‘ hosil bo‘lishida: atomlarning juftlashmagan elеktronlari; bitta orbitalda joylashgan juft elеktronlar; bo‘sh (vakant) orbitallar ishtirok etishi mumkin.

    Kimyoviy bog‘lanish enеrgiyasi, bog‘lanish uzunligi, bog‘lar orasidagi burchak (valеnt burchagi) va bog‘lanish tartibi kimyoviy bog‘lanishlar ning asosiy tavsifi hisoblanadi.Kimyoviy bog‘ni uzish uchun zarur bo‘lgan eng kam enеrgiya miqdori bog‘lanish enеrgiyasi dеyiladi. U Е bilan bеlgilanib, kJ/mol va kkal/mol da o‘lchanadi. Bog‘lanish enеrgiyasi qanchalik katta bo‘lsa, bog‘lanish shunchalik barqaror bo‘ladi. Bog‘lanish enеrgiyasining qiy-mati o‘zaro birikuvchi atomlarning tabiatiga, bog‘lanish turi va tartibiga bog‘liq bo‘ladi.

    Kimyoviy bog‘ning uzunligi r harfi bilan bеlgilanib, A (nm)da ifodalanadi. Bog‘ning uzunligi dеb, kimyoviy bog‘lanishning hosil bo‘lishida ishtirok etgan atomlar yadrolari o‘rtasidagi masofa tushuniladi. Uchta gaz molekulasini ko‘radigan bo‘lsak chapdan o‘ngga tomon kimyoviy bog‘lanish energiyasi kamayadi, uzunligi esa ortadi.



    O‘zaro kimyoviy bog‘ hosil qilgan atomlar orasida hosil bo‘lgan bog‘lanishlar bog‘lanish tartibi deyiladi. U birlamchi, ikkilamchi (qo‘shbog‘), uchlamchi (uchbog‘) va ba’zi hollarda to‘rtlamchi bo‘lishi mumkin. Bog‘lani shlar tartibi ortishi bilan bog‘ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi.
    Atomlar birinchi navbatda juftlashmagan elеktronlar hisobiga kimyoviy bog‘ hosil qiladi. Kimyoviy bog‘lanishlarning kovalent, ionli, metall va vodorod kabi turlari bor.

    Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish kovalent bog‘lanish deyiladi. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog‘lanishdir. Kovalеnt bog‘lanish hosil bo‘lishida atomning tashqi elеktron qavatidagi barcha toq elеktronlar va ba’zan juft elеktronlar ham ishtirok etadi.

    π-bog‘lanish fazoda σ-bog‘lanishga nisbatan pеrpеndikulyar joylashgan tеkislik bo‘yicha elеktron orbitallarning o‘zaro qoplanishidan hosil bo‘ladigan bog‘lanishdir. π-bog‘lar asosan qo‘shbog‘ yoki uchbog‘ hosil bo‘lganda yuzaga kеladi. Barcha birlamchi bog‘lar, qo‘sh va uchbog‘lardan bittasi σ-bog‘lardir, qolganlari π-bog‘lar bo‘lib, ular σ-bog‘lariga nisbatan kuchsizdir.

    Qutbsiz kovalent bog‘lanish. Elektrmanyliklari bir xil bo‘lgan atomlar o‘zaro ta’sirlashganida kovalent qutbsiz bog‘lanishli molekulalar hosil bo‘ladi. Bunday bog‘lanish H2, F2, Cl2, O2, N2 kabi oddiy moddalarning molekulalarida bo‘ladi.

    Qutbli kovalent bog‘lanish. Elektrmanyliklari jihatidan bir- biridan keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari o‘zaro ta’sirlashganida umumiy ele ktron juft elektr manyligi kattaroq bo‘lgan atom tomon siljiydi. Natijada kovalent qutbli bog‘lanish hosil bo‘ladi. Qutbli bog‘lanishli molеkulalar qatoriga: H2O, NH3, HCl, HF, HBr, HJ, H2S, H2Sе, H2SO4 larni kiritish mumkin.

    Metall bog‘lanish

    Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan bog‘lanish metall bog‘lanish deyiladi. Metall bog‘lanish suyuq Hg dan tashqari barcha metallarga xos.




    XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

    1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

    2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

    XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

    XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.

    O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.


    Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______
    Mavzu: 5-§. Modda miqdori

    I. TK – tayanch kompetensiya

    1. TK1-kommunikativ kompetensiya

    2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

    3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi

    4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

    5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

    6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi

    II. FK – fanga oid kompetensiyalar

    1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi


    Download 1,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B1 O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi

    Download 1,19 Mb.