Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, eritmaning konsentratsiya va haroratiga bog‘liq bo‘ladi




Download 1,19 Mb.
bet8/20
Sana29.12.2019
Hajmi1,19 Mb.
#6382
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20

Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, eritmaning konsentratsiya va haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Ionlarning almashinish reaksiyalari

Eleklrolitlarning eritmalarida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar elektrolit moddaning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlar ishtirokida amalga oshadi. Ionlar orasida boradigan kimyoviy reaksiyalarning tenglamalarini tuzishda kuchli elektrolit moddani dissotsiatsiyalangan holda, kuchsiz elektrolitlar, suvda erimaydigan cho‘kma moddalar, gaz holatga o‘tib reaksiya muhitidan chiqib ketadigan moddalarning molekulyar formulalari yoziladi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______
Mavzu: 11-§ Tuzlarning gidrolizi va undagi eritma muhiti

I. TK – tayanch kompetensiya

1. TK1-kommunikativ kompetensiya

2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi

4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK – fanga oid kompetensiyalar

1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi

B1

O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiya:

O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

I. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:

Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Darsni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa
VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

Tuzlar ko‘p holatlarda asoslar bilan kislotalarning orasida boradigan reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan ionlar kuchli va kuchsiz elektrolitligi bilan farq qiladi. Tuzlar bilan suv orasida almashinish reaksiyasi sodir bo‘ladi, bu reaksiyalar gidroliz reaksiyalaridir. Yunonchada “gidro” – suv, “lizis” – ajralish degan ma’noni bildiradi.

Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi gidroliz deb ataladi.

Vodorod ko‘rsatkich. (pH)

Suv juda kuchsiz elektrolit bo‘lib, juda oz miqdorda vodorod va gidroksid ionlariga ajraladi. Suvning ionlanish tenglamasini quyidagicha yozamiz: H2O ↔ H+ + OH–. Bu ionlarning teng miqdorda bo‘lishi neytral muhitni ta’minlab beradi.

Eritmada H+ ionlari ko‘p bo‘lsa, muhit kislotali bo‘ladi. Aksincha, OH– ionlari ko‘p bo‘lsa muhit ishqoriy bo‘ladi. Kimyo fanida eritma muhiti quyidagi jadval yordamida ifodalanadi. Bu jadval H+ ionlari miqdoriga asoslangan bo‘lib, pH ko‘rsatkichi yordamida ifodalanadi.


Tibbiyotda pH ko‘rsatkichi muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom organizmdagi suyuqliklarning pH qiymati quyidagicha: Qonning pH ko‘rsatkichi 7,4 ga, hazm jarayonida oshqozonning pH 1,5-2 ga, so‘lakda esa tinch holatda pH 5–8 ko‘rsatkichlari orasida o‘zgaradi. Bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi inson tanasida ma’lum bir kasallik borligini ko‘rsatadi.
Ayrim tuzlarning suvdagi eritmasining indikatorlarga munosabati:


XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.

Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______
Mavzu: 12-§. Eritma haqida tushuncha

I. TK – tayanch kompetensiya

1. TK1-kommunikativ kompetensiya

2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi

4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi

II. FK – fanga oid kompetensiyalar

1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi

B1

O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

Kommunikativ kompetensiya:

O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

I. Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

daqiqa

Darsni yakunlash

daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

daqiqa
VIII. Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

Agar biz suv solingan 3 ta probirkalardan biriga shakar, ikkinchisiga NaCl va uchinchi probirkaga KMnO4 kristallarini solsak, biroz vaqtdan so‘ng suvning fizik-kimyoviy xossalarining o‘zgarishini kuzatishimiz mumkin. Masalan, shakar kristallari solingan suv shirin ta’mga, tuz kristallari solingan suv sho‘r ta’mga, KMnO4 solingan suv pushti rangga kiradi. Buning natijasida suvning rangi, ta’mi, zichligi, muzlash harorati va boshqa xossalari o‘zgaradi. Hosil bo‘lgan aralashmaning rangi suvdek shaffof bo‘lsa ham (shakar va tuz solingani) bu aralashmani suv deb bo‘lmaydi. Bu aralashmani eritma deb ataladi. Suvda shakar, tuz va KMnO4 erigani uchun bu moddalarni erigan modda deb, suvni esa erituvchi deb ataladi.

Hozirgi tajribamizda qanday jarayon yuz berganini ko‘rib chiqaylik. Dastlab bizda 3 ta probirkada suv bor edi. Birinchi probirkadagi suvga shakarni solib aralashtirsak, shakar erib ketadi va bizga shakar ko‘rinmay qoladi. Bunga sabab, erituvchini molekulalari ta’siri ostida shakar moddasi, o‘zining eng kichik zarrachasi hisoblangan molekula holigacha maydalanadi va suvning molekulalari orasida bir tekis tarqalib ketadi. Natijada moddalarni bir-biridan ajratib turadigan sirt chegarasi yo‘qoladi va bunday sistemani gomogen sistema deyiladi.

Eritma erituvchi va erigan modda molekulalarini o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan gomogen (butun sathi bo‘yicha fizik va kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan) sistemadir.

Eritmalarga shunchaki erituvchi va eruvchi moddalarning aralashmasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Eritmalar xossalari jihatidan aralashma va kimyoviy birikmalar (toza moddalar) oralig‘ida turadi. Ya’ni:

Eritmalar tarkibida bir necha xil moddalar bo‘lishi bilan aralashmalarga yaqin turadi va kimyoviy birikmalardan farq qiladi.

Tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lishi ularni aralashmalarga yaqinlashtirsa, kimyoviy birikmalardan uzoqlashtiradi.

Eritmani tarkibida modda (erituvchi modda va erigan modda) molekulalari bir tekis taqsimlanadi va eritmani har qanday qismida tarkibi bir xil bo‘ladi. Bu jihati bilan kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi. Aralashmalardan shu xususiyati bilan farq qiladi (aralashmalar ko‘p hollarda butun sathi bo‘yicha bir xil tarkibga ega bo‘lmaydi).

Kimyoviy birikma o‘zining ma’lum kimyoviy tarkibiga, fizik xossalariga (zichligi, suyuqlanish va qaynash harorat) ega. Eritmani esa suv qo‘shib suyultirish, erigan moddadan qo‘shib quyultirish mumkin. Natijada eritmaning tarkibidagi moddalarning miqdoriy nisbati o‘zgaradi va bu o‘z navbatida eritmani zichligi, qaynash va muzlash haroratlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Erigan moddani miqdori ortishi, eritmani zichligini ortishiga va muzlash haroratini pasayishiga olib keladi.

Kimyoviy birikmalar haroratni biroz o‘zgarishi natijasida agregat holatini o‘zgartiradilar, lekin tarkibini o‘zgartirmaydilar (masalan, suvni muzlashi va bug‘ holatiga o‘tishi). Eritma esa haroratni o‘zgarishi natijasida erituvchi va erigan moddaga ajralib ketishi mumkin. Masalan, eritmani biroz qizdirilsa eritmadagi suv bug‘lanib keta boshlaydi va bu jarayon uzoq davom etsa, idishni tagida faqat erigan modda qoladi.



Eritmalar hosil bo‘lishida kuzatiladigan jarayonlar ularni kimyoviy birikmalarga yaqinlashtirib, aralashmalardan farqlantiradi. Masalan, erit malar hosil bo‘lishida kimyoviy birikmalar hosil bo‘lishidagi kabi hajm kamayishi, issiqlik ajralishi yoki yutilishi jarayonlari kuzatiladi. Shuning uchun eritmalarni erituvchi hamda erigan moddaning shunchaki aralash masi deb qaralmaydi va erish jarayoni fizik-kimyoviy jarayon hisoblanadi.

Buni jadvalda quyidagicha ifodalasak ham bo‘ladi:



Eritmalar inson hayoti va amaliy faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Inson organizmida ovqat hazm bo‘lishi jarayonida oziq moddalarni hazm bo‘lishi ularni eritmaga o‘tishi bilan amalga oshadi. Oziq moddalar hazm fermentlari ta’sirida parchalanadi va erib, molekula holigacha o‘tadi. Molekula holidagi erigan oziq moddalarni ichaklar qonga so‘rib olishi osonlashadi.

Download 1,19 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dissotsiatsiyalanish darajasi erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, eritmaning konsentratsiya va haroratiga bog‘liq bo‘ladi

Download 1,19 Mb.