deganda quyidagi sharoit tushuniladi:
Harorat 0oC (Selsiy shkalasi bo‘yicha). Yoki 273 oK (Kelvin shkalasi bo‘yicha).
Bosim 101,325 кPa (101325 Pa) yoki 1 atmosfera bosimi yoki 760 mm simob ustuni.
Gaz moddalar ishtirok etadigan jarayon esa har doim ham normal sharoitda bo‘lavermaydi. Reaksiya boradigan har xil sharoitlar uchun tegishli hisoblashlarni bajarishlarni ham bilib olish kerak. Buning uchun ideal holatdagi gazlar tenglamasi yoki Mendeleyev-Klaperon (uni Klaperon-Mendeleyev tenglamasi deb ham aytiladi) tenglamasidan foydalaniladi.
P bosim (KPa)
V hajm (l)
n modda miqdori (mol)
R gazlarning universal doimiysi = 8,31
T harorat (K)
Bu formulada temperatura Kelvin shkalasi bo‘yicha hisoblanadi. Agar masalada Selsiy shkalasi bo‘yicha berilsa, Kelvin shkalasiga o‘tib olinadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
T – Kelvin shkalasi bo‘yicha harorat
t – Selsiy shkalasi bo‘yicha harorat
Mendeleyev-Klaperon tenglamasidagi bosim kiloPaskalda ifodalansa,universal gaz doimiysi (R) 8,31 ga teng deb olamiz. Agar bosim atmosfera bosimida ifodalansa, universal gaz doimiysi (R) ham o‘zgaradi. Ya’ni 0,082 ga (8,314:101,325=0,082) teng bo‘lib qoladi.
Masala ishlashda formuladagi universal gaz doimiysi (R) qiymatini 0,082 deb olinadi.
Agar bosim mm simob ustunida berilgan bo‘lsa, uni atmosfera bosimiga (760 mm simob ustuni=1atm) o‘tkazib olinadi va masala ishlashda davom etiladi.
Modda miqdorini (n) aniqlash uchun modda massasini (m), uni molyar massasiga (M) bo‘lishimiz kerak.
Yuqorida berilgan Mendeleyev-Klaperon tenglamasida modda miqdorini, massani molyar massaga bo‘lish orqali ifodalasak bo‘ladi. Unda formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Shu formulani qulayroq bo‘lishi uchun quyidagicha ifodalasak ham bo‘ladi:
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______
Mavzu: 9 - §. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqida tushuncha
I. TK – tayanch kompetensiya
1. TK1-kommunikativ kompetensiya
2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi
4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK – fanga oid kompetensiyalar
1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi
B1
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:
Kommunikativ kompetensiya:
O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
| VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
1887-yilda S. Arrenius elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasini taklif etdi.
Bu nazariyaning zamonaviy talqini quyidagicha:
1.Elektrolit moddalarning suvda eriganda yoki suyuqlantirilganda ionlarga ajralishi dissotsiatsiya deyiladi. Ionlar manfiy va mausbat bo`ladi.
2.Elektr toki ta’sirida musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari anionlar deyiladi.
3. Dissotsiatsiya jarayoni qaytar jarayondir. Dissotsiatsiya natijasida hosil bo‘lga
qarama-qarshi zaryadli ionlar bir-biri bilan to‘qnashib, qaytadan molekulaga aylanadi va bu assotsiatsiya deyiladi.
Elektrolit va noelektrolitlar haqida tushunchaga ega bo‘lishdan oldin bir tajribani ko‘rib chiqamiz. Buning uchun rasmda ko‘rsatilgan asbob yordamida osh tuzining konsentrlangan eritmasidan tok o‘tkazib ko‘ramiz.
|