• Chap tomondagi ionlar zaryadlarining arifmetik yig‘indisi +3 ga, o‘ng tomondagilarniki esa 0 ga teng. Chap tomonga 3 ta elektron qo‘shsak, ikkala tomondagi zaryadlar teng bo‘ladi.
  • Natijada oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tenglashganini ko‘rishimiz mumkin.
  • I. TK – tayanch kompetensiya
  • 5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
  • 2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi B1 O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi
  • O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish; muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
  • Reaksiyani yarim reaksiya usuli bo‘yicha tenglashtiramiz .
  • Avval oksidlovchining ionini (NO3-) ko‘rib chiqamiz




    Download 1,19 Mb.
    bet16/20
    Sana29.12.2019
    Hajmi1,19 Mb.
    #6382
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

    Avval oksidlovchining ionini (NO3-) ko‘rib chiqamiz.



    Tenglamaning chap tomonida 3 ta kislorod atomi bor. O‘ng tomonida esa 1 ta kislorod atomi. Tenglamadagi kislorod atomlarini tenglashtirib olish uchun, kislotali muhitda kislorod kam tomonga kerakli miqdorda kislorodni o‘zida saqlagan suv molekulasi qo‘shiladi. Ya’ni o‘ng tomonga 2 ta suv molekulasini qo‘shamiz.



    Endi vodorod atomlarini tenglashtiramiz. Tenglamaning chap tomonida vodorod atomlari yo‘q. O‘ng tomonida esa 4 ta vodorod atomi bor. Tenglamadagi vodorod atomlarini tenglashtirib olish uchun, kislotali muhitda vodorod kerakli miqdorda vodorodni o‘zida saqlagan vodorod ioni qo‘shiladi. Ya’ni chap tomonga 4 ta vodorod ioni qo‘shamiz.



    Chap tomondagi ionlar zaryadlarining arifmetik yig‘indisi +3 ga, o‘ng tomondagilarniki esa 0 ga teng. Chap tomonga 3 ta elektron qo‘shsak, ikkala tomondagi zaryadlar teng bo‘ladi.



    Reaksiyaning chap va o‘ng tomonlaridagi suv va gidroksid ionlarini qisqartirib olamiz, ya’ni chap tomonda 15 ta, o‘ng tomonda 24 ta suv molekulalari bor ekan. Ularni qisqartirsak, reaksiyaning o‘ng tomonida 9 ta suv molekulasi ortib qoladi. Xuddi shunday gidroksid ionlarini ham qisqartirish natijasida reaksiyaning chap tomonida 18 ta gidroksid ionlari qoladi.



    Bu tenglama oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining qisqa ionli tenglamasi bo‘ldi. Endi dastlabki reaksiyadan foydalanib, reaksiya tenglamasini yozamiz. Ion va molekulalarning oldidagi koeffitsiyentlarini esa molekulaning oldiga qo‘ yamiz.


    Natijada oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tenglashganini ko‘rishimiz mumkin.
    XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

    1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

    2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

    XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

    XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.

    O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
    Sana ___ ______”_________-yil KIMYO fani Sinf: 11_______
    Mavzu: 29-§ Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini eritma muhitiga bog‘liqligi

    I. TK – tayanch kompetensiya

    1. TK1-kommunikativ kompetensiya

    2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

    3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi

    4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

    5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya

    6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi

    II. FK – fanga oid kompetensiyalar

    1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi

    2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi

    B1

    O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:

    Kommunikativ kompetensiya:

    O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;

    O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;

    muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.

    Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

    mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;

    media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.

    O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:

    shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;

    ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;

    I. Darsning maqsadi:

    a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.

    b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish

    v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.



    II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.

    III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.

    IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.

    V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.

    VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.

    VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
    Darsning texnik chizmasi:


    Dars bosqichlari

    Vaqt

    Tashkiliy qism.

    daqiqa

    Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

    daqiqa

    Yangi mavzuni yoritish

    daqiqa

    Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish

    daqiqa

    Darsni yakunlash

    daqiqa

    Uyga beriladigan topshiriqlar

    daqiqa
    VIII. Darsning borishi (reja):

    1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash

    c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.

    2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish

    v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

    IX. O’tilgan mavzuni takrorlash

    X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:

    Pushti-siyohrangli kaliy permanganatni suvli eritmasini oksidlovchilik xossasiga eritmani muhitining ta’sirini o‘rganish uchun uchta probirka olib, ularni hammasiga bir xil miqdorda oksidlovchilik xossasiga ega bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi va qayratuvchilik xossasiga ega bo‘lgan natriy nitrit eritmasini solamiz. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi sulfat kislota eritmasidan, ikkinchisiga 1-2 tomchi distillangan suv va uchinchi probirkaga 1-2 tomchi kaliy gidroksid eritmasidan qo‘shamiz. Birinchi probirkada eritma rangsiz holatga keladi. Ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘km a hosil bo‘ladi. Uchinchi probirkada yashil rangli eritma hosil bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rishimiz mumkinki, eritma muhitiga qarab oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida har xil moddalar hosil bo‘lishi mumkin ekan va bu moddalar eritmaga turli rang beradi.

    Endi har bir probirkada nima jarayon yuz berganini ko‘rib chiqaylik. Dastlab uchta probirkada ham kaliy permanganat eritmasi bor edi. Permanganat ioni (MnO4–) eritmaga pushti-siyohrang beradi. Shuning uchun uchta probirka ham pushti-siyohrangda edi. Har bir probirkada qanday jarayon yuz berganini bilish uchun reaksiya tenglamalarini yozib olamiz.

    Birinchi probirkada:



    Reaksiyani yarim reaksiya usuli bo‘yicha tenglashtiramiz.


    Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti-siyohrang berib turgan permanganat ioni (MnO4-) reaksiya tugagandan keyin Mn2+ ioniga aylandi. Mn2+ ioni rangsiz bo‘lgani uchun, reaksiya amalga oshganda birinchi probirkada rangsiz eritma hosil bo‘ladi. Bu jarayon permanganat (MnO4-) ionini Mn2+ ioniga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, kislotali muhitda permanganat ioni (MnO4–) Mn2+ ioniga aylanadi.

    Ikkinchi probirkada:


    Kaliy permanganat va natriy nitrit eritmalari orasidagi reaksiya neytral muhitda olib borilganda permanganat ioni (MnO4-) 3 ta elektron qabul qilib olib, marganes (IV) oksid (MnO2) holigacha qaytariladi. Qaytaruvchi nitrit ioni esa, avvalgi reaksiya kabi nitrat ionigacha oksidlanadi.


    Download 1,19 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avval oksidlovchining ionini (NO3-) ko‘rib chiqamiz

    Download 1,19 Mb.