Qaytaruvchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun molyar massasi (166)ni birga bo‘lamiz.
Javob: Oksidlovchining ekvivalenti og‘irligi 49, qaytaruvchining ekvivalent og‘irligi 166 ekan.
Yana bir misololni ko‘rib chiqamiz:
Ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchi moddalarning ekvivalent og‘irliklarini reaksiyani tenglashtirmasdan ham aniqlash mumkin. Buning uchun oksidlovchi qabul qilgan va qaytaruvchining olgan elektronlarini aniqlab olamiz.
Oksidlovchi tarkibidagi 1 mol Mn7+ ioni 5 ta elektron qabul qilib olib, Mn2+ holatiga o‘tdi. Demak, bir mol oksidlovchi (KMnO4) 5 ta elektron qabul qilib oldi. Uni ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun molyar massasi (158)ni 5 ga bo‘lamiz.
Qaytaruvchi tarkibidagi 2 mol Fe2+ ioni 2 ta elektron berib, Fe3+ holatiga o‘tdi. Demak, 2 mol qaytaruvchi (FeSO4) 2 ta elektron bergan. Ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun 1 mol qaytaruvchini bergan elektronlarini hisoblab olishimiz kerak bo‘ladi:
Qaytaruvchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun molyar massasi (152) ni birga bo‘lamiz.
Javob: Oksidlovchining ekvivalenti og‘irligi 31,6, qaytaruvchining ekvivalent og‘irligi 152 ekan.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______
Mavzu: 31-§. Elektroliz tushunchasi. Eritma va suyuqlanma elektrolizi
I. TK – tayanch kompetensiya
1. TK1-kommunikativ kompetensiya
2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi
4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK – fanga oid kompetensiyalar
1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi
B1
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:
Kommunikativ kompetensiya:
O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
| VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Elektroliz jarayoni qanday jarayon ekanligini bilib olish uchun quyidagi tajribani ko‘rib chiqamiz.
Elektroliz jarayonini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus idish (elektrolizyor yoki elektrolitik vanna) olamiz. Uni ichiga mis (II) xlorid eritmasidan solamiz.
Shu idishga elektrodlarni tushiramiz. Birinchi elektrodga elektr tokining manfiy qutbi, ikkinchisiga musbat qutbi ulanadi. Manfiy qutb ulangan elektrod katod va musbat qutb ulangan elektrod esa anod deb ataladi.
Katod va anodni o‘zgarmas tok manbayiga ulasak, reaksiya sodir bo‘ladi. Ya’ni mis (II) xlorid tarkibidagi musbat zaryadlangan Cu2+ kationlari manfiy zaryadlangan katod tomon harakatlanadi. Manfiy zaryadlangan Cl- anionlari esa musbat zaryadlangan anod tomon harakatlanadi.
|