Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti-siyohrang berib turgan permanganat ioni (MnO4-) reaksiya tugagandan keyin marganes (IV) oksid (MnO2)ga aylandi. Marganes (IV) oksid qoramtir-qo‘ng‘ir rangli cho‘kma bo‘lgani uchun ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ldi. Bu jarayonga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, neytral muhitda permanganat (MnO4–) ioni marganes (IV) oksid (MnO2)ga aylanadi.
Uchinchi probirkada:
Kaliy permanganat va natriy nitrit eritmalari orasidagi reaksiya ishqoriy muhitda olib borilganda permanganat ioni (MnO4–) 1 ta elektron qabul qilib olib, manganat ionigacha (MnO42–) qaytariladi. Qaytaruvchi nitrit ioni esa, avvalgi reaksiya kabi nitrat ionigacha oksidlanadi.
Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti-siyohrang berib turgan permanganat (MnO4–) ioni reaksiya tugagandan keyin manganat (MnO42–) ioniga aylandi. Manganat (MnO42–) ioni eritmaga yashil rang bergani uchun uchinchi probirkadagi eritma yashil rangga kirdi. Bu jarayon permanganat (MnO4–) ionini manganat (MnO42–) ioniga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, ishqoriy muhitda permanganat (MnO4–) ioni manganat (MnO42–) ioniga aylanadi.
Permanganat (MnO4–) ionini oksidlovchilik xossasi eritmani muhitiga bog‘liq bo‘lib, kislotalik muhitda oksidlovchilik xossasi kuchliroq namoyon bo‘ladi va 5 ta elektron olib, +2 ionigacha qaytariladi. Neytral muhitda o‘rtacha oksidlovchilik xossasi namoyon bo‘ladi va 3 ta elektron olib, MnO2 gacha qaytariladi. Ishqoriy muhitda esa oksidlovchilik xossasi kuchsizroq namoyon bo‘ladi va 1 ta elektron olib, MnO42– ionigacha qaytariladi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: KIMYO 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil Kimyo fani Sinf: 11_______
Mavzu: 30-§. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida moddalarning ekvivalent
og‘irliklarini aniqlash
I. TK – tayanch kompetensiya
1. TK1-kommunikativ kompetensiya
2. TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
3. TK3-o`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi
4. TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
5. TK5-milliy va umuminsoniy kompetensiya
6. TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish hamda foydalanish kompetensiyasi
II. FK – fanga oid kompetensiyalar
1. FK1- Ma’naviy axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi
2. FK2- Mafkuraviy immunitetga ega bo‘lish kompetensiyasi
B1
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarning quyidagi elementlari shakllanadi:
Kommunikativ kompetensiya:
O‘z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
O‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar, globus, xarita.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
| VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Oksidlovchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun oksidlovchini molyar massasini, shu oksidlovchining bir molini qabul qilib olgan elektronlari soniga bo‘linadi.
Qaytaruvchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun esa qaytaruvchining molyar massasini, uni bir molini bergan elektronlari soniga bo‘linadi.
Masalan:
Ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchi moddalarni ekvivalent og‘irliklarini aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
Dastlab ushbu reaksiyani tenglashtirib olamiz.
Yuqoridagi reaksiyada K2Cr2O7 oksidlovchi bo‘lib, KJ esa qaytaruvchidir.Bir mol oksidlovchi (K2Cr2O7) 6 ta elektron qabul qilib oldi. Uni ekvivalent og’irligini aniqlash uchun molyar massasi (294)ni 6 ga bo‘lamiz.
2 mol qaytaruvchi (KJ) 2 ta elektron bergan. Ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun 1 mol qaytaruvchini bergan elektronlarini hisoblab olishimiz kerak bo‘ladi:
|