|
Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd Pdf ko'rish
|
bet | 114/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJAInternet xususiyatlari
Internetga ulangan qurilma internetning bir qismini
shakllantiradi Internetga ulanish uchun
int rn t
izmat rovay ri
xizmatlaridan foydalanish
talab etiladi Ular aloqani taʼminlash uchun
umumiy telefon liniyalari, suv ostidagi kabellar,
sunʼiy yoʻldoshlar orqali mikrotoʻlqinli uzatishlar va
radiotoʻlqinlardan foydalanadi
Maʼlumot va axborotlar kontent provayderlari
tomonidan boshqariladi hamda taqdim etiladi
Kontent provayderi veb sahifalar orqali kontent taklif
qiladigan, masalan, matn, tasvir, audio, video yoki veb
asosidagi xizmatlar, xususan, media translyatsiyasi,
oʻyin, shopping va elektron muloqotni taqdim qiluvchi
tashkilot, guruh yoki kompaniyadir
Garchi internetga ulangan koʻplab kompyuterlar server
vazifasini bajara olsa-da, ularning aksariyati kliyent
sifatida ishlaydi Juda katta hajmdagi maʼlumotlar veb
serverlarda saqlanadi Ularga alohida kompyuterlar
kira oladi
6.05-rasm. Internet dunyoni bogʻlaydi.
Internet keng miqyosda tarqalgani sababli uni
markazlashgan tartibda nazorat qilib boʻlmaydi
Hech qaysi kompaniya yoki tashkilot internetni
boshqarmaydi, biroq turli mustaqil tashkilotlar uning
maʼlum bir jihatlarini nazorat qiladi
•
ICANN (Internet Corporation for Assigned Names and
Numbers) korporatsiyasi domen nomlari va ularning
com, co uk, in, sa, ae, cn kabi qoʻshimchalarini
tartibga soladi
•
IETF (Internet Engineering Task Force) tashkiloti
muloqotni boshqaruvchi protokollarni ishlab chiqadi
va nazorat qiladi
•
3C ( orld ide eb Consortium) konsorsiumi yangi
standartlarni qabul qilish boʻyicha tashkilotlardan
rozilik oladi
•
Telekommunikatsiya kompaniyalari esa internet
orqali muloqot qilish uchun ishlatadigan
infratuzilmaga egalik qiladi
Internet muntazam tartibda oʻzgarib va rivojlanib
boradi Masalan
•
har kuni unga yangi sotib olingan qurilmalar ulanadi
•
internetning geografi k qamrovi kengaymoqda,
chunki olisda joylashgan mintaqalar kabel yoki
sunʼiy yoʻldosh aloqasi yordamida unga ulanmoqda
•
unda saqlanayotgan maʼlumotlar tashkilotlar
tomonidan ularning veb saytlariga qoʻshilishi,
tahrirlanishi yoki oʻchirib tashlanishiga, ijtimoiy
tarmoqlar foydalanuvchilari esa maʼlumotlarni qoʻshishi
yoki oʻchirib tashlashiga qarab doimiy oʻzgarmoqda
•
yangi texnologiyalar xizmatlar diapazonini
kengaytirishga imkon bermoqda Masalan, yuqori
tezlikdagi aloqaning joriy etilishi internet orqali
va talabga asoslangan televideniye xizmatlarining
oʻsishiga sharoit hozirladi
Internetning qamrov va oʻlchami ulkan, shuning uchun
undan foydalanishda tashkilot, korxona va alohida
shaxslar uchun koʻplab afzallik va kamchiliklar mavjud
Diqqat!
Boshqaruvning sustligi internetdagi
maʼlumotlarning xolisligi va aniqligiga kafolat
yoʻqligini bildiradi Maʼlumot foydali, aniq yoki
noaniq, eski yoki butunlay xato boʻlishi mumkin
Ayrim maʼlumotlar esa atayin odamlarni
chalgʻitish uchun joylashtiriladi
|
| |