|
Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd Pdf ko'rish
|
bet | 374/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA17-bob: Animatsiya
293
Kadrlar, vaqt shkalasi, qatlamlar va vaqt
birliklari
Kadr
Boʻsh bloknot oling va pastki oʻng burchagiga shakl
chizing Keyingi sahifaga ham shu shaklni, faqat biroz
oʻngroqqa chizing Bu amalni bir nechta sahifada
takrorlang. Keyin bloknot sahifalarini barmoqlar
orasida tez oʻtkazsangiz, oddiy animatsiya paydo
boʻlganiga guvoh boʻlasiz (17 02-rasmga qarang)
17.02-rasm. Bloknot sahifalarini barmoqlar orasida
tez oʻtkazish.
Bu sahifalarning har biri, boshqacha aytganda,
sahifadagi alohida tasvir
kadr
deb nomlanadi.
Kompyuter animatsiyasi kadrlar seriyasidan iborat boʻlib,
harakat illyuziyasini yaratish uchun birin-ketin juda tez
namoyish etiladi. Natijada individual tasvirlarning ketma-
ketligidan animatsiya hosil boʻladi 1703-rasmda sichqon
sakrashi uchun kadrlar seriyasi koʻrsatilgan
17.03-rasm. Sichqonning sakrash animatsiyasi
kadrlari.
Vaqt shkalasi
Vaqt shkalasi xronologik tartibda chapdan oʻngga
yoʻnalgan kadrlardan tashkil topadi Vaqt shkalasi
qanday paydo boʻlishi 17 04-rasmda keltirilgan
17.04-rasm. aqt shkalasining namunasi.
Yuqori qatorda kadr raqamlari aks etgan. Kulrang
kadrda ushbu qatlam uchun tasvir mavjud. Oq
rangli kadrda ushbu qatlam uchun tasvir boʻlmasligi
ifodalanadi Misol tariqasida daraxt animatsiyasining
birinchi va sakkizinchi kadrlariga qarang
Keyfreym
Keyfreym tasvirdagi oʻzgarishni belgilaydi Ushbu
oʻzgarishlar kadrda belgisi bilan ifodalanadi
17 04-rasmga qarasangiz,
Gul
birinchi navbatda
1-kadrda chiqadi, 2-kadr va 3-kadrda oʻzgaradi
4-kadrda oʻzgarmaydi, lekin namoyish qilinadi
5-kadrda oʻzgaradi, keyin 6-kadr 6 va 7 da bir xil
qoladi.
Vaqt shkalasidagi strelka tvinni anglatadi Bu haqida
ushbu bobning keyingi qismlarida batafsil oʻrganasiz
Kadrlar va keyfreymlarni qoʻshish uchun, avvalo, kadr
yoki keyfreym chiqadigan kadr raqamini belgilang.
Keyin sichqonchaning oʻng tugmasini bosing
Ochilgan menyudan
|
| |