|
/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 83/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA10/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
58
Namlik sensorlari
amlik
sensorlari havodagi namlik miqdorini
oʻlchaydi Namlik oʻlchovi havodagi namlik va harorat
holati kombinatsiyasidan olinadi Maʼlum haroratda
havodagi namlik miqdori foizi Namlik darajasi
sifatida ifodalanadi Namlik sensorlari odatda sigʻimli
oʻlchov usulidan foydalanadi Bu oʻlchov turida plyonka
bilan ajratilgan ikki elektr oʻtkazgichdan foydalaniladi
Plyonkada jamlangan namlik oʻtkazgichlar orasidagi
zaryad darajasini oʻzgartiradi Kuchlanishdagi oʻzgarish
oʻlchovi namlik oʻlchoviga aylantiriladi
Namlik sensorlaridan uyda ham, ish joyida ham namlik
darajasini kuzatish va boshqarish uchun foydalanish
mumkin, jumladan
•
Meteorologik stansiyalar Sensorlardan namlik
darajasini oʻlchash orqali ob-havo sharoitlarini
nazorat va prognoz qilishda foydalaniladi
•
Allergiyaning oldini olish Namlik darajasi yuqori
boʻlgan havo bakteriya va zamburugʻlar koʻpayishiga
qulay zamin yaratadi Bu allergik insonlarda allergiya
tutishiga olib keladi Namlik sensori xonaning namlik
darajasini muntazam saqlab turishga yordam beradi
•
Ishlab chiqarish Koʻpgina mahsulotlarni ishlab
chiqarishda havodagi namlik darajasi juda muhim
ahamiyatga ega Namlik darajasining juda yuqori
yoki juda past boʻlishi mahsulotga salbiy taʼsir
koʻrsatishi mumkin
•
Qishloq xoʻjaligi va dehqonchilik Namlik
sensorlaridan ekinlarni imkon qadar eng yaxshi
sharoitda oʻstirish va yetishtirishda foydalanish
mumkin Tuproq va havodagi namlik darajasini
nazorat qilish orqali ekinlarning moʻl hosil berishi
uchun ijobiy sharoit yaratiladi
Harorat sensorlari
Harorat sensorlari atrof-muhit haroratini va issiqlik
miqdorini oʻlchash orqali amalga oshiriladi Harorat
sensorlaridan koʻpgina boshqarish tizimlari, xususan,
maishiy texnika vositalarida foydalaniladi
•
K
ir yuvish va idish yuvish mashinalari Harorat
sensorlari kir yuvish va idish yuvish mashinalarida
suv haroratini oʻlchash uchun ishlatiladi Kir
yuvish mashinasi yoki idish yuvish mashinasidagi
mikroprotsessor harorat sensoridan olingan
ma’lumot asosida suvni isitadi yoki sovitadi
•
Q
uritkich Harorat sensori quritkichga kirayotgan
issiq havo haroratini oʻlchash uchun ishlatiladi
Quritkichdagi mikroprotsessor harorat sensoridan
olingan ma’lumot asosida havoni isitadi yoki
sovitadi
•
Muzlatkich Harorat sensori muzlatkichning ichki
haroratini oʻlchash uchun ishlatiladi Muzlatkichdagi
mikroprotsessor harorat sensoridan olingan
ma’lumotlar asosida haroratni pasaytiradi
Uyingizdagi biror harorat sensori oʻrnatilgan
jihozga misol keltiring Sensor kuzatish va
boshqarish tizimining bir qismimi
|
| |