• Ma fi y sir saqlanishi kerak boʻlgan axborot a i iy asl nusxadagi va haqiqiy hujjat ararli ko
  • [4] ICT_STB_G10-11_c03_p054-060_NT_R5_2023.indd 60 31.10.2023 9:52:32 61




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/510
    Sana20.05.2024
    Hajmi14,88 Mb.
    #245028
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   510
    Bog'liq
    10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

    [4]
    ICT_STB_G10-11_c03_p054-060_NT_R5_2023.indd 60
    31.10.2023 9:52:32


    61
    4-bob
    Elektron xavfsizlik, salomatlik va xavfsizlik
    aʼlim ma sa lari
    Ushbu bob yakunida quyidagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlasiz:

    elektron avfsizlik nima uchun zarurligi va maʼlumotlar nega sir saqlanishi kerakligini tushuntirish;

    sha siy maʼlumotlar qanday qilib begona sha slar tomonidan toʻplanishi va bundan qanday himoyalanish 
    mumkinligini tushuntirish;

    zararli dasturlarning qator muammolarini tushuntirish;

    kompyuterlardan foydalanish bilan bogʻliq salomatlik va avfsizlikka oid muammolarni tushuntirish.
    ICT_STB_G10-11_c04_p061-070_NT_R5_2023.indd 61
    31.10.2023 9:52:48


    Ma fi y
    sir saqlanishi kerak boʻlgan axborot
    a i iy
    asl nusxadagi va haqiqiy hujjat
    ararli ko
    kompyuterga zarar yetkazishga 
    qaratilgan kod
     
    Diqqat! 
    Shaxsiy ma’lumotlarning qiymati oʻta yuqori va 
    ular shaxsning oʻziga qarshi ishlatilsa, juda katta 
    zarar yetkazadi Shu sababli shaxsiy ma’lumotlarni 
    ma fi y
    saqlash benihoyat muhim masaladir
    10/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
    62
    Har bir shaxs oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini oshkor 
    qilishda ehtiyotkor boʻlishi kerak Shaxsiy maʼlumotlarni 
    oshkor qilish ularning oʻgʻirlanishiga olib kelishi mumkin
    Bundan tashqari, bu kabi harakatlar salbiy oqibatlarga 
    olib kelish ehtimoli katta
    Shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilish oqibatida 
    siz boshqa bir shaxsga oʻzingizga nisbatan qandaydir 
    zarar yetkazish imkoniyatini taqdim etasiz Oʻzingizga 
    tegishli shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi va tashqi 
    xatarlardan himoyalangan boʻlishiga faqat xavfsizlik 
    choralarini koʻrish orqali erishiladi
    Bizga yoshligimizdan kundalik hayotda oʻzimizni qanday 
    himoyalashimiz uqtiriladi Ammo onlayn makonga 
    kirganimizda, aksariyat hollarda xavfsizligimiz haqida 
    qaygʻurmaymiz ham Internet bizni juda katta erkinlik 
    bilan taʼminlayotganini his qilamiz, ammo aynan shu 
    erkinlik koʻplab xav arni ham keltirib chiqaradi Aksariyat 
    holatlarda biz bu xatarlarni anglamaymiz Chunki biz 
    onlayn makonda oʻzimizni tashqi dunyodan koʻra 
    xavfsizroq his qilamiz Internet foydalanuvchilarining 
    asosiy qismi haqiqiy, real odamlardir Onlayn sharoitda 
    inson oʻzining haqiqiy shaxsini yashirishi juda oson ish va 
    albatta ba’zilar bunday imkoniyatdan foydalanadi Uydan 
    chiqayotganda oʻzimizni qanday asrashimiz kerakligini 
    bilib olganimiz kabi virtual olamda oʻzimizni xatarlardan 
    himoyalashni ham oʻrganishimiz kerak
    Elektron xavfsizligimizni oshirishga qaratilgan qator chora 
    va maslahatlar mavjud boʻlib, ular quyida keltirilgan

    faqat ishonchli manba, masalan, oʻqituvchingiz yoki 
    ota-onangiz tavsiya etgan veb saytlardan foydalaning

    nomaqbul kontentni fi ltrlaydigan qidirish 
    tizimlaridan foydalaning

    notanish shaxsdan kelgan elektron xatga biriktirilgan 
    fayllarni ochmang

    shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etishda nihoyatda 
    ehtiyot boʻling

    rasm yuborayotganingizda yoki oʻz fi krlaringizni 
    ulashayotganingizda nihoyatda e’tiborli boʻling

    notanish odamlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda 
    doʻstlashmang

    onlayn tanishgan odamingiz bilan yuzma-yuz 
    uchrashuvlar tashkil qilmang

    ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizda mavjud 
    barcha maxfi ylik sozlamalarini oʻrnatganingizga 
    ishonch hosil qiling

    har qanday nomaqbul foydalanuvchi haqida 
    tarmoqqa xabar joʻnating va bloklang

    internetdagi koʻngilochar dasturlarda, masalan, oʻyin 
    oʻynash jarayonida nik yoki taxalluslardan foydalaning
    Shaxsiy maʼlumotlarni onlayn makonda oshkor 
    qilish kibertahqirlashga olib kelishi mumkin
    Kibertahqirlashda asosan ijtimoiy tarmoq va xabar 
    almashish vositalaridan foydalaniladi Tarmoqlarda 
    insonlar oʻz qiziqishlari yoki fi krlarini oshkor qilishi 
    mumkin, begona shaxslar esa ushbu maʼlumotlarga 
    asoslanib, uni tahqirlamoqchi boʻladi Shuning uchun 
    maʼlumotlarni ehtiyotkorlik bilan joylashtirishimiz 
    kerak va ularni biz istamagan shaxslar koʻrishiga ruxsat 
    bermasligimiz kerak
    Kibertahqirlash bilan bogʻliq katta muammo shundaki, 
    joylashtirilgan har qanday zararli ma’lumotlarni son-
    sanoqsiz odamlar koʻrishi mumkin va boz ustiga, 
    bunday ma’lumotlar virus kabi tez tarqaladi Bu 
    shaxsiy maʼlumotlaringiz va his-tuygʻularingizni sir 
    saqlashingiz shartligini koʻrsatuvchi dalildir Agar 
    bunday maʼlumotlar joylanmasa, tabiiyki, ulardan 
    foydalanish imkoniyatlari kamayadi Agar odamlar siz 
    haqingizda yolgʻon yoki jirkanch mish-mishlarni onlayn 
    tarmoqda tarqatishsa, ularning ushbu xatti-harakatlari 
    haqida rasmiy idoralarga, masalan, ichki ishlar 
    idoralariga xabar bering Bunday xatti-harakatlar koʻp 
    hollarda tajovuz deb ataladi va albatta huquqbuzarlik 
    hisoblanadi
    Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzingizni onlayn xavfsiz his 
    qilishingiz uchun bir necha usul mavjud boʻlib, quyida 
    ularning bir nechtasini keltiramiz

    Download 14,88 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   510




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    [4] ICT_STB_G10-11_c03_p054-060_NT_R5_2023.indd 60 31.10.2023 9:52:32 61

    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish