Kuzatish tizimi maʼlumot toʻplash uchun
sensorlardan foydalanadi hamda ularni asosan
raqamlar va diagrammalar shaklida namoyish etadi
yoki printerdan chop etib beradi Boshqarish tizimi
maʼlumot toʻplash uchun sensorlardan foydalanadi
Agar olingan maʼlumotlar dasturlangan qiymatlar
doirasida yoki undan tashqarida boʻlsa, ma’lum
harakatlarni amalga oshiradi yoki toʻxtatadi
Kuzatish va boshqarish tizimlarida turli sensorlardan
foydalaniladi Bular qatoriga harakat sensori, bosim
sensori, namlik sensori, harorat sensori va yorugʻlik
sensorlari kiradi
Siz, shuningdek, ovoz sensori, gaz sensori kabi boshqa
sensorlarni ham oʻrganishingiz mumkin
Kuzatish va boshqarish tizimlari odamlarni xav i
muhitda kuzatuv ishini olib borishdan saqlaydi,
shuningdek, muntazam va aniq oʻlchovlar olishga katta
yordam beradi
10/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
60
azorat savollari
1.
Sensor atamasiga taʼrif bering
[2]
2.
Signalizatsiya tizimida foydalanilishi mumkin boʻlgan ikki turdagi sensorni
tasvirlab bering
[4]
3.
Atom elektr stansiyasida atrof-muhitni nazorat qilishda sensorlardan
foydalanishning ikkita afzalligini tushuntiring
[4]
4.
Uy jihozlarida kuzatish va boshqarish tizimlaridan foydalanishni baholang
[6]
5.
Ekologik toza ofis binosini yaratishda kuzatish va boshqarish tizimidan qanday
foydalanish mumkinligini tushuntiring