Diqqat!
Sensorlardan foydalangan holda kompyuter
tizimi har kuni 24 soat, yiliga 365 kun davomida
ishlab, muntazam nazoratni taʼminlaydi U,
shuningdek, oʻlchov amaliyotida inson xatosi
ehtimolini yoʻqqa chiqarishi mumkin
3-bob: Kuzatish va boshqarish
59
Fotokamera yorugʻlik sensori ma’lumotlariga asoslanib
chaqmoq ishlatish kerakligini aniqlaydi Koʻcha
chiroqlari esa yetarlicha qorongʻilik tushganiga qarab
chiroqlarni yoqadi
3.06-rasm. Raqamli fotokamera.
orugʻlik sensorlaridan turli qurilmalarda, shu
jumladan, shtrix kod skanerlarida, displey
ekranlarida, avtomatlashtirilgan yoritish tizimlarida va
smartfonlarda foydalaniladi
Sensorlarning kamida yana ikkita turini oʻrganing
hamda ulardan kuzatish va boshqarish tizimida
qanday foydalanish mumkinligini tushuntirib
bering
Sensorlardan turli kuzatish va boshqarish tizimlarida
foydalaniladi Ushbu tizimlar kundalik hayotimizning
bir qismi boʻlib, yoʻlni xavfsiz kesib oʻtishdan tortib,
kiyimlarimiz toʻgʻri yuvilishi jarayonigacha yordam
beradi Sensorlardan kompyuter tizimlarida foydalanish
bizga katta foyda keltiradi Bu muhitimizni doimiy
nazorat qilish va oʻlchash jarayonida ortiqcha
tashvishdan xalos qiladi Chunki bu ishni sensorlar
uzluksiz va aniqroq bajarishi mumkin Bu bizga boshqa
rejalarimizni amalga oshirishga yordam beradi
Inson uchun takroriy harakatni bajarish, masalan, uzoq
vaqt davomida aniq kuzatuvlar oʻtkazish qiyin Bunday
vazifani bajara oladigan sensorli kompyuter tizimi esa
uzoq vaqt davomida yuqori aniqlik bilan ishlashga
qodir Ushbu aniqlik darajasi sabab u odamlar
boshqaradigan tizimdan koʻra ishonchliroq boʻladi
Kuzatish yoki boshqarish tizimida bitta yoki bir
nechta sensordan foydalanib ba’zi koʻrsatkichlarni
tezkorlik bilan olish mumkin Agar buni odam
bajarganda, bir necha kishi kuchi talab etilgan
boʻlar edi Sensor yordami sababli ana shu odamlar
boshqa vazifalarni bajarishi mumkin Kompyuter
tizimi berilgan maʼlumotlarga asoslanib qarorlar
qabul qiladi U dasturlangan tarzda ushbu qarorlar
boʻyicha mantiqiy amallar bajaradi Qabul qilingan
qarorlar va amalga oshirilgan harakatlar izchil
boʻladi Bu qarorlarni inson ham qabul qilishi
mumkin, biroq inson tashqi omillarga, masalan,
charchoqqa tobe Biroq ba’zan kompyuter tizimi
ham inson baholab, ijodiy qaror qabul qila oladigan
gʻayrioddiy holatlarda qaror chiqara olmay qolishi
mumkin
Sensorlar, shuningdek, odamlar uchun xav i muhitda
foydalanilishi mumkinligi bilan eʼtiborga molik
Ular yordamida oʻzimizni ortiqcha xavfga qoʻymay,
sharoitni nazorat qila olamiz Bundan tashqari,
kompyuterlar maʼlumotni odamga qaraganda
ancha tezroq qayta ishlashi va har qanday zaruriy
harakatlarga tezroq javob berishi mumkin Shuning
uchun xav i muhitni yanada samarali kuzatish va
boshqarish imkoni bor
Kuzatish va boshqarishda kompyuter tizimlariga
butunlay ishonishning oʻziga yarasha xav i tomonlari
bor Tizimlar doimiy elektr quvvatiga tobe, agar
quvvat yoʻqolsa, ishdan chiqadi Bunday uzilish biror
muhim jarayon boshqaruvi payti roʻy bersa, salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin Shuningdek, salbiy
oqibat tizimning notoʻg‘ri ishlashi natijasida ham
yuzaga kelishi mumkin