|
Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd Pdf ko'rish
|
bet | 89/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJAPharming
Foydalanuvchi begona manzilga yoʻnaltirilganidan
bexabar holatda veb saytdan odatdagidek foydalanishda
davom etadi va u kiritgan ma’lumotlar oʻgʻirlanadi
Pharming holati boʻyicha eng katta ish 2004-yilda roʻy
bergan, oʻshanda germaniyalik oʻspirin eBay domenini
qoʻlga kiritib, minglab eBay foydalanuvchilarini
firibgarlar saytiga yoʻnaltirgan
Pharmingdan himoyalanish uchun foydalanuvchilardan
bajarish talab etiladigan choralar
•
veb sayt oxirgi marta kirganlaridagi kabi koʻrinishga
ega ekanini tekshirish
•
shaxsiy va moliyaviy maʼlumotlarni kiritishdan oldin
qulf shaklidagi xavfsizlik belgisini qidirish U veb sayt
xavfsizligini koʻrsatadigan HTTPSni ifodalash uchun
qoʻllanadi
•
kompyuterlarni pharming dasturlarini aniqlashga
moʻljallangan antivirus dasturlari bilan muntazam
skanerlab borish
Smishing
Foydalanuvchiga raqamga qoʻngʻiroq qilish yoki
linkni bosish soʻralgan SMS xabar yuboriladi Bu
usul yordamida shaxsiy maʼlumotlarni olish mumkin
Link bosilganda zararli dastur foydalanuvchining
telefoniga yuklab olinadi ararli dastur foydalanuvchi
maʼlumotlarini toʻplash, shaxsga nisbatan tovlamachilik
qilish va oʻgʻirlik maqsadida ishlatiladi U qurilmani
bot tarmogʻining bir qismiga ham aylantirishi mumkin
Keyingi bosqichda ushbu qurilma xizmatni rad etish
hujumlari uchun ishlatiladi Link foydalanuvchini,
phishingda boʻlgani kabi, qonuniy koʻrinadigan veb
saytga olib borishi va foydalanuvchining shaxsiy
maʼlumotlari oʻzlashtirilishiga olib kelishi mumkin
Smishing koʻpincha foydalanuvchini raqamga qoʻngʻiroq
qilishga yoki linkni bosishga undaydi, smishing xabarini
olgan shaxs xabardagi shartni bajarsa, tovlamachilar
smishing xabarini olgan shaxsga qoʻlga kiritishi mumkin
boʻlgan daromad haqida, masalan, mahsulot va xizmat-
|
| |