mo‘ljallangan Yangi O‘zbekis tonning Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana12.09.2023
Hajmi5.93 Mb.
#81347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Muhandislik va Iqtisodiyot jurnali,1 son, 30 iyul 2023 yil Sayt
Amaliy 2, АКТИВНАЯ ВИБРОЗАЩИТА ТЕЛА, УСТАНОВЛЕННОГО НА ВЯЗКОУПРУГИХ ОПОРАХ, 4 kurs Amaliy ingliz tili Iqtisodiyot 2 OT sirtqi Ishchi dastur, 8-sinf-informatika-testlar-1, Polimerlar - Vikipediya, Ochiq dars 6-sinf texnologiya, 10 kl Kompleks sanlar 45-mektep, Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov), 1-labaratoriya Ochilov Sardor, Matritsalar va ular ustida amallar, Ikkinchi tartibli va uchinchi tartibli determinantlar, 4-sinf-режа, 1234, Doc1
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekis tonning Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan 
keng ko‘lamli maqsadlar asosida qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, sanoat, neft-
gaz, transport-logistika kabi iqtisodiyotning qon tomirlari sanal gan sohalarda 
innova tsiyalar institu tsional rivojlantirildi. Bu jarayonda zamonaviy iqtisodiyot 
rivojlanishi barobarida, xalqaro integratsiyalashuv jadallashdi.
Mamlakatimizda muhandislik va iqtisodiyot sohasidagi keng qamrovli tadqiqotlar, ishlanmalar 
zamonaviy iqtisodi yotning o‘sishida katalizator bo‘lib xizmat qilmoqa. Muhandislar va iqtisodchilar 
turli xil texnik nou-xaular orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lgan holda, iqtisodiy nazariyalarni shakllantirish, 
amaliyotga keng joriy qilindi. Natijada mazkur sohalarda jadal taraqqiyot kuzatilib, zamonaviy iqti-
sodiyotga tayanib puxta rejalashtirilgan qarorlar qabul qilish uchun yetarli motivatsiya va metodologi-
yalar maktabi yaratildi.
Ta’kidlash joizki, muhandislik sohasi zamonaviy sanoat tarmoqlari uchun foydali bo‘lgan turli xil 
texnologik asbob-uskunalar, mashinalar, predmetlarni ishlab chiqishda iqtisodiyotga o‘zaro bog‘liq. 
Chunki davlat ishlab chiqarish samaradorligini maksimal darajada oshirishni, shu bilan birga, mahsu-
lot tannarxini minimallashtirishni ko‘zlaydi. Muhandislik va texnologiya sohasidagi jadal innovatsiyalar 
mamlakatimizni bitta yoki ikkita iqtisodiy hamkorlar bilan cheklanib qolmasdan, xalqaro bozorlarga 
olib chiqmoqda. 
Bizning fikrimizcha, mamlakatimizda zamonaviy iqtisodiyotni texnologik yuksaltirish tufayli ban-
dlik ni ta’minlanish, kambag‘allikni qisqartirish va inson kapitalida o‘sish sodir bo‘ldi. Bu soha fan 
sifatida oliy ta’limga samarali tatbiq qilinmoqda. Qolaversa, davlat islohotlariga zamonaviy iqtisodi-
yotning qo‘llanilishi milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga turtki bo‘ldi.
Ushbu “Muhandislik va iqtisod
iyot” ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid 
ilmiy-amaliy juralimi bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif qonunlari, ishlab chiqarish funksiyalari, 
bozor muvozanati tushunchalari, ishlab chiqaruvchi va iste’molchi xulq-atvori nazariyalari kabi mikro 
va makro darajadagi turli nazariyalarni ishlab chiqilishida ilmiy y
ordam berishni maqsad qilgan. 
Shu bilan birga, iste’molchilarga, ishlab chiqaruvchilarga va zamonaviy iqtisodiyotga resurslarni 
tejashga oid takomillashtirilgan qarorlar qabul qilishda yordam berishga, ilmiy loyihalarni, tadqiqot-
chilarning ilmiy izlanishlarini yoritib borishga mo‘ljallangan.
Bosh muharrir minbari


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
5
Iste’molchilarning talablari qoniqishini maksimal darajada oshirishga, ishlab chiqaruvchilar ning 
foydalarini ko‘paytirishga, jamiyat va davlatda ijtimoiy farovonlikni uzluksiz ta`minlashga qaratilgan 
ilmiy jarayonlarni yoritish jurnali mizda ishtirok etadigan ilmiy itadqiqotchilarning asosiy maqsadlari 
hisoblanadi.
Iqtisodiyot sohasidagi innovatsiyalar milliy daromad nazariyasi, davlat byudjeti, bank ishi, yalpi 
talab va takliflarni tadqiq etishni o‘rgatadi. Iqtisodiyotning umumiy o‘sishiga hissa qo‘shish, zamonaviy 
iqtisodiyotda samarali va real yalpi ichki mahsulotni oshirish qanchalik zarurligini anglatadi.
Iqtisodiyot sohasidagi innovatsiyalar zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishiga bevosita hissa 
qo‘shgan bo‘lsa-da, muhandislik va texnologiya sohasidagi jadal innovatsiyalar ham zamonaviy iqti-
sodiyotga katta hissa qo‘shishda undan kam emas.
Chunki muhandislik va texnologiya sohasidagi tezkor innovatsiyalar zamonaviy iqtisodiyotning 
ishlab chiqa rish quvvati va samaradorligini oshirishga, shu bilan birga, mahsulot tannarxini minimal-
lashtirishga yordam beradi. 
Rivojlangan davlatlar tajribasiga nazar solsak, muhandislar juda qisqa vaqt ichida yuqori sifatli 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilib, umumbashariyat uchun kundalik zarur bo‘lgan turli mashi-
nalar va vositalarni ishlab chiqdilar. Bu zamonaviy iqtisodiyotda ishlab chiqarish faoliyatining o‘sishiga 
turtki bo‘ldi. Yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paygani sari, demak, bozorda talab ham 
oshadi. 
Xususan, keyingi o‘n yillikda kompyuterlar, mobil telefonlar kabi mahsulotlarni iste’mol qilish 
ham bir necha baravar o‘sdi, chunki ular muhandislik va iqtisodiyot sohasi integratsiyalashuvi tufayli 
iste’molchilarga o‘rtacha narxda yetib bordi. Muhandislik va texnologiya sohasidagi innovatsiyalar 
jahon iqtisodiyotiga tovarlar va xizmatlar importi, eksportining oshishiga olib keldi. Bu holat zamonaviy 
iqtisodiyotning valyuta zaxiralarining ko‘payishi va iqtisodiy yuqorilashni rag‘batlantirdi. 
Globallashuv sharoitida xususiylashtirish va liberallashtirish jarayonlari hozirgi kunda aksariyat 
zamonaviy iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlarga xosdir. Bu dunyoni global bozorga aylantirgan va
zamonaviy iqtisodiyotning o‘sishiga sabab bo‘lgan texnologiya sohasidagi tezkor innovatsiyalar nati-
jasidir. 
Chunki bu soha patentlarning ishlanmalari, kartellarning shakllanishi va texnologiya sohasidagi 
tadqiqotlar hamda ishlanmalar zamonaviy iqtisodiyotlarning iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi kataliza-
torlardir.
Zero, muhandislik va texnologiya sohasidagi innovatsiyalar bugungi intellektual bilimlarga, ilg‘or 
g‘oyalarga asoslangan iqtisodiyotda o‘sish va rivojlanishga yordam beradigan asosiy harakatlantiru-
vchi kuch hisoblanadi.
Texnologiya sohasidagi jadal taraqqiyot ushbu zamonaviy mashinalar va uskunalarni samarali 
ishlatish, ularga xizmat ko‘rsatish uchun malakali ishchi kuchini talab qiladi, bu esa ko‘proq yangi ish 
o‘rinlarini yara tish imkonini beradi, bunda oliy ta’limdagi ilmiy tadqiqotlarning o‘rni muhim ahamiyatga 
ega.
Shu nuqtai nazardan jurnalimiz o‘z sahifalarida zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion g‘oyalarga 
ega, intellektual bilimli, ilmli va salohiyatli kadrlar tayyorlashni, inson kapitalini rivojlantirishni ilgari 
suradi. 
Institu tsional tadqiqotlar natijasida bandlik imkoniyatlari va inson kapitalining o‘sishi zamonaviy 
iqtisodiyotda kambag‘allikning qisqarishiga olib keladi. Bu progmatik sa’y-harakatlar aholi o‘rtasidagi 
iqtisodiy tafovutni minimallashtiradi hamda ijtimoiy tenglikni rivojlantirishga yordam beradi.
Jurnalimizda yosh, tajribali professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar va yetuk akade-
mik-olimlarning taklif qilayotgan istiqbolli loyihalarini hayotga jadal tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlagan 
holda, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, farovonlikni oshirish, iqtisodiy o‘sish hamda 
zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishida harakatlantiruvchi ilmiy platformalardan biri bo‘lib xizmat 
qiladi, deb ishonamiz.

Download 5.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



mo‘ljallangan Yangi O‘zbekis tonning Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan

Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish