• Yaponiyada kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish tizimi.
  • Buyuk Britaniyada kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish tizimi




    Download 5.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/37
    Sana12.09.2023
    Hajmi5.93 Mb.
    #81347
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
    Bog'liq
    Muhandislik va Iqtisodiyot jurnali,1 son, 30 iyul 2023 yil Sayt
    Amaliy 2, АКТИВНАЯ ВИБРОЗАЩИТА ТЕЛА, УСТАНОВЛЕННОГО НА ВЯЗКОУПРУГИХ ОПОРАХ, 4 kurs Amaliy ingliz tili Iqtisodiyot 2 OT sirtqi Ishchi dastur, 8-sinf-informatika-testlar-1, Polimerlar - Vikipediya, Ochiq dars 6-sinf texnologiya, 10 kl Kompleks sanlar 45-mektep, Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov), 1-labaratoriya Ochilov Sardor, Matritsalar va ular ustida amallar, Ikkinchi tartibli va uchinchi tartibli determinantlar, 4-sinf-режа, 1234, Doc1
    Buyuk Britaniyada kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish tizimi. Angliyada mavjud barcha korxo-
    nalarning 99 foizi kichik va o‘rta korxonalardan iborat. Ushbu korxonalarda yalpi qo‘shilgan qiymatning 49,8 foizi 
    yaratiladi.
    2011-yilda hududlarni rivojlantirishga ixtisoslashgan maxsus fond tashkil etilgan bo‘lib, hozirda uning byudjeti 
    2,6 mlrd. funt sterlingni tashkil etadi va ushbu fond butun mamlakat bo‘ylab faoliyat ko‘rsatadi. Fond mablag‘lari 
    kichik va o‘rta biznes korxonalarining investitsion faoliyatini faollashtirish va shu asosda iqtisodiy rivojlanish 
    hamda bandlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan loyiha va dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Fondning 2,4 
    mlrd. fund.st. mablag‘ini joylashtirish xususiy sektorning 13 mlrd. funt.st.dan ortiq mablag‘ini iqtisodiyotga jalb 
    qilishga olib keladi va natijada 500 ming ishchi o‘rinlarini tashkil qilish yoki saqlash imkonini beradi. Misol tariqa-


    M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
    2023-yil, iyul.
     1-son.
    20
    sida fondning ko‘magi bilan moliyalashtirilayotgan quyidagi dasturlarni aytish mumkin: biznes-angellarni birga-
    likda moliyalashtirish fondi, Shotlandiya qirollik bankini (RBS) va Milliy Vestminster bankini (NatWest) hududiy 
    rivojlantirish dasturi, HSBC aktivlarini sotib olishga ko‘maklashish dasturi.
    Bundan tashqari, Angliyada kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi 
    dasturlaridan samarali foydalanilmoqda. Bular grantlar, kreditlar va kafolatlardir. 
    Yaponiyada kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish tizimi. Kichik va o‘rta biznes Yaponiya iqtisodi-
    yotining asosini tashkil etadi. Yaponiyadagi barcha kompaniyalarning 99,7 foizi, ish bilan band aholining 70 foizi 
    va sanoat industriyasida qo‘shilgan qiymatning 50 foizdan ortig‘i ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri keladi (1-rasm). 
    Avstraliya (55,7)
    Hindiston (6,2)
    Xitoy (60,0)
    Indoneziya (23,2)
    Yaponiya (53,0)
    Malayziya (32,7)
    O‘zbekiston (56,5)
    Filippin (35,7)
    Singapur (50,0)
    Janubiy Koreya (47,3)
    Tayvan (30,2)
    Tayland (36,6)
    Vetnam (40,0)
    1-rasm:
    O‘zbekiston va ba’zi chet mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida kichik va o‘rta biznesning ulushi 
    [12]
    Misol uchun bugungi kunda gigant korxonalar hisoblangan Toyota Honda va Sony kabi korxonalar tash-
    kil etilgan paytda kichik korxona sifatida tashkil etilgan. Yirik kompaniyalar mahsulotlari qismlarining asosiy 
    qismi kichik va o‘rta korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. Bu mazkur sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash-
    ning kuchli tizimini ta’minlash imkoniyatini beradi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerak mazkur mamlakatda 
    innovatsiyani rivojlantirish maqsadida ilmiy-texnik dasturlarni qaytarmaslik sharti bilan moliyalashtirish yo‘lga 
    qo‘yilgan. Bundan tashqari, yangi texnologiyalar va yangi mahsulotlar ishlab chiqish, alohida hududlarda yangi 
    ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish ishlari uchun davlat va mahalliy organlar tomonidan imtiyozli kreditlar ajra-
    tiladi. Kichik va o‘rta biznes bilan bog‘liq barcha tadbirlar kichik va o‘rta korxonalar Agentligi boshchiligida turli 
    tashkilotlar tomonidan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladdi. Mamlakatda kichik va o‘rta biznes sohasini past 
    foiz stavkalarida moliyalashtiradigan moliyaviy institutlar tashkil etilgan bo‘lib, ular davlat bilan hamkorlikda 
    mazkur soha vakillarini uzoq muddatli imtiyozli mablag‘lar bilan ta’minlaydi. Bunday institutlar sifatida savdo va 
    sanoat uchun ishlovchi Markaziy kooperativ bankni, kichik va o‘rta korxonalarni moliyalashga ixtisoslashgan 
    Milliy korporatsiyani aytib o‘tish mumkin.
    X U L O S A VA TA V S I YA L A R
    Turli mamlakatlar tajribalarini o‘rganish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini moliyalashti-
    rishni rivojlantirish, faoliyatidagi risklarni sug‘urtalash, eksport potensialini oshirish uchun quyidagilarni amalga 
    oshirish zarur deb hisoblaymiz:
    1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi, davlat 
    va mahalliy hokimiyat idoralari bilan hamkorlikda ish yurituvchi, turli ko‘rinishdagi nobank kredit tashki-
    lotlarini tashkil qilish.


    M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
    2023-yil, iyul.
     1-son.
    21
    2. Xo‘jalik subyektlari va aholi mablag‘larini jamlash evaziga o‘z faoliyatini qishloq joylarda amalga oshi-
    ruvchi va mazkur hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda aholini kreditlash faoliyatini 
    amalga oshiruvchi kredit tashkilotlarini hamda o‘zaro sherikchilik va javobgarlikka asoslangan, kredit-
    lashga ixtisoslashgan guruhlar tashkil etish evaziga kichik biznes va aholini qulay va past foizli kredit 
    mahsulotlari bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish. Bunda aholi omonatlarini jalb qilishni alohida e’tiborga 
    olish.
    Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni yuqori bo‘lib, bu o‘z-o‘zidan mazkur soha 
    bilan bog‘liq sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan risklarning ko‘payishiga olib keladi. Bu esa bu boradagi sug‘urta 
    xizmatlarini rivojlantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. 

    Download 5.93 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




    Download 5.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyuk Britaniyada kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish tizimi

    Download 5.93 Mb.
    Pdf ko'rish