Ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/37
Sana12.09.2023
Hajmi5.93 Mb.
#81347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Muhandislik va Iqtisodiyot jurnali,1 son, 30 iyul 2023 yil Sayt
Amaliy 2, АКТИВНАЯ ВИБРОЗАЩИТА ТЕЛА, УСТАНОВЛЕННОГО НА ВЯЗКОУПРУГИХ ОПОРАХ, 4 kurs Amaliy ingliz tili Iqtisodiyot 2 OT sirtqi Ishchi dastur, 8-sinf-informatika-testlar-1, Polimerlar - Vikipediya, Ochiq dars 6-sinf texnologiya, 10 kl Kompleks sanlar 45-mektep, Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov), 1-labaratoriya Ochilov Sardor, Matritsalar va ular ustida amallar, Ikkinchi tartibli va uchinchi tartibli determinantlar, 4-sinf-режа, 1234, Doc1
Nodira Кalandarovna Zokirova
“Muhandislik va iqtisodiyot” jurnali Bosh muhariri,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
6
ТРАНСФОРМАЦИЯ – ОЛИЙ 
ТАЪЛИМДА СИФАТНИ 
БОШҚАРИШ МЕХАНИЗМИ 
СИФАТИДА
Джуманиязов Умрбек Илхамович,
Тошкент давлат иқтисодиёт университети 
“Жаҳон иқтисодиёти” кафедраси доценти
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada mamlakatimizda barcha sohalar qatorida oliy ta’lim tizimini isloh qilish maqsadida oliy 
ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish asosida sifatni boshqa-
rish mexanizmini tatbiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari xususuda taklif hamda tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Transformatsiya, xalqarolashtirish, xalqaro standartlar, global tendensiya, innovatsion ta’lim muhiti, strategik 
sheriklik, konsepsiya, kompetensiya.
Аннотация:
В данной научной статье в целях реформирования системы высшего образования в нашей стране 
по всем направлениям представлены предложения и рекомендации по результатам исследования по внедрению 
механизма управления качеством на основе трансформация высших учебных заведений во взаимодействии
с престижные зарубежные высшие учебные заведения.
Ключевые слова:
Трансформация, интернационализация, международные стандарты, мировой тренд, иннова-
ционная среда обучения, стратегическое партнерство, концепция, компетенция.
Abstract:
In this scientific article, in order to reform the system of higher education in our country in all areas, proposals 
and recommendations are presented based on the results of a study on the implementation of a quality management 
mechanism based on the transformation of higher educational institutions in cooperation with prestigious foreign higher 
educational institutions.
Keywords:
Transformation, internationalization, international standards, global trend, innovative learning environment, 
strategic partnership, concept, competence.
K IRISH
XXI asrda ijtimoiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishni va davlat institutlarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim omil-
lardan biri, bu – ta’limdir. 
Yangi O‘zbekistonni barpo etish – ta’lim tizimidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni global tendensiyalarga mos 
ravish da yangilash zarurligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, mavjud tizimni xorijiy tajribalar asosida tubdan qayta ko‘rib 
chiqish natijasida bosqichma-bosqich xalqarolashtirish mexanizmini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda oliy ta’limni tizimli isloh qilishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kon-
sepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonida belgilab berilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-oktyabrdagi “Oliy ta’lim muas-
sasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
655-sonli qarori oliy ta’lim sohasini xalqarolashtirish asosida transformatsiya qilish yo‘nalishidagi dastlabki muhim 
qadam bo‘ldi.
Mazkur yaratilgan shart-sharoitlar asosida bugungi kunda oliy ta’lim tizimini zamonaviy talablarga muvofiq 
transformatsiya qilishga alohida e’tibor qaratildi va sohadagi oliygohlar bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga 
moslashtirilmoqda.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Tadqiqotimizda aniqlandiki, so‘nggi yillarda oliy ta’lim sohasini sifat jihatdan yanada rivojlantirish, takomil-
lashtirish, integratsiyalashtirishning ilmiy-nazariy va metodologik muammolarining ba’zi jihatlari Nujdina V.N., 
Seleznevoy H.A., Soloveva V.P. va boshqalarning ishlarida yoritilganidek, xorijlik olimlarning ilmiy ishlarida ham 
tadqiq etilgan.


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
7
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan oliy ta’lim sohasini rivojlantirish va sifatni bosh-
qarish masalalari Gubareva V.V., Kachalova V.V., Korotkova E.M., Prudkovskogo B.A., Subetto A.I. va bosh-
qalarning tadqiqotlarida ham qamrab olingan.
Shu bilan birga, Bravermanna A.A., Novatorova E.V., Pankruxina A.P., Saginovoy O.V., Fedko V.P., Chensova 
A.A.lar oliy ta’limda sifatni baholash hamda Bravermanna A.A., Novatorova E.V., Pankruxina A.P., Saginovoy 
O.V., Fedko V.P., Chensova A.A.larning ilmiy tadqiqotlarida esa oliy ta’limni transformatsiya qilishning dolzarb 
masalalari o‘rganilgan.
Mamlakatimiz olimlarining tadqiqotlarida ham oliy ta’lim tizimini rivojlantirish masalalarining ayrim jihatlari 
o‘rganilgan. Xususan, S.S.G‘ulomov, B.Yu.Xodiyev [2,3], A.N.Romanov, R.K.Alimov, V.S.Toropsov, K.A.Alimov, 
B.A.Begalov, D.B.Grigorovich [1], T.Z.Teshabayev [4], Q.X.Abduraxmonov [5], A.O.Ochilov [6], O.S.Qahhorov 
[7], G.N.Axunova [8], A.S.Kucharov [9], D.X.Nabiyev [9], Sh.Sh.Zahidova [10], Q.Q.Qurolov [11], B.N.Navruz-Zoda 
[12] va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘rganilgan.
Biroq, ushbu ishlarda oliy ta’lim sohasini rivojlantirishda sifatni oshirish, samarali boshqarish mexanizm-
larini tatbiq etish, xalqaro standartlarni joriy etish bilan bog‘liq masalalar yaxlit ilmiy izlanish sifatida amalga 
oshirilmaganligi ilmiy maqolamizning maqsadi va vazifalarini belgilash uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Ilmiy maqolamizni yozish uchun olib borilgan tadqiqot jarayonida ilmiy mushohada, absrakt-mantiqiy 
fikrlash, suhbat, iqtisodiy usullaridan keng foydalanildi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
So‘ngi 6 yil davomida Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida 
adolatli ijtimoiy siyosatni amalga oshirilishi oliy ta’lim sohasini xalqaro standartlarga mos ravishda transfor-
matsiya qilish asosida sifatni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish uchun yangi imkoniyatlarni 
bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017─2021-yillarda O‘zbekiston Respub-
likasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish yil”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-sonli Farmoniga 
muvofiq tasdiqlangan 2017─2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nali-
shi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga 
oid davlat dasturining 166-bandida mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim darg-
ohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish chorasi belgilangan. Bu borada qabul qilinishi nazarda tutilgan 
normativ-huquqiy hujjat loyihasida kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasi konkurs asosida tanlab olindi va nufuzli 
xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish boshlandi hamda mazkur jarayonga 
davlat byudjeti mablag‘lari, shuningdek, xorijiy moliya institutlar grantlari jalb qilindi.
Qayd etish lozimki, ushbu imkoniyatlar natijasi o‘laroq, oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim 
dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi va ular quyidagilar-
dan iborat:
oliy ta’lim jarayonini raqamli formatga o‘tkazish, raqamli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish asosida 
bilimlar transferini ta’minlash, har bir ta’lim oluvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda bilim, kom-
petensiya, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun axborot tizimlarini joriy etish;
loyihaviy o‘qitish usullarini kengaytirish, jahon miqyosidagi yetakchi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikka 
asoslangan innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish hamda innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlan-
malarni amaliyotga joriy etish;
talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yara-
tish;
oliy ta’lim muassasasini hududdagi mahalliy jamoalarning ta’lim, ilm-fan va ijtimoiy-madaniy sohalarda 
rivojlanishini ta’minlaydigan markaz sifatida shakllantirish;
hududning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalarini hal qilish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyati 
organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish.
Mazkur qaror “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining yana bir bandi ijro-
sini ta’minlashi barobarida nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining uzviy 
hamkorligi va transformatsiya jarayonini mustahkamlash, raqamli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish aso-
sida bilimlar transferini ta’minlash, jahon miqyosidagi yetakchi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikka asoslangan 
innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
8
Shu o‘rinda oliy ta’limda sifatni boshqarishning muhim komponenti hisoblanadigan transformatsiya tushun-
chasiga alohida to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi.
Transformatsiya tushunchasiga qator lug‘atlarda turli talqindagi ta’riflar keltirilgan bo‘lib, rus tilidagi izohli 
lug‘atlarda “transformatsiya - o‘zgartirish, aylantirish, ko‘rinishini o‘zgartirish” deb tarjima qilinadi [13].
Shu bilan birga, ingliz tilidagi Cambridge Dictionary izohli luhatida esa, “biror narsaning yoki kimningdir 
tashqi ko‘rinishi va/yoki tuzilishini to‘liq o‘zgarishi” [14] deb ta’riflanadi.
Shuningdek, ingliz tilidagi Oxford Dictionary izohli luhatida esa, “Biror narsani yanada yaxshilash maqsa-
dida uning tuzilishini yoki ko‘rinishini butunlay o‘zgartirish jarayoni” [15] deb ta’riflangan.
Ta’kidlash joizki, transformatsiya tushunchasi har bir sohada o‘ziga xos tarzda va shaklda qo‘llaniladi va 
ushbu ilmiy maqolamizda ushbu tushunchani oliy ta’lim sohasida qo‘llanilishi va mazmun-mohiyatiga to‘htalib 
o‘tamiz.
Umuman olganda, ta’lim sohasida transformatsiya bu – ta`lim qadriyatlarini adolatli ravishda keskin oshi-
shiga olib keluvchi talabalar tajribalarini shakllantirish uchun ta’lim muassasasi tuzilmasi, madaniyati va biznes 
modelini qayta o‘zgartirishdir [16].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi Xalqaro rivojlantirish Assotsiatsiyasi 
ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2848-sonli qarori ijrosi yuzasidan vazirlik Jahon bankining Xalqaro rivojlanish 
Assotsiatsiyasi ishtirokida “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik baza sini mustahkamlash” loyihasining 
“Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” bo‘yicha 1-komponenti “Oliy ta’lim tizimi boshqaruvini takomillashtirish” 
doirasida oliy ta’limda sifatni oshirish va o‘quv jarayonlarini samarali boshqa rishni raqamlashtirilgan tizimi 
(HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Mazkur axborot tizimi oliy ta’lim muassasalarining administrativ, akademik, ilmiy va moliyaviy faoliyatlarini 
avtomatlashtirish, o‘quv jarayonlarini tashkil etish, monitoringini olib borish va boshqarish, masofadan onlayn 
o‘qish ta’lim xizmatlarini tashkil etish hamda vazirlik axborot tizimi bilan axborot almashish vazifasini bajaradi.
Tizimning oliy ta’lim muassasalari tomonidan bakalavr va magistr bitiruvchi talabalariga QR-kodli 
diplomlarni shakllantirish, tasdiqlash va talabalarga taqdim qilish moduli ishlab chiqilib, amalda foydalanish 
yo‘lga qo‘yildi.
Malaka oshirishning an’anaviy (malaka oshirish markazlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qish) shakli bilan birga-
likda mustaqil va muqobil hamda masofaviy malaka oshirish shakllari amaliyotga joriy etildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan hamda keng jamoatchilik ishtirokida bo‘lib o‘tgan 
muhokamalar natijasida qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot 
strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni davlat va jamiyat rivojlanishida yangi yondashuvlarni boshlab beradi.
Mazkur tarixiy hujjat mamlakatimiz rivojining muhim fundamental asoslarini o‘zida mujassam etgan 
bo‘lib, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida keyingi besh yillikda mam-
lakatimizda amalga oshiriladigan islohotlarning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini 
yaratib berishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Xususan, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishda oliy ta’lim muassasalarida mamlakatimizni yanada 
rivojlantirish uchun oldimizda turgan ustuvor vazifalarni professional darajada bajarishga qodir yoshlarni tarbi-
yalash, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi bir qator vazifalar 
belgilangan:
-oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish, buning uchun esa oliy ta’lim 
muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda qabul kvotalarini shakllantirish, to‘lov-kontrakt asosida 
o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibini joriy etish, Oliy ta’lim 
tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot 
olish imkoniyatini yanada kengaytirish;
-davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, shu jumladan ular tomonidan 
mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilash amaliyotini 
yo‘lga qo‘yish;
-2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va THE xalqaro reytinglariga kirishga 
maqsadli tayyorlash, bu borada esa salohiyati va o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro reytinglarga
kiritish bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
-qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish, jumladan 2022-yilda18 800 o‘rinli 47 ta turar 
joylarini barpo etish, u yerda istiqomat qiluvchi talabalar uchun har tomonlama qulayliklar yaratish;
-2026-yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga, jami oliy ta’lim muassasalari sonini 
200 taga yetkazish, Toshkent shahriga uzoq bo‘lgan viloyatlarda Nodavlat oliy ta’lim muassasalarini tashkil 
etish. Bu esa kelajakda universitet va institutlarning moliyaviy mustaqillikka chiqarish uchun zamin bo‘lib xizmat 
qiladi;


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
9
1-rasm. TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZI ⇒ infogdan krill yozuvida olindi.
-2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, 
amalda joriy etish;
-muallim va murabbiylar, professor-o‘qituvchilarga alohida e’tibor qaratilib 2025 yilga borib, oliy toifali 
o‘qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida1 ming dollarga yetkazilishi kabi maqsadlar belgilanganki, 
bularning barchasi Yangi O‘zbekistonda ham ta’lim-tarbiya «hayot-mamot» masalasiga aylanganidan dalolat, 
albatta. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlar, bugungi kunda oliy ta’lim sohasini transformatsiyalash asosida sifatni bosh-
qarishga qo‘yilgan muhim amaliy qadamlar biri hisoblanadi. 
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Oliy ta’lim tizimida transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish asosida ta’lim sifatini boshqarish maqsa-
dida ta’lim sifatini baholash mezonlari xalqaro akkreditatsiya talablari asosida ishlab chiqilishi zarur.
Shu bilan birga, xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalari tajribalarini chuqur va atroflicha o‘rgangan holda 
quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblamiz. Jumladan:
- oliy ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasini o‘zgaruvchan taraqqiyot jarayonlari hamda jahon mehnat 
bozori talablarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish;
- oliy ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash dasturi qayta ishlab chiqish;
- milliy oliy ta’lim tizimini sifat jihatdan isloh qilish uchun Yevropa oliy ta’lim sifatini ta’minlash indikatorlari 
joriy etish choralarini ko‘rish lozim.


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
10
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙXАТИ
1. Ғуломов С.С., Ходиев Б.Ю., Романов А.Н., Алимов Р.К., Торопцов В.С., Алимов К.А., Бегалов 
Б.А., Григорович Д.Б. Дистанционное экономическое образование. – Т.: Шарқ, 2004, - 203 б.; 
2. Ходиев Б.Ю. Олий иқтисодий таълим тизими учун замонавий ўқув адабиётлар яратиш: янги 
стандарт талаблари, тузилиши, мазмуни. – Т.: ТДИУ, 2005.- 168 б; 
3. Тешабаев Т.З. Олий таълим тизимида инновацион фаолиятни ахборот технологиялари асосида 
бошқаришни такомиллаштириш. Иқт.ф.д. ...дисс. автореф. – Т.: ТДИУ, 2019.; 
4. Абдурахмонов К.Х. и др. Современный менеджмент и реформирование системы образования в 
Узбекистане. – Т.: Изд-во РЭА им. Г.В. Плеханова. – 2005. – 240 с.; 
5. Очилов А.О.Юқори малакали кадрлар тайёрлашни бошқариш самарадорлигини ошириш. Иқт. 
фан докт. дисс... – Тошкент, 2019; 
6. Қаҳҳоров О.С. Олий таълим тизимида рақобатбардош кадрлар тайёрлашнинг бошқарув 
механизмини такомиллаштириш. Иқт.ф.д. ...дисс. автореф. – Т.: БухДУ, 2021; 
7. Ахунова Г.Н. Таълим хизматлари бозорида маркетинг фаолияти ва уни такомиллаштириш, 
Иқт.ф.д. ...дисс. аврореф. – Т.: ТДИУ.; 
8. Кучаров А.С. Тадбиркорлик соҳаси учун олий маълумотли мутахассисларни тайёрлашда 
бошқаришнинг ташкилий-иқтисодий омилларини такомиллаштириш, Иқт.ф.д. ...дисс.автореф. – Т., 2006;
9. Набиев Д.Х. Совершенствование управления маркетингом образовательных услуг в условиях 
модернизации экономики. Автореф. ... докт. экон, наук. – Т.: ТДИУ, 2009.; 
10. Заҳидова Ш.Ш. Олий таълим хизматлари бозорининг амал қилиш механизми самарадорлигини 
ошириш. Иқт.ф.н. ...дисс. автореф. – Т.: ТМИ, 2012; 
11. Қуролов Қ.Қ. Бозор муносабатлари шароитида иқтисодий таълим тизимининг такомиллашуви 
қонуниятлари. Иқт.ф.д. ...дисс. автореф. – Т.: ТДИУ, 2017; 
12. Навруз-Зода. Б.Н. Ўзбекистонда олий таълим тизимида сифат таъминоти. – Т.: Xarizma design, 
2008. – 245 б.
13. https://dictionary.cambridge.org/ru/transformation
14. https://www.oxfordlearnersdictionaries.com/definition/english/transformation?q=transformation
15. https://www.dictionary.com/browse/transformational


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
11
TADBIRKORLIK 
FAOLIYATIDA YUZAGA 
KELADIGAN RISKLARNI 
SUG‘URTALASHNING 
MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI

Download 5.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal

Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish