Ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/37
Sana12.09.2023
Hajmi5.93 Mb.
#81347
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Muhandislik va Iqtisodiyot jurnali,1 son, 30 iyul 2023 yil Sayt
Amaliy 2, АКТИВНАЯ ВИБРОЗАЩИТА ТЕЛА, УСТАНОВЛЕННОГО НА ВЯЗКОУПРУГИХ ОПОРАХ, 4 kurs Amaliy ingliz tili Iqtisodiyot 2 OT sirtqi Ishchi dastur, 8-sinf-informatika-testlar-1, Polimerlar - Vikipediya, Ochiq dars 6-sinf texnologiya, 10 kl Kompleks sanlar 45-mektep, Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov), 1-labaratoriya Ochilov Sardor, Matritsalar va ular ustida amallar, Ikkinchi tartibli va uchinchi tartibli determinantlar, 4-sinf-режа, 1234, Doc1
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son. www.lex.uz
2. Дикинс, D.; Фрил, МС (2009) «Предпринимательская деятельность, экономика и значение малых предприятий». 
Предпринимательство и малые фирмы. McGraw-Hill образования. ISBN 978-0-07-712162-4.
3. Петти А, Смит А., Рикардо Д. Антология экономической классики/сост. И.Столяров, Москва, Эконов: ключ. 
1993, - с.204.
4. Тимофеева А.А. История предпринимательства в России: учеб. Пособие.-Второе изд., стереотип. –Москва, 
Флинта, 2011, -с.58.
5. Жилинский С.Э. Указ.соч. с.9.
6. Основы рыночной экономики:учеб. Пособие под ред. Т.П.Емельяновой – спб. 2016. – с. 11.
7. Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari. T.: “Yangi nashr”, 2019 y. 18 b.
8. U.Umurzakov, A.Toshboyev Kichik biznes va tadbirkorlik T.:yangi asr avlodi 2012 y.
9. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun. 2012 y. 2 may. www.lex.uz
10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992 yil 8 dekabr. Lex.UZ
11. “O‘zbekiston Respublikasida Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 
Qonun. 1993 yil 7 may. www.lex.uz
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligi (www.stat.uz sayti ma’lumotlari).


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
22
O‘ZBEKISTON 
RESPUBLIKASIDA DAVLAT 
XARIDLARINI TASHKIL 
ETISH AMALIYOTINI 
TAKOMLLASHTIRISH
Norov Akbar Ruzimamatovich
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi bo‘lim 
boshlig‘i
Annotatsiya:
ushbu maqolada davlat xaridlarini amalga oshirishda savdo instrumentlaridan foydalanishning qonuniy 
asos lari, tartib-qoidalari va samaradorligi tahlil qilingan, ularni takomillashtirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
davlat xaridlari, elektron savdo, onlayn birja, raqamlashtirish, mexanizm.
Аннотация:
в данной статье анализируются правовые основы, процедуры и эффективность использования торго-
вых инструментов при осуществлении государственных закупок, а также разрабатываются механизмы их совер-
шенствования.
Ключевые слова:
государственные закупки, электронная коммерция, онлайн-биржа, цифровизация, механизм.
Abstract:
this article analyzes the legal bases, procedures and effectiveness of the use of trade instruments in the imple-
mentation of public procurement, and develops mechanisms for their improvement.
Keywords:
public procurement, e-commerce, online exchange, digitization, mechanism.
K I R I S H
Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan asosiy 
maqsadlardan biri bu – mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda liberallashtirishda muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan tizim – davlat xaridlarini tashkil etish amaliyotini takomillashtirish hisoblanadi. Shuning uchun ham 
hozirgi kunda dunyoda ko‘plab mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham davlat xaridi tizimini isloh 
etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan xarid jarayonlarining ochiq-oydinligi, shaffofligi va sama-
radorligini ta’minlash maqsadida davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish bo‘yicha 
qator tadbirlar ko‘rilmoqda. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida xalqaro tajriba va iqtisodiy 
islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda davlat xaridlarini tashkil etish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllantirildi. 
Bunda asosiy urg‘u byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, xarid jarayonida kichik biznes sub’ektlariga 
ko‘proq imtiyozlar berish hamda davlat xaridlari tizimining mavjud mexanizmini xalqaro andozalarga moslash-
tirish talab etilmoqda. 
O‘z navbatida, davlat xaridlari tizimida zamonaviy shakl va tartib-taomillarni ishlab chiqish hayotiy zaru-
ratga aylandi. Davlat xaridlarining takomillashtirilishi ushbu sohaning mukammal qonunchilik bazasini yara-
tish va uni xalqaro tajribaga mos ravishda rivojlantirish bilan ham uzviy bog‘liqdir. Buning barobarida, davlat 
xaridlar bui – iqtisodiyotni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash instituti bo‘lib, doimiy ravishda shartnoma tizimini 
takomillashtirishni talab qiladi. Birinchidan, bu davlat ehtiyojlari uchun sotib olish jarayoni bo‘lib, bu jamiyatning 
turli xil tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi. Ikkinchidan, davlat 
xaridlari sektori yalpi ichki mahsulotning katta qismini - kamida 7 foizdan 30 foizgacha egallaydi. Uchinchidan, 
davlat uchun xaridlar byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Biroq davlat 
xaridlarini samarali tashkil qilish borasida mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar yetarli darajada ijro qilinma-
yapti. So‘nggi yillarda davlat xaridlari sezilarli darajada yo‘qotishlarga olib keldi. Ayniqsa, davlat xaridlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan savdolarni suiiste’mol qilish va aniqlangan qoidabuzarliklarning ko‘payishi davlat, shu jumladan, 
huquqni muhofaza qilish organlari, korxonalar va jamoatchilikni jiddiy tashvishga solmoqda. Ushbu sharoitlarni 
hisobga olgan holda xaridlar sohasida samarali davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish 
sifatida korrupsiyaga qarshi monitoringni o‘tkazish zaruratini keltirib chiqarayapti. Ushbu muammoning yechimi 
raqamli iqtisodiyot sharoitida ma’lumotlarni to‘plash, shaffoflikni ta’minlash va ma’lumotlarni tahlil qilish aso-
sida davlat xaridlari sohasidagi real holat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish va davlat ehtiyojlari uchun xaridlar 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
23
shartlari va shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish orqali ta’minlanishi kerak. Hali ham korrupsiyaga 
qarshi monitoring uchun umume’tirof etilgan ko‘rsatkichlar, xaridlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni inobatga 
olgan, davlat xaridlari hajmi va tuzilish kompleksini baholaydigan optimal tizim shakllanmagan. Shu munosa-
bat bilan davlat xaridlari amaliyotini takomillashtirish, davlat xaridi siyosatini amalga oshirishda korrupsiyaga 
qarshi monitoringni, xaridlarni tartibga solish va boshqarish tizimini rivojlantirish ob’ektiv ravishda dolzarbdir. 
Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida davlat xaridlari orqali mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohala-
rini rivojlantirishga erishadilar. Davlat xaridlari ulushi YAIMda rivojlanayotgan mamlakatlarda 25 foizgacha va 
rivojlangan mamlakatlarda 30 foiz va undan yuqori miqdorda bo‘lmoqda.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda davlat xaridlari tizimini boshqarishni baholash usul va mezon-
lari, davlat xaridlarini amalga oshirish tamoyillarini takomillashtirish, tovarlar va xizmatlarni yirik hajmda xarid 
etishning samarali shakli sifatida ochiq tanlovlar o‘tkazish, xaridlarni amalga oshirish jarayonida samaradorlikni 
oshiradigan innovatsion vositalarni qo‘llash, jami xarid jarayonlari, buyurtmalarni joylashtirish, narxlarni taklif 
qilish, shartnomalarni tuzish, yetkazib berish xizmati, to‘lovlarni elektron savdo do‘konlari yordamida o‘tkazish, 
buyurtmalar va tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilarning internet tizimi orqali xaridlarni amalga oshirishda 
raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha izchil tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu keng ko‘lamli masala yuzasidan davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga muro-
jaatnomasida ta’kidlaganidek, hozirgi kunda davlat xaridlarida atigi 4 foiz tadbirkor qatnashmoqda. Kelgusi 
yilda 24 ta yirik davlat korxonasiga davlat xaridi bo‘yicha ochiq-oshkora talablar joriy etiladi. Natijada mahalliy 
tadbirkorlarimiz har yili kamida 10 trillion so‘mlik mahsulotlarini ushbu korxonalarga sotish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va Parlament nazoratida bo‘lishi belgilandi. Buning 
barobarida davlat xaridlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va raqobatni kuchaytirish maqsadida davlat 
xaridlari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni jamlovchi, maxsus axborot portallari va shu kabi boshqa tashqi axborot 
tizimlari bilan o‘zaro elektron hamkorlikni ta’minlovchi Davlat xaridlari markaziy axborot portalini ishga tushirish 
maqsad va vazifalardan biri deb belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonuni (2021 y.), O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 5-dekabrda PQ-4544-son «Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat 
xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2017-yil 23-avgustda 
PQ-3237-son «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy 
shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son «Davlat 
xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 
qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son «Qurilish sohasida elektron davlat xaridla-
rini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2022-yil 20-may-
dagi 276-son «Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlari, shuningdek, mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy 
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Qo‘yidagi xorijlik iqtisodchi olimlar davlat xaridlari sohasining rivojlanishi va takomillashtirilishining asosiy 
qoidalari, davlat xaridlari hisobini tashkil yetish va ulaning oliy ta’lim tizimidagi samaradorligini baholash bo‘yicha 
ba’zi jihatlariga ye’tibor bergan holda ilmiy tadqiqot olib borgan, jumladan, I.I.Smotritskaya, S.A.Bordunova, 
A.I.Vorobiyeva, Y.A.Mizikovskiy, E.A.Orlova, S.V.Pankova, A.A.Piskunov, K.V.Razuvayeva, T.M.Rogulenko, 
Y.V.Sokolova, I.A.Tulseva, A.E.Sheveleva, T.G.Sheshukova va boshqalarni keltirish mumkin. Mahalliy iqtisod-
chi olimlardan M.P.Yunusov, D.B.Qosimov, U.Urakov, U. Urxonov, Atamuradov 
[5]
va boshqalarning ilmiy ishla-
rida mazkur masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot olib borish davomida monografik tahlil hamda ekspert va tizimli tahlil usullaridan foydalangan 
holda, oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligining ahamiyati va moliyaviy resurslar samaradorligini 
oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Maxsus axborot portali ─ operatorning davlat xaridlari o‘tkazilishini, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, 
davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini va ko‘rilishini, shuningdek, 
elektron davlat xaridlari o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformadir. Maxsus axborot 
portalidagi maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste’mol tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, 
xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus maydonchasi elektron do‘kon 
deb ataladi.


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
24
1-rasm:
O‘zbekiston Respublikasida elektron do‘kon orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlari 
[5]
Elektron do‘kon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Ishtirokchining elektron do‘konga qo‘yilgan 
taklifi davlat buyurtmachilariga yuborilgan ommaviy ofertadir.
Davlat buyurtmachisi elektron do‘konda ishtirokchilarning ofertalarini o‘rganish yo‘libilan o‘zi uchun zarur 
bo‘lgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va tovar (ish, xizmat) tanlangach, narxlar so‘rovi mexanizmidan foyda-
lanadi.
Maxsus axborot portali avtomatik rejimda, narxlar so‘rovi mexanizmini amalga oshirgan holda elektron 
do‘konda o‘xshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-
taomi lida ishtirok etish to‘g‘risida takliflar yuborilishini ta’minlaydi. Maxsus axborot portali davlat buyurtmachisi 
va eng past narxni taklif qilgan ijrochi o‘rtasida tuzilgan bitimni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Davlat xaridlarini rejalashtirish davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi va xaridlarni tizimlasht-
irishdan, davlat xaridlarini rejalashtirish hamda budjet va investitsiya jarayonlaridagi rejalashtirish o‘rtasida 
o‘zaro aloqani ta’minlashdan iborat bo‘ladi. 
2-rasm:
Davlat xaridlari jarayonining bosqichlari 
[6]
Davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonidagi eng muhim bosqich xarid qilish tartib-taomillarini amalga 
oshirish bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Chunki aynan ushbu bosqich davlat xaridlarini amalga oshirishning asosiy 
jarayonini qamrab olib, davlat xaridlarining samaradorligini belgilab beradi. Shuning uchun, davlat xarid-
larini amalga oshirish jarayonining ushbu bosqichida elektron savdo mexanizmlarining qo‘llanishi boshqa 
bosqichlarga nisbatan yuqoriroq samara keltiradi, deb hisoblaymiz.
Ushbu fikrimizni shunday izohlashga harakat qilamiz, qonunchilikka muvofiq xarid qilish tartib-taomillarida 
elektron do‘kon, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, tanlov, tender, yagona yetkazib 
beruvchi bilan amalga oshiriladigan davlat xaridlari turlari mavjud bo‘lib, davlat xaridlarini elektron shaklda 
amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Shunga ko‘ra elektron do‘konlardagi xaridlar bilan birgalikda 
boshqa davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlari, shu jumladan, auksionlar, tanlov va tenderlar jarayon-
larini ham to‘liq elektronlashtirish va maxsus elektron platformalari orqali amalga oshirish xaridlar shaffofligi 
va samaradorligini oshiradi, shuningdek, davlat xaridlari jarayonida sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. 
Bunda, davlat xaridlari subyektlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan 
holda davlat xaridlarini amalga oshirishini nazarda tutuvchielektron davlat xaridlarini rivojlantirishga ustuvorlik 
qaratish maqsadga muvofiq.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun xaridlarning besh tartib-taomili (turi)ni belgilaydi, ya’ni elektron do‘kon, 
boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion, tanlov, tender, yagona yetkazib beruvchi bilan 
amalga oshiriladigan davlat xaridlari. Bulardan ikkitasi (elektron do‘kon, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun 
o‘tkaziladigan auksion) davlat xaridi bo‘yicha qaror qabul qilishda inson omilini to‘liq inkor etadi. Qolgan xarid 
tartib-taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo‘li bilan ta’minlanadi. Qonun 
bilan xalqaro standartlarni hisobga olgan holda birinchi bor yagona yetkazib beruvchidan xaridni amalga 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
25
oshirish tartib-taomili turi, davlat xaridlarini o‘tkazish uchun Odob-axloq qoidalarini qabul qilish va davlat xarid-
larini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan, yuqori texnologik va innovatsion 
ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga olinishi kabi normalar xarid 
amaliyotiga kiritildi 
[7]
.
Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun birinchi navbatda davlat xaridlarining infratuzilmasini takomillash-
tirish, xususan, elektron davlat xaridlari jarayonida davlat xaridlari subyektlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlay-
digan tashkiliy, axborot va texnik vositalarning dasturiy majmuidan iborat bo‘lgan davlat xaridlarining elektron 
tizimini kengaytirish lozim.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Umuman olganda, davlat xaridlarini elektronlashtirish bilan bog‘liq masalalarni tadqiq etishimiz mobaynida 
uning bir qator afzalliklari mavjudligining guvohi bo‘lamiz.
1-jadval:
Elektron savdo maydonchalarining afzalliklari 
[12]
Afzalliklar
Xususiyatlari
Raqobatbardoshlikni oshirish
Xarid jarayonlarida ko‘p sonli kompaniyalar ishtirok etishi natijasida raqobat 
kuchayadi va oxir oqibat minimal narxlarga sifatli tovar va xizmatlar sotib 
olinadi.
Hududiy chegaralarni istisno etish
Elektron savdo orqali xaridlarni tashkil etish xududlar chegarasi va olisligi, 
shuningdek, bozor imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar tanqisligi kabi 
muammolarni bartaraf etadi.
Xaridlar shaffofligi va ochiqligini oshirish Elektron savdo maydonchalaridan foydalanish xarid jarayonini samarali 
nazorat qilish imkonini beradi va shaffof savdo tizimini yaratadi.
Mehnat xarajatlarini qisqartirish
Elektron shakldagi xaridlar an’anaviy xaridlarga nisbatan kam vaqt talab 
etadi. Shunga ko‘ra, yetkazib beruvchilarni qidirish, eng yaxshi takliflarni 
ajratish va muzokaralar o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatchilarning ish hajmini 
qisqartiradi.
Xarid jarayonlarini standartlashtirish
Elektron maydonchalarda jahon amaliyotida eng samarali deb topilgan 
standartlashtirilgan xarid jarayonlaridan foydalaniladi.
Mamlakatimizda ham davlat xaridlari jarayonini elektronlashtirishdan asosiy maqsad davlat va jamiyat 
ehtiyojlari uchun tovarlar (xizmatlar va ishlar) bilan o‘z vaqtida, maqbul miqdorda va turda, sifatda va arzon 
narxlarda ta’minlashdan tashqari raqobat muhitini rivojlantirish uchun davlat xaridlariga ko‘proq tadbirkorlik 
cub’ektlarini jalb qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni 
xalqaro talablarga muvofiq standartlashgan mahsulotlar ishlab chiqarishga imkoniyatlar yaratishdan iborat-
dir. O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari sohasining samaradorligini yanada oshirish, unga zamonaviy 
axborot-texnologiyalarga jalb qilish uchun quyidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni ham jadallashtirish lozim 
deb hisoblaymiz:

davlat xaridlariga zamonaviy axborot – texnologiyalarni yanada kengroq qo‘llagan holda, xaridlar jara-
yonini soddalashtirish va avtomatlashtirish;

davlat xaridlari tartib-taomillari shaffofligini oshirish orqali korrupsion omillarni bartaraf etish;

davlat xaridlarini tartibga solish institutsional tizimini isloh qilish va amaldagi qonunchilikni elektron 
xaridlarni rag‘batlantirish nuqtai nazaridan takomillashtirish;

qurilish sohasidagi davlat xaridlari doirasida xarid tartib-taomillari, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tash-
kilotlarining xarid tartib-taomillarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini baholashda ularning 
elektron reytingi ma’lumotlaridan foydalanish va boshqa elektron tizimlar bilan integratsiyalash imkoni-
yatini hisobga olgan holda, elektron shaklda onlayn rejimida amalga oshirish;

qurilish sohasidagi, jumladan, obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash ish-
lari bo‘yicha xarid qilish tartib-taomillarini tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek, loyihalashtirish, qurish, 
rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda xarid hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha jarayonlari 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
26
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va “Xarid qilish tartib-taomillarini 
tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq elektron shaklda amalga oshiril-
ishini ta’minlash;

maxsus axborot portalida qurilish sohasida davlat xaridlarini elektron shaklda o‘tkazishni nazarda tutuv-
chi alohida bo‘lim yaratish;

byudjet buyurtmachilarning tanlov orqali amalga oshiradigan davlat xaridlari to‘liq elektron shaklga o‘tka-
zish.

Download 5.93 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal

Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish