Ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana12.09.2023
Hajmi5.93 Mb.
#81347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Muhandislik va Iqtisodiyot jurnali,1 son, 30 iyul 2023 yil Sayt
Amaliy 2, АКТИВНАЯ ВИБРОЗАЩИТА ТЕЛА, УСТАНОВЛЕННОГО НА ВЯЗКОУПРУГИХ ОПОРАХ, 4 kurs Amaliy ingliz tili Iqtisodiyot 2 OT sirtqi Ishchi dastur, 8-sinf-informatika-testlar-1, Polimerlar - Vikipediya, Ochiq dars 6-sinf texnologiya, 10 kl Kompleks sanlar 45-mektep, Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov), 1-labaratoriya Ochilov Sardor, Matritsalar va ular ustida amallar, Ikkinchi tartibli va uchinchi tartibli determinantlar, 4-sinf-режа, 1234, Doc1
Egamov Zoxid Baxtiyarovich
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kapital 
va sug‘urta bozorlarini rivojlantirish departamenti, Sug‘urta 
bozorini rivojlantirish boshqarmasi, Sug‘urta va sug‘urta-brokerlar 
faoliyatini litsenziyalash bo‘limi bosh mutaxassisi 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada mamlakat ichki bozorida sog‘lom va kuchli raqobat muhitini yaratish, shu asosda uning 
raqobatdoshligini oshirish, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish ilgari surilgan. 
Shuningdek, aholi daromadlarini ko‘paytirish, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tadbirkorlik sohasining 
o‘rni, tadbirkorlikda yetarli darajada samaraga erishish va dunyo mamlakatlari qatorida teng raqobat qila olish iqtisodiy 
mohiyatini nazariy jihatlari tahlil qilingan. Turli mamlakatlar tajribalarini o‘rganish asosida kichik biznes va xususiy tadbir-
korlik sohasini moliyalashtirishni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy 
takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes, tadbirkor, innovatsion tovar, xususiy tadbirkorlik, mehnat samaradorligi, iqtisodiy faoliyat, tad-
birkorlik faoliyati, mehnat unumdorligi, innovatsion iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, tovar, innovatsion tovar, ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorlik, tashkiliy-iqtisodiy samaradorlik.
Аннотация:
В данной статье предлагается создать здоровую и сильную конкурентную среду на внутреннем рынке 
страны, повысить его конкурентоспособность, наполнить качественной и экспортоспособной продукцией, создать 
новые рабочие места. Также анализируются теоретические аспекты повышения доходов населения, роль сек-
тора предпринимательства в обеспечении стабильного экономического роста в стране, достижении достаточ-
ной эффективности в предпринимательстве и способности на равных конкурировать между странами мира. На 
основе изучения опыта разных стран разработаны научно-теоретические предложения по совершенствованию 
организационно-экономического механизма финансирования развития малого бизнеса и частного предпринима-
тельства.
Ключевые слова:
малый бизнес, предприниматель, инновационный продукт, частное предпринимательство, 
эффективность труда, экономическая деятельность, предпринимательская деятельность, производительность 
труда, инновационная экономика, экономический рост, продукт, инновационный продукт, социально-экономиче-
ская эффективность, организационно-экономическая эффективность.
Abstract:
In this article, it is proposed to create a healthy and strong competitive environment in the country’s domestic 
market, to increase its competitiveness, to fill it with high-quality and exportable products, and to create new jobs. Also, 
the theoretical aspects of increasing the income of the population, the role of the entrepreneurship sector in ensuring 
stable economic growth in the country, achieving sufficient efficiency in entrepreneurship and being able to compete 
equally among the countries of the world are analyzed. Based on the study of the experiences of different countries, sci-
entific-theoretical proposals have been developed to improve the organizational and economic mechanism of financing 
the development of small business and private entrepreneurship.
Keywords:
small business, entrepreneur, innovative product, private entrepreneurship, labor efficiency, economic activity, 
entrepreneurial activity, labor productivity, innovative economy, economic growth, product, innovative product, socio-eco-
nomic efficiency, organizational and economic efficiency.
KIRISH
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining qay darajada ekan-
ligiga bog‘liq. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni bozor segmentiga tez moslashuvchanligi, ayniqsa, 
xizmat ko‘rsatish sohasida uncha katta bo‘lmagan moliyaviy mablag‘lar hisobiga ko‘zlangan natijaga erishish 
mumkin, ayniqsa, bu jarayon kichik biznesga xos xususiyatdir.


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
12
Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ham ijtimoiy, ham iqtisodiy soha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan 
keng ko‘lamli islohotlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga, ular uchun yanada qulay 
shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik sohasini rivojlantirish orqali xalqning tur-
mush darajasini yaxshilash, aholining real daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash bugungi kunning ustu-
vor vazifalaridan biri hisoblanadi. 
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat-
lar strategiyasining uchinchi bo‘limida “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bel-
gilangan bo‘lib, unda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning 
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish ilgari surilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantir-
ishga qaratilgan institutsional, tarkibiy islohotlarni davom ettirish, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkor-
lik ni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, 
huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish [1] 
bo‘yicha alohida islohotlar amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda 
bugungi kunda mazkur sohani rivojlantirish uchun institutsional ishlar olib borilmoqda. Aytish mumkinki, tadbir-
korlar uchun turli ko‘rinishdagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda ham mamlakatimizda har yili yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining 
asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu soha vakillari 
tomonidan yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari faqatgina sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, xizmat ko‘rsatish soha-
larida emas, balki iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa juda ko‘plab yo‘nalishlarida innovatsion yo‘nalishlarda 
yaratilmoqda.
Misol uchun olaylik, mahalladagi bir tadbirkor 5 ta ish o‘rni yarata olyapti. Agarda yuzlab odamlarning tad-
birkor bo‘lishiga amaliy yordam berilsa, har bir mahallada yuzlab ish o‘rinlari yaratiladi. Buning natijasida minglab 
oilalarga rizq-ro‘z kiradi. Tadbirkorlikni kengaytirish uchun ishbilarmon kishiga emin-erkin ishlashi uchun sharoit 
yaratib berilsa, qo‘llab-quvvatlansa uning faoliyati kengayib boraveradi. Davlatimiz tadbirkorlarga ana shunday 
sharoit bilan birga, keng imkoniyatlar, soha rivoji uchun katta sarmoyaviy imkoniyatlarni bermoqda.
Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik 
tashab buslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 150 
baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik berish, tadbirkorlik subyektlariga 
bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklarni kredit shartnomalari sonidan qat’i nazar berish joriy etildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy o‘zgarishlarning hozirgi zamon bosqichi shaxsiy, jamoaviy va ijtimoiy man-
faatlarni birgalikda va uyg‘un tarzda amalga oshirishni talab etadi. Sovet tuzumi davrida xususiy mulkchilik 
mavjud bo‘lmaganligi tufayli qonunchilik va ijtimoiy-iqtisodiy hujjatlarda mazkur soha xususiyatlari e’tiborga olin-
mas edi.
Yangi O‘zbekiston endilikda mumkin qadar tez fursatda dunyo mamlakatlari bosib o‘tgan yo‘l, ya’ni tadbir-
korlikni barcha sohada rivojlantirish va bunda hozirgi zamon nazariyasi va amaliyoti erishgan yutuqlarga taya-
nishi zarur. Albatta, buning uchun dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yishi muhim hisoblanadi. Bu yo‘l oxir oqibatda mamlakat iqtisodiyotining ravnaqi va insonlar hayot farovonli-
gining ortishiga olib keladi.
Hech bir mamlakat barcha sohada ilg‘or bo‘la olmaydi. Shuning uchun mamlakat o‘z imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda taraqqiyot yo‘llarini belgilab olishi va shu asosda strategik maqsadlarni amalga oshirishi zarur.
Tadbirkorlikdan yetarli darajada samaraga erishish va dunyo mamlakatlari qatorida teng raqobat qila olish uchun 
avvalam bor tadbirkorlikning iqtisodiy mohiyatini nazariy jihatdan to‘g‘ri anglab olish muhim hisoblanadi. 
Tadbirkorlik davlat tomonidan amalga oshirilmaydi, davlat faqatgina tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratib 
beradi. Davlat tadbirkorlikka sharoit yaratib berish bilan birga unga erkinlik berishi va davlat aralashuvini bekor 
qi lish ga erishilmoqda. Agar bu maqsadga to‘liq erishilsa, iqtisodiyot o‘z-o‘zidan rivojlanadi. Qachonki, tadbirkorlik 
sohasi o‘zi rivojlanib, takror ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari to‘xtovsiz ishlab chiqilsa va natijada 
iste’molchiga umuman noma’lum bo‘lgan yangicha mahsulotlar ishlab chiqilishiga erishilsa yoki mavjud mahsulot-
ning yangicha ko‘rinishlari yaratilsa, ishlab chiqarishning yangicha usullari (ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar yoki 
tovarlardan tijoriy foydalanishdagi innovatsiyalar) ishlab chiqilsa, yangi bozorlar yoki bozorlarning yangi segmentlari 
o‘zlashtirilsa, xom ashyoning yangi manbalari ishlab chiqilsa, mehnatni tashkil qilishning yangi metodlari yaratilsa, 
bularning barchasi tadbirkorlikdir.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, mulkka ega bo‘lish va shart-sharoitlarga ega bo‘lish bu tadbirkorlikning 
belgisi emas. “Tadbirkor” tushunchasi bu shunday o‘quv va funksiyalarga ega bo‘lishki, bunday xususiyatlarga ega 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
13
shaxs har qanday sharoit va ijtimoiy formatsiyada ham o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara oladi. Shuning uchun 
yangi kombinatsiyalarni amalga oshirishdan to‘xtagan xo‘jalik subyekti esa, tadbirkorlik subyekti bo‘lolmaydi.
Innovatorlik xususiyatiga ega bo‘lgan shaxslargina tadbirkorlik funksiyasini bajara olishi mumkin. Bu xo‘jalik 
subyektining o‘ziga xos shaklidir. Tadbirkorlik faoliyati bu yangi faoliyat bo‘lib, u oddiy barcha xo‘jalik subyektlari kabi 
ma’lum texnologiyalardan va xo‘jalik yuritish usullaridan foydalanishdan farq qiladi. Bu innovatorlik mehnatidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Yevropalik mashxur iqtisodchi Y.Shumpeterning (1883–1950 yillarda yashab ijod qilgan) ta’kidlashicha, tad-
birkorlikning iqtisodiy jarayoni o‘rtacha daromad olish bilan belgilanmaydi, balki yuqori daromad olish jarayoni 
bilan takror ishlab chiqarish jarayonida yangi kombinatsiyalarni ishlatish orqali tadbirkorlik daromadini olish bilan 
belgilanadi. Tadbirkorlik to‘g‘risida uning shunday iborasi bor: “Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi-
yotidagi hal qiluvchi rolini u bo‘lmagan joyda his qilish mumkin” 
[2]
.
Iqtisodiy adabiyotlarda tadbirkorlik nazariyasi rivojlanishining yana bir yo‘nalishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, bu 
yo‘nalish ishlab chiqarishni tashkil qilishning tadbirkorlik shakli bilan birga tadbirkorning boshqaruv faoliyatini o‘z 
ichiga oladi.
Tadbirkorlikka oid dastlabki ilmiy tadqiqotlar XVIII asrning yetuk allomalari R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, 
A.Smit, J.B.Sey va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Keyinchalik bu boradagi tadqiqotlar kengayib, alo-
hida ilmiy yo‘nalish tusini olgan va ularning natijalarini amaliyotda qo‘llash esa iqtisodiyotga o‘zining samarali 
ta’sirini namoyon qila boshlagan. 
A.Smit, D.Rikardo va K.Marksning asarlarida tadbirkor takror ishlab chiqarish jarayonida kapitalist sifatida 
amal qiluvchidir deya e’tirof etilib, uning roli ishchi kuchlari tomonidan yaratilgan foydani o‘zlashtirishda ko‘rinadi 
deya ta’riflanadi 
[3]
.
XX asrda tadbirkorlikni ilmiy-amaliy tahlil qilishda yangi Avstriya maktabining atoqli vakili bo‘lgan U.Shumpeter 
katta rol o‘ynadi. U tadbirkorlikning harakatchan iqtisodiy jarayondagi rolini, uning yaratuvchanlik funksiyasini 
aniqladi, tadbirkorning psixologik qiyofasini chizdi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra tadbirkor iqtisodiyotni harakatlan-
tiruvchi asosiy kuchdir. Tadbirkorlikka o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan narsa deb e’tiborsizlik bilan qarashlarni tanqid 
qilib, tadbirkorlik bo‘lmagan iqtisodiyotni tasavvur qilib ko‘rishni tavsiya etadi. U tadbirkorning energiyasi, irodasi, 
intilishi investitsiya jarayonini harakatga keltiradi, texnik taraqqiyotning yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilishiga imkon 
yaratadi, inqirozga uchragan iqtisodiyotni qayta jonlantiradi va tiklaydi deb e’tirof etadi.
Shumpeter tadbirkorlik faoliyatining maqsadlari, tadbirkorning intilish sabablarini o‘rganib, uning psixologik 
qiyofasini quyidagicha ifodalaydi:

haqiqiy tadbirkorda hukmronlik qilish, egalik qilishga intilish moddiy farovonlikka erishishdan ham kuch-
liroq rivojlangan bo‘ladi;

iroda tadbirkorni g‘alabaga yetaklaydi, foyda esa uning uchun muvaffaqiyat barometri bo‘lib xizmat qiladi;

haqiqiy tadbirkor ijod va yaratishga intiladi va uning quvonchini his qiladi.
Yangi Avstriya maktabining yana bir atoqli vakili F. Fon Xayek ham Shumpeterga hamohang ravishda tad-
birkorlik – bu yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish, o‘rganish va ishga solish deb hisoblaydi va faoliyati 
izlash tarzida kechadigan har qanday shaxsga bo‘lg‘usi tadbirkor deb qaraydi. 
Tadbirkorlik sohasini tadqiq qilgan va xususiyatlarini ochib bergan Rossiyalik birinchi iqtisodchi I.T.Pososhkov 
bo‘lib, u tomonidan imperator uchun tayyorlangan va e’tiborga sazovor bo‘lgan ishi – “Книга о скудости и 
богатстве” kitobi hisoblanadi. Mazkur kitobda I.Pososhkov tadbirkorlikni “Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlani-
shida hal qiluvchi rolni bajaradigan, davlat va uning fuqarolarining boyishi, Rossiyaning fuqarolik tiklanishining 
asosiy elementi va kuchli davlatga aylanish manbai” 
[4]
deb baholagan. 
Shunday ekan, tadbirkorlik sohasining rivojlanishi har qanday mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada 
rivojlanishini, xalqining farovonligini, ish bilan ta’minlanish darajasi yuqori bo‘lishining kafolati hisoblanadi. 
Shuning uchun davlat mazkur sohaning rivojlanishi uchun har tomonilama shart-sharoitlarni yaratib berishi va 
shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatining erkinligini ta’minlashi zarur.
Ma’lumki, iqtisodiy faoliyat tushunchasi va tadbirkorlik faoliyati tushunchalari mavjud. Ko‘pgina adabiyot-
larda foyda olishni maqsad qilib qo‘ygan holda amalga oshirilgan har qanday faoliyat iqtisodiy faoliyat ekanligi 
e’tirof etilgan. Tadbirkorlikning ham tub ma’nosi aslida shunday. Bunday holatda iqtisodiy faoliyat bilan tadbirkor-
lik faoliyatini bir-biridan qanday farqlash mumkin. Bizningcha, iqtisodiy faoliyat yetarli darajada keng tushuncha. 
Iqtisodiy faoliyatni bir qancha tarmoqlar va tarmoq ichidagi tarmoqchalarga bo‘lish mumkin. Tadbirkorlik esa 
iqtisodiy faoliyatning bir ko‘rinishi. Tadbirkorlikni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirish mumkin.
Rossiyalik iqtisodchi S.E.Jilinskiyning ta’biriga ko‘ra “Iqtisodiyot – insonlarning shunday faoliyatiki, unda 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
14
insonlarning turli ko‘rinishdagi talablarini qondirish uchun moddiy va ma’naviy boyliklar yaratiladi. 
[5]
T.P.Yemelyanova va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Основы рыночной экономики” o‘quv qo‘llanmada 
“Insonlar hayoti uchun moddiy shart-sharoitlar yaratadigan barcha faoliyat turlari iqtisodiy faoliyatdir”, deya ta’rif 
berilgan. 
[6]
“Tadbirkorlik” tushunchasi XVIII asrda shakllangan bo‘lsada, uning evolyutsiyasi bizning zamonda ham 
davom etmoqda. Ushbu tushuncha qariyb uch asr davomida nazariya va amaliyotda qo‘llanilib kelinayotganiga 
qaramay, uning universal ta’rifi shakllanmagan va ko‘p ma’noligi saqlanib kelmoqda. Buning asosiy sababi tad-
birkorlikning ko‘p qirrali, ko‘p sohali, ko‘p tarmoqli va ko‘p shaklli murakkab faoliyat ekanligidir.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati, belgisi noaniq sharoitda harakat qilish hisobla-
ngan. Chunki bozorda talab va taklif, bozor vaziyati doimo o‘zgarib turadigan sharoitda tadbirkorlik faoliyatining 
foydalilik darajasi aniq bo‘lmaydi va tadbirkorga tavakkal qilib ishlashga to‘g‘ri keladi. Keyingi bosqichda “tad-
birkor” va “sarmoyador” tushunchalari farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning doimiy harakatda bo‘lishi va 
ko‘payib borishini ta’minlaydigan shaxs sifatida namoyon bo‘ldi. Bunday holda tadbirkor jalb qilingan mablag‘lar-
dan ustalik bilan foydalanib biror ishni boshlash va amalga oshirishga o‘z faoliyatini, bilimi va tajribasini qo‘llab 
foyda olish maqsadida mablag‘larni tavakkalli ishlarga sarflaydi.
Tadbirkorlikning tavakkalchilik xarakterini innovatsiyaga doir vazifasi bilan birlashtirish g‘oyasi L.Fon Tyunenga 
tegishli bo‘lib, uningcha, tadbirkorning daromadi tavakkalchilik faoliyatidan keladigan daromaddan va yangilikni 
qo‘llash tufayli iqtisodiy samaraga erishish natijasida olinadigan daromaddan tashkil topadi.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olim H.R.Hamroyev tomonidan tayyorlangan “Tadbirkorlik asoslari” nomli o‘quv 
qo‘llanmada tadbirkorlik to‘g‘risida quyidagi fikrlar keltirilgan: tadbirkorlikning aniq darajasida uni ikki yo‘nalishga 
ajratish mumkin, ya’ni tijoratga asoslangan tadbirkorlik va notijorat asosidagi tadbirkorlik. Tijoratga asoslangan 
tadbirkorlikning asosiy maqsadi moddiy daromad ko‘rish, foyda olish hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt-
larning asosiy qismi tijorat tadbirkorligi subyektlari: korxona, firma, kompaniya, tashkilot, fermer va dehqon 
xo‘jaliklari, agrofirma va boshqa shu kabilardir. Tadbirkorlikning ikkinchi yo‘nalishi bo‘lgan notijorat tadbirkorlikni 
amalga oshirish uchun notijorat tashkiloti tuziladi. Ularga diniy, xayriya, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalari, 
siyosiy partiyalar kiradi 
[7]
.
Bizningcha H. Hamroyev tomonidan tadbirkorlikning ikkinchi yo‘nalishi sifatida notijorat tashkilotlarini ko‘rsa-
tilishi tadbirkorlikning asosiy xususiyati bo‘lgan foyda olishga asoslanganlik xususiyatini bir tomonlama xususi-
yatga aylantirib qo‘yadi. Ushbu tushuncha mamlakatimizda amal qilayotgan notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi 
qonun hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qonunchiliklarga zid tushunchani keltirib chiqaradi. 
O‘zbekistonlik olimlar U.Umurzakov va A.Toshboyevlar tomonidan tayyorlangan “Kichik biznes va tadbirkor-
lik” nomli o‘quv qo‘llanmada tadbirkorlikka shunday ta’rif berilgan: tadbirkorlik – ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish 
maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlarning yoki 
ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. 
[8]
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadbirkorlik sohasida mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda mehnat samaradorligini oshirish, 
mamlakat ichki bozorida sog‘lom va kuchli raqobat muhitini yaratish va shu asosda uning raqobatdoshligini 
oshirish, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda shuning asosida 
aholi daromadlarini ko‘paytirish mexanizmini takomillashtirishga oid nazariy bilimlarning shakllanish bosqichla-
rini tadqiqot qilish jarayonida tizimli tahlil, induksiya-deduksiya, kompleks baholash, guruhlash, mantiqiy va 
taqqoslama tahlil qilish kabi usullardan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasida 2012-yil 2-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘g‘risida” gi qonunning 3-moddasida tadbirkorlik faoliyatiga shunday ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik faoliyati (tad-
birkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavak-
kal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir” 
[9]
.
Ushbu qonunning tadbirkorlik faoliyati subyektlari to‘g‘risidagi 4-moddasida “Tadbirkorlik faoliyati subyekt-
lari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshi-
rayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir”. Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatla-
rida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik subyektlari bo‘lishi mumkin emas deb belgilab qo‘yilgan


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
15
Tadbirkorlikning mohiyati shundan iboratki, birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 
[10]
va 
“O‘zbekiston Respublikasida Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga 
[11]
muvofiq, balog‘at yoshiga yetgan har bir 
fuqaro o‘z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtiyori bilan qonunga zid bo‘lmagan faoliyat 
turi bilan shug‘ullanishi mumkin. Ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish erkin 
tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi bo‘lib, unga mos ravishda tadbirkorlikning uch guruhini alohida ko‘rsatish 
mumkin.
1. Yangi tovar ishlab chiqarish yoki mavjud tovar turiga yangicha ko‘rinish va qo‘shimcha qulayliklar kiritgan 
holda ishlab chiqarish, yangi xizmat turini ko‘rsatishni tashkil etish yoki mavjud xizmat turiga qo‘shimcha 
qulayliklar kiritgan holda mijozlarga taqdim etish (innovatsion faoliyat). 
2. Bozorda mavjud tovarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki boshqalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat 
turini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar.
3. Innovatsion tadbirkorlik evaziga ishlab chiqarilgan tovarlarni yoki bozorda oldindan mavjud tovarlarni 
mamlakatda yoki mamlakat tashqarisida ulgurji yoki chakana usulda sotishni tashkil etuvchi tadbirkorlik.
Maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turi bo‘lib, birinchisida tadbirkor foyda olish, samaraga erishishni 
maqsad qiladi. Bunday tadbirkorlik sifatida tovar yoki innovatsion tovar ishlab chiqarish yoki ushbu tovarlarni 
sotishni tashkil etuvchi tadbirkorlar va xizmat yoki innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni keltirish mumkin. 
Ikkinchisida tadbirkor foydaga erishish bilan birga ijtimoiy samaraga (masalan tabiat muhofazasi, yosh avlod 
tarbiyasi, tibbiyot sohasi) erishishni ham maqsad qilib qo‘yadi. Ikkinchi holatda foyda birinchisidagi kabi yuqori 
bo‘lmasligi mumkin, ammo ushbu faoliyat jamiyat uchun katta ijtimoiy samara keltiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik biznes yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Biznes so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati yoki kishilarning foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Lug‘at-
larda biznesmen so‘zi go‘yoki tadbirkor, ishchan deb yuritilsa, biznes bu faoliyat, foyda keltiruvchi mashg‘ulot 
deb tushuniladi. Tadbirkor va biznesmen kabi tushunchalarda ishlab chiqarish, dallolchilik, savdo, moliyaviy va 
innovatsiya faoliyatlari bilan shug‘ullanuvchi va daromad olish niyatidagi inson ifodalanadi.
Tadbirkor va biznesmen tushunchalari iqtisodiy faoliyat sohalarida ko‘rilayotganda ma’nodosh deb his-
oblanmaydi. Biznes bu – kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik faoliyatidir. Tadbirkorlik faoliyati 
biznesning bir shakli sifatida namoyon bo‘ladi va turli sohalarda amalga oshiriladi. Tadbirkor tomonidan tashkil 
etilgan firma (tashkilot, fermer xo‘jaligi, korxona) kichik biznesning bir qismiga aylanadi.
Tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy o‘ziga xos va iqtisodiy faoliyatdan farqli xususiyati shundaki, tadbirkorlik 
biror bir shaxs yoki biror bir guruh tomonidan va mazkur shaxs yoki guruhning o‘z mulki bilan tavakkalchilik qili-
shi hisobiga amalga oshiriladi. Iqtisodiy faoliyatni esa davlat ham amalga oshiradi.
Demak, tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning boshqa yo‘nalishlaridan shu bilan farqlanadiki, ya’ni bunda 
tadbirkor bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs o‘z mulki va o‘z javobgarligi bilan daromad olish maqsadida qonun 
doirasida amalga oshiradigan biror bir faoliyati tadbirkorlik faoliyati deb e’tirof etiladi va bu faoliyat davlat organ-
lari va ularning mansabdor shaxslari hamda qonun man etgan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin emas.
Ammo shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tadbirkor yoki tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi-
ning fuqarolik kodeksiga alohida modda kiritilmagan. Rossiya davlat fuqarolik kodeksida esa bunday modda 
mavjud ekanligining guvohi bo‘ldik.
Tadbirkorlikni amalga oshirishdan asosiy maqsad foyda olishdir. Tadbirkorlik faoliyati davomida iqtisodiyot-
ning mikrodarajasida ishlab chiqarish faktorlarining birlashuvi yuz beradi va shu asosda tadbirkorlik foydasi hosil 
bo‘ladi. Tadbirkor ushbu jarayonning tezlik bilan takrorlanishini istaydi va avans sifatida yo‘naltirilgan kapitalning 
qaytishi va eng muhimi foyda bilan qaytishi uni yana qayta-qayta yangi tovarlar ishlab chiqarish uchun yo‘nalti-
rishga va yanada ko‘proq foyda olishga undaydi.
Tadbirkorlik foydasining yuzaga kelishi va uning hajmi umumiy tushumdan tashqi xarajatlar va ichki xara-
jatlarni ayirib tashlaganda ko‘rinadi va ushbu foydaning hosil bo‘lishi hamda uning hajmi bir qancha faktorlarga 
bog‘liq. Bunday faktorlar sifatida tadbirkor tomonidan ishni to‘g‘ri tashkil qilinishi, hamkorlarning to‘g‘ri tanlanishi, 
bozorning holati, talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarga bo‘lgan bahoning shakllanishi, raqobatning holati 
va boshqa shu kabi bir qancha faktorlarni sanab o‘tish mumkin. 
Tadbirkor tomonidan doimiy ravishda foyda olishga erishish uchun ushbu faoliyatni doimiy ravishda o‘rga-
nish, tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini olib borish zarur.
Tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tadbirkor tomonidan o‘z faoliyatini o‘zining mulki 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
16
va o‘z tavakkalchiligiga asosan amalga oshirishidadir. Ya’ni tadbirkor o‘zi rejalashtirgan faoliyatni amalga oshi-
rar ekan, o‘z mulki va mablag‘iga nisbatan katta tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadi. Bu tavakkalchilik ostida tadbir-
kor mulkining yo‘qotilishi va boshqa moliyaviy zararlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar yotadi. Bu 
xavf-xatarlarning yuz berishi tadbirkorni katta hajmdagi moliyaviy yo‘qotishlarga va oxir-oqibatda bankrotlik 
holatiga olib kelishi ham mumkin.
Shunday qilib, har qanday tadbirkorlik yo‘nalishida, ya’ni u ishlab chiqarish bo‘ladimi, ish bajarish, xizmat 
ko‘rsatish, savdo, moliyaviy xizmatlar, ijtimoiy-iqtisodiy yoki ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish bo‘ladimi 
xavf-xatar mavjud va u kutilmagan holatda yuz berishi natijasida tadbirkorning hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga 
zarar yetishi yoki kutilgan foydani ololmasligi mumkin. 
Bunday holatlarning oldini olish, ular yuz berganda esa ko‘rilgan zararni qoplashning birdan-bir yo‘li sug‘urta 
xizmatlaridan samarali foydalanishdir.
Tavakkal qilish bu – biror ishning natijasi aniq bo‘lmagan vaziyatda ehtimol, taxmin qilib uni amalga oshirish-
dir. Tadbirkorlikda tavakkalchilik faoliyatga safarbar qilingan resurslar va mo‘ljallangan daromadni qisman yoki 
to‘liq yo‘qotish xavfidir. Xavf – bu ko‘ngilsiz voqea yoki falokatning yuz berish ehtimolidir. Tavakkallik darajasi 
ehtimol qilinayotgan xavf darajasiga bog‘liq. Tavakkalchilik uch elementni o‘z ichiga oladi:

istalgan natijaga erishish ehtimoli;

ko‘ngilsiz natijaning (omadsizlikning) ro‘y berish ehtimoli;

tanlangan (mo‘ljallangan) maqsaddan chetlanish ehtimoli.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, tavakkal (risk) uni aniqlash yoki aniqlamaslik, hisobga olish yoki olmaslikdan 
qat’iy nazar mavjud bo‘ladi. Tavakkalni aniqlash va hisobga olish maqsadida olib borilgan harakatlar tavak-
kalni ma’lum darajada kamaytirish imkonini berishi mumkin. Tavakkallik darajasini aniqlashning bir necha usul-
lari mavjud. Bunday usullar sifatida tavakkalni aniqlashning analitik usuli, iqtisodiy usuli va statistik usullarini 
ko‘rsatish mumkin. Bizning nazarimizda ushbu usullar ichida statistik usul ko‘proq ishonchli va shu tufayli amali-
yotda keng qo‘llanilayotgan usul hisoblanadi.
Tadbirkorlik va biznesda tavakkalchilik biror ish bilan shug‘ullanganda omadsizlikka uchrash ehtimolidir. 
Bunday omadsizlikka turli xil xavf-xatarlar sabab bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlar mavjud va yangi paydo bo‘ladigan 
xavf-xatarlarni yaxshi bilishlari va ularning oldini olish yoki salbiy oqibatlarini pasaytirish choralarini ko‘rib qo‘yish-
lari lozim. Bunday choralardan eng maqbuli, yuz berishi mumkin bo‘lgan xatarlarni sug‘urtalashdir. Sug‘urtalashi 
mumkin bo‘lgan bunday xatarlar sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: tabiiy hodisalarning yuz berishi 
natijasida yuzaga keladigan xatarlar, ya’ni zilzila, sunami, qattiq shamol, qurg‘oqchilik, garmsel, qattiq sovuq, 
do‘l, sel kelishi, yer cho‘kishi va hokazolar. Stixiyali hodisalar natijasida yuz beradigan xatarlar, ya’ni yong‘in, 
transport halokatlari, yuklarni tashishda yo‘qotishlar va buzilishlar, korxona xodimlarining e’tiborsizligi natijasida 
yuzaga keladigan xatarlar, o‘g‘rilik, talonchilik, loyihadagi xatoliklar, siyosiy xatarlar, korxonadagi muhim shaxs-
ning kasallanishi yoki vafot etishi, baxtsiz hodisalar, tijorat xatarlari, bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi, ishchilar 
noroziligi, hamkorlar tomonidan shartnoma shartlarining bajarilmasligi, ko‘zlangan foydani ololmaslik, menejer-
lar xatolari, narx-navoning oshib ketishi yoki pasayishi, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va hokazolar.
Tadbirkorlik sohasi bugungi kunda O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib 
bormoqda, iqtisodiyotda tobora muhim o‘rin tutib, uning yetakchi kuchiga aylanib bormoqda. Ammo shunday 
bo‘lsada, tadbirkorlikning imkoniyatlari yanada yuqori. Bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun tadbirkorlik 
iqtisodiy asoslangan, ishlab chiqarish munosabatlari tizimiga to‘liq kirgan bo‘lishi, moddiy va moliyaviy mab-
lag‘lardan yuqori darajada samarali foydalanadigan, buning uchun ishlab chiqarishning eng ilg‘or texnologiyala-
ridan va innovatsiyalardan keng foydalanadigan bo‘lishi zarur.
Tadbirkorlik sohasining rivojlanishi ijtimoiy soha bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi zarur. Tadbirkorlik sohasining 
rivojlanishi insonlar turmush farovonligining oshishiga olib kelishi va ushbu sohada topilgan daromadlar alohida 
guruhlarning daromadiga aylanib qolmasligi kerak. Bu borada ushbu sohani tartibga solishda davlatning roli 
muhim hisoblanadi.
Tadbirkorlik sohasining risoladagidek rivojlanishi uchun mazkur soha bilan siyosiy soha o‘rtasida uzviy 
munosabat yo‘lga qo‘yilishi zarur. Ya’ni davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishda tadbirkorlik 
sohasiga tayanishi va o‘z o‘rnida tadbirkorlar davlatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatida davlat bilan ham-
korlikda ish yuritishi zarur. Shunday holatdagina tadbirkor uchun shart-sharoitlar yaratiladi. 
Tadbirkorlik faoliyati bir qancha tamoyillar asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ushbu tamoyillar 
umumiy tusga ega bo‘lib, har bir mamlakatda ularning ro‘yobga chiqarilishi turli darajada bo‘lishi mumkin. Mam-
lakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va demokratiya asoslari qanchalik yuqori bo‘lsa, tadbirkorlik tamoyillari 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
17
ham shunchalik to‘liq ro‘yobga chiqariladi. Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish 
mumkin: erkinlik, mustaqillik, teng huquqlilik, ixtiyoriylik, moddiy javobgarlik va qonuniylik. Mamlakatda mazkur 
tamoyillar qanchalik darajada to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, tadbirkorlik shunchalik darajada yaxshi rivojlanishi 
mumkin.
Shuni ham aytib o‘tish kerak, ayrim tadbirkorlar yuqorida aytilgan umumiy tamoyillardan tashqari, o‘zlari 
uchun muhim hisoblangan alohida tamoyillarni ham shakllantirib, ularga ham rioya etib keladilar. Masalan ameri-
kalik supermarket qiroli Sem Uolton o‘zining quyidagi tamoyillariga amal qilgan:

barqaror daromad yuqori daromaddan yaxshiroq;

firmani kengaytirish uni boshqa firmalar bilan qo‘shishdan yaxshiroq;

axborot bebahodir;

hamma narsada yoppasiga tejamkorlik;

ishlab chiqarish korxona ostonasida emas, balki savdo peshtaxtasida tugaydi.
Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida tadbirkorlar uchun bir qator ko‘rsatmalar, masla-
hatlar ishlab chiqilgan. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz.

Tijoratga asoslangan g‘oyani topish.

Raqobatdan qo‘rqmaslik.

Sifatga e’tibor berish.

Biznes reja asosida ishni tashkil qilish.

Narxni pasaytirishdan qo‘rqmay, uni ko‘tarishdan qo‘rqish.

Mahsulotni reklama qilish.

Kredit olish mumkin bo‘lsa, uni olishdan qo‘rqmaslik.

Odamlarga xayrixohlik bilan muomala qilish.

Faqat birgina ish bilan shug‘ullanib qolmaslik.

Asosiy kapital tadbirkorning o‘zi hisoblanadi.
Tadbirkorlik sohasi yangiliklarga intiluvchan, resurslarni tejash va samarali foydalanish imkoniyatini beruv-
chi usullarni qidirib topishga harakat qiluvchi, tavakkalchilikka asoslangan soha hisoblanadi.
Mazkur ishda tadbirkorlik sohasi borasida kengroq mushohada qilishimizning sabablaridan biri ushbu 
sohaning barqarorligini ta’minlashda muhim unsur hisoblangan sug‘urta sohasining o‘zi ham aslida tadbirkorlik 
faoliyatining bir ko‘rinishi ekanligidir. 
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari bilan bog‘liq risklar turli ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati 
davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va boshqa kutilmagan hodisalardan ko‘riladigan zararlarni o‘z ichiga 
oladi. Turli sabablar (xom-ash’yoning yetishmay qolishi, elektr, gaz va yoqilg‘i-moylash materiallarining yetish-
may qolishi, ish joyida yong‘in chiqishi va hokazolar) oqibatida yuz beradigan ishlab chiqarishdagi uzilishlar 
natijasida ko‘riladigan zararlar, bankrotlik holatlari, tayyor mahsulotning sotilmay qolishi yoki sotilgan mahsulot 
uchun to‘lovning amalga oshmay qolishi kabi holatlar ham tadbirkorlik tavakkalchiliklari bilan bog‘liq risklardir.
Tadbirkorlik faoliyatidagi ishlab chiqarish hajmining kamayishiga sabab bo‘luvchi bir qancha xatarlar, masa-
lan, xom-ash’yoni yetkazib berishning to‘xtab qolishi, ishchi kuchining yetishmay qolishi, elektr energiyasi va 
boshqa energiya vositalarini yetkazib berishning to‘xtab qolishi va boshqa holatlar ishlab chiqarishdagi uzilish-
larga sabab bo‘lishi va natijada ko‘zlangan foydaga erisha olmaslik holatlari yuz berishi mumkin.
Tijorat faoliyatida tovar uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xatarlar yuz berishi mumkin, ya’ni yetkazib berilgan 
tovar uchun xaridorning to‘lovga qobiliyatsizligi yuz berishi va natijada to‘lovni amalga oshira olmasligi mumkin. 
Ma’lum mamlakat miqyosidagi siyosiy holatlar natijasida sotuvchi yoki xaridorga mahsulotni sota olmaslik yoki 
sotib ololmaslik holatlari yuz berishi mumkin.
Hozirgi zamon sharoitida tijorat risklari keskin ortib bormoqda, chunki ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan 
subyektlar soni oshib ketdi va o‘z o‘rnida mazkur sohaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ham ortib bormoqda. 
Ushbu faoliyatda mavjud tavakkalchiliklarning yuz berishi natijasida ko‘riladigan zararlar ushbu sohaga yo‘naltirilgan 
mablag‘lar hajmi bilan belgilanishi hamda shu bilan birga olinadigan foyda ham hisobga olinishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik xatarlari ko‘p hollarda tabiiy hodisalar natijasida yuz berishi mumkin, ya’ni 
turli tabiiy hodisalar tufayli hosildorlikning kamayishi yoki umuman bo‘lmay qolishi, sifatsiz mahsulot yetishishi va 
hokazolar natijasida qilingan xarajatni chiqara olmaslik yoki kutilgan foydani ololmaslik mumkin. Bundan tash-
qari ishlab chiqarish va mahsulot sotish bilan bog‘liq boshqa xatarlar ham yuz berishi mumkin.
Tashqi faoliyat bilan bog‘liq xatarlar ko‘p hollarda siyosiy xatarlar, mahsulotni tashish bilan bog‘liq xatarlar, 
to‘lovga qobiliyatsizlik va boshqa xatarlar bo‘lishi mumkin.


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
18
Kredit risklari bilan bog‘liq xatarlar xaridorga beriladigan tijorat kreditlari, sotuvchi yoki xaridorga beriladigan 
bank ssudasi, kredit bo‘yicha majburiyat yoki kafillik, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqalar hisoblanadi. 
Ushbu risklarning yuz berishi natijasida sotuvchi yoki sotib oluvchining to‘lovga qobiliyatsizlik holatlari yuzaga 
kelishi mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi foyda olish. Shuning uchun ushbu foydani ololmaslik riski muhim hisobla-
nadi. Foydani ololmaslikning sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1) stixiyali hodisalar tufayli ishlab chiqarish jarayonining buzilishi natijasida rejadagi foydani ololmaslik yoki 
umuman zarar bilan chiqish;
2) bozor konyunkturasining o‘zgarishi natijasida tovarning sotilmay qolishi.
Yangi texnikani ishlab chiqarishga joriy etishda texnik va texnologik risklar ham yuzaga kelishi mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarida risk darajasi ortib bormoqda. Respub-
likamizdagi 40 dan ortiq shaharlar suv toshqini yuz berganda suv ostida qolish xavfi bor. Mamlakatning 
barcha hududlari 7 balldan ortiq zilzila bo‘lish xavfi ostida. Shaharlarda 50 ga yaqin yirik kimyoviy, 
yong‘inga xavfli, portlovchi obyektlar mavjud. Kimyo sanoati korxonalari, neft ximiyasi va neftni qayta 
ishlash korxonalarning asosiy qismi yirik shaharlarda yoki ularning yaqinida joylashgan. Ushbu xavflarn-
ing yuz berishi har qanday tadbirkorlik subyektining faoliyatiga katta hajmdagi zarar keltirishi mumkin.
2020-yil aprel oyida mamlakatimizning Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol ko‘p sondagi 
aholi uylari, ularning transport vositalari hamda hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazdi, shu bilan birga 
bunday zararlar tadbirkorlik subyektlarini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Aprel oyining oxiri va may oyining 
boshida Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi suv omborining ochilib ketishi mingdan ortiq aholi 
uy-joylariga, transport vositalariga, qishloq xo‘jalik ekinlariga va chorva mollariga va shunday zararlar 
tadbirkorlik subyektlariga ham yetkazilganligi yuqorida keltirilgan xavflar shunchaki gap emasligini asos-
laydi. 
Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun tadbirkorlarga budjetdan tashqari fond-
lar va tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hamda chet el kredit liniyalari va xalqaro moliya tashkilotlari-
ning grantlari ajratilmoqda. Albatta ajratilayotgan bu mablag‘larning qaytmaslik riski ham mavjud.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq risklar turli-tuman bo‘lib, ularning 
yuz berish ehtimolligi va keltirishi mumkin bo‘lgan zarar hajmi ham turlicha, shu tufayli ularning xususiyatlarini 
o‘rganish, tahlil qilish, tasniflash va shu asosda qaror qabul qilish zarur. 
Kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish masalasi ham murakkab va turli risklar bilan bog‘liq 
bo‘lib, shu tufayli bu boradagi ilg‘or chet mamlakatlarning tajribalarini o‘rganish zarur deb hisoblaymiz. Ilg‘or chet 
mamlakatlarda kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Imtiyozli kreditlash dasturlari. Bunday dasturlar turli banklar tomonidan amalga oshirilishi mumkin (davlat, 
maxsus, tijorat banklari). Bunday dasturlar foiz stavkalarini subsidiyalash, qayta moliyalashning imtiyozli stavka-
larini qo‘llash orqali mablag‘ ajratish, ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyatlarni kapitallashtirishni oxiriga yetkazish maq-
sadida amalga oshiriladigan davlat dasturlari, kredit risklarini sug‘urtalash kabi usullarda amalga oshiriladi.
Ba’zi mamlakatlarda bozor prinsiplarini saqlagan holda, kichik va o‘rta biznes korxonalariga banklar tomoni-
dan ajratiladigan kreditlarning foiz stavkalariga kompensatsiyalar ajratish yo‘li bilan mazkur korxonalar davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinadi (Xitoy, Koreya va boshqa mamlakatlar). Singapurda kichik va o‘rta biznes 
korxonalariga ularning ishchi va xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish uchun beriladigan kreditlarga davlat 
tomonidan subsidiyalar ajratiladi.
Germaniyada imtiyozli dasturlarni “KFWMittelstandsbank” davlat banki orqali amalga oshiradi va bunda 
tijorat risklarining yarmini davlat o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, “KFWMittelstandsbank” kichik biznesga 
yo‘naltiriladigan investitsiyalarni moliyalashtirishda kreditning qaytmaslik riskining 80 foizini o‘z zimmasiga oladi, 
qolgan 20 foizini xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘z zimmasiga oladi. Alohida hududlarda ishlab chiqarish sohasida 
yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish yoki mavjudlarini saqlab turish uchun alohida dasturlar ishlab chiqiladi va sub-
sidiyalanadi (yangi ish o‘rni yaratish uchun ko‘pi bilan 200 ming yevro va mavjud ish o‘rnini saqlab turish uchun 
70 ming yevro subsidiyalanadi). Ishsizlar soni ko‘p bo‘lgan hududlarda tadbirkorlar korxona tashkil qilish uchun 
iqtisodiyot vazirligidan gender prinsipi bo‘yicha 10 mingdan 20 ming yevrogacha yer subsidiyasi olishi mumkin. 
Subsidiya olish uchun davlat tomonidan qo‘yilgan talab yangi ish o‘rinlarini yaratish va 25 ming yevrodan kam 
bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritishdan iborat.
Yaponiyada kichik biznes Moliyaviy korporatsiyasi, Milliy moliyaviy korporatsiya, “Soko-Chukin” banki yangi 
turdagi mahsulotlar va texnologiyalar ishlab chiqish, alohida hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ushbu 


M U H A N D I S L I K VA I Q T I S O D I Y O T
2023-yil, iyul.
 1-son.
19
hududlarda kichik va mikro korxonalar tashkil etish, kichik biznes korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish va texnik 
kooperatsiyani tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar ajratadi.
Kichik biznesning alohida yo‘nalishlarini rivojlantirishni moliyalashtirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil 
etish. Rossiyada kichik va o‘rta korxonalar davlat korporatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu korporatsiya davlat 
budjetidan maxsus MSP-bank orqali 6 foizli fond olishi va uni 10,5 foizdan ortiq bo‘lmagan foiz bilan kichik 
biznes korxonalariga berishi mumkin. Ispaniyada rasmiy kreditlash instituti tashkil etilgan. Fransiyada OSEO 
davlat tashkiloti tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tashkilotning asosiy funksiyasi innovatsiyalarni moliyalashtirish, tex-
nologiyalar transferti va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, kafolatlash kabilardan iborat. Hamkor banklar bilan 
birgalikda moliyalashtirish amalga oshiriladi hamda hamkor banklar kreditlariga kafolatlar taqdim etiladi (kafo-
lat kreditning 40 foizini qoplaydi, startaplar uchun ushbu kafolat 70 foizgacha oshirilishi mumkin). Yaponiyada 
kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash kichik va o‘rta biznesni sug‘urtalash davlat korporatsiyasi tomonidan 
amalga oshirilib (buning o‘xshashi Xitoy va AQSHda amal qiluvchi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va rivojlan-
tirish davlat fondi), ushbu korporatsiya ilmiy va yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarni kreditlaydi, 
kreditlar kafillarning kafolatlari va boshqa kafolatlar asosida beriladi, informatsion va ta’lim bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatiladi. Bundan tashqari Yaponiyada Milliy moliyaviy korporatsiya kichik biznesni kreditlovchi yirik tashkilot 
hisoblanadi. Xitoyda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish davlat fondi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu fond davlat 
budjetidan moliyalashtiriladi.
Tijorat kreditlari bo‘yicha kafolatlarni taqdim etish tizimini tashkil etish (maxsus kafolat fondlarini tashkil etish 
yoki kichik biznesni kreditlash bozoriga boshqa tijorat banklarini jalb etish uchun kafolatlarni taqdim etish orqali 
maxsus banklar faoliyatini kengaytirish). Masalan, Rossiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashni 
rivojlantirishda so‘nggi yillarda MSP korporatsiyasining kafolat dasturlari muhim rol o‘ynamoqda. 2015-yilning 
oxirida Rossiya hududlarida 58 ta hududiy kafolat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatdi. Maxsus MSP-bank 2013-yildan 
boshlab investitsion maqsadlarda ajratilgan kreditlarga kafolatlar taqdim etib kelmoqda. Yaponiyada kreditlarni 
kafolatlash Assotsiatsiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Xitoyda ham kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash 
va rivojlantirish bo‘yicha davlat fondlari amal qilayotgan bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi kichik biznesga kafo-
latlar taqdim etishdan iborat. AQSHda kichik biznes federal ma’muriyati tomonidan tijorat banklari ajratadigan 
kreditlarni kafolatlash amalga oshiriladi. Bu tadbir kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasidagi keng tarqalgan 
tadbir bo‘lib, ushbu kafolatlar ajratilayotgan kreditlarning 90 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil etadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda turli davlat das-
turlarining ishlab chiqilishi va amalga kiritilishi muhim rol o‘ynamoqda. Bunday dastur sifatida Yevropa ittifoqi 
tomonidan ishlab chiqilgan COSME dasturini aytib o‘tish mumkin. Ushbu dasturning qiymati 2,3 mlrd. yevro 
miqdorida bo‘lib, uning amal qilish davri 2014–2020-yillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturning maqsadi kichik va 
o‘rta korxo nalarga ularni tashkil etish, kengaytirish va transformatsiya jarayonlarini o‘tkazishda moliyalashtirish 
bo‘yicha qulayliklar yaratishdan iborat. Ushbu dastur asosida korxonalar kafolatga, kreditga va boshlang‘ich 
kapitalga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, COSME Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlari va undan tashqari 
hududlarga chiqishda korxonalarga imkoniyatlar yaratib beradi. Mazkur dastur yevropa korxonalarining hamkor-
lik munosabatlarini rivojlantirish hamda ishchi va texnologik hamkorlarni qidirib topishda yordam beradi.
Bundan tashqari ushbu dastur tadbirkorlarga tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda 
ko‘maklashadi. Tadbirkorlarning alohida guruhlarini (yoshlar, ayollar va qariyalar) qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 
ham ishlar olib boradi. Bundan tashqari dastur orqali tadbirkorlar zamonaviy raqamli texnologiyalarga ega 
bo‘lishda ham ko‘makka ega bo‘ladilar. Biznes uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ushbu dastur ma’muriy 
va tartibga solish bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish borasida ham ishlar olib boradi. Yangi biznes-modellarga va 
innovatsion amaliyotlarga o‘tish borasida ishlar olib boradi.

Download 5.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoy-iqtisodiy, innovatsion texnologik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal

Download 5.93 Mb.
Pdf ko'rish