• “ Ilmga baxshida hayot ”
  • “Ilmga baxshida hayot”




    Download 465,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana23.01.2024
    Hajmi465,04 Kb.
    #143943
    1   2   3
    Bog'liq
    1.2023.15.may ILMGA BAXSHIDA HAYOT nomli xalqaro konferensiya

    Kalit so‘zlar: Adaptatsiya, korreksiya, kompensatsiya, reabilitasiya, dizartriya, 
    prognatiya, progeniya, rinolaliya 
     
    Abstract. In the article, correctional work in children with rhinola affects the entire 
    system of voice and speech formation, pathophysiological study of children with cleft palate 
    reveals the specific features of breathing, phonation and articulation in them, expands our 
    perception of the structure of speech, and contributes to the development of logopedic work. 
    choosing methods aimed at several goals; The system of logopedic action to eliminate dysarthria 
    is carried out comprehensively, that is, massage of the articulatory apparatus and gymnastic 
    exercises, work on the voice and breath, general treatment, therapeutic physical education, 
    physiotherapy and drug treatment. illuminated. 
    Key words: Adaptation, correction, compensation, rehabilitation, dysarthria, 
    prognathia, progeny, rhinolalia 
    Аннотация. В статье коррекционная работа у детей с ринолой затрагивает всю 
    систему голосоречевого образования, патофизиологическое исследование детей с 
    расщелиной неба выявляет у них особенности дыхания, фонации и артикуляции, 
    расширяет наши представления о структуре речи, способствует развитию логопедической 
    работы, выбирая методы, направленные на достижение нескольких целей; Система 
    логопедического воздействия на устранение дизартрии проводится комплексно, то есть 
    массаж артикуляционного аппарата и гимнастические упражнения, работа над голосом и 
    дыханием, 
    общелечебное 
    лечение, 
    лечебная 
    физкультура, 
    физиотерапия 
    и 
    медикаментозное лечение. 
    Ключевые слова: Адаптация, коррекция, компенсация, реабилитация, дизартрия, 
    прогнатия, прогения, ринолалия. 
    Rinolaliyada 
    ovozning 
    patologik 
    manqalanishini 
    bartaf 
    etishda 
    qo’llanilayotgan usullarning xilma-xilligiga qaramay, katta qiyinchilik tug‘diradi. 
    Bu qiyinchilik birinchi navbatda nuqsonning og‘irligi va har doim ham yetarli 
    darajadagi anotomik va funksional samaradorlikni bermaydigan jarrohlik 
    aralashuvi xarakteri bilan belgilanadi.
    Ovoz tembrini tiklash tanglayning tug‘ma yoriqliklarda ovoz hosil bo‘lish 
    mexanizmini aziyat chekishi bilan murakkablashadi, qaysiki yumshoq tanglayning 
    inervatsiyasi ovoz burmalarining faoliyatiga ta’sir qiladi.
    Korreksion ish ovoz va nutq hosil bo‘lishining butun tizimga ta’sir qilishini 
    talab qiladi. Tanglay yoriqliklariga ega bolalarni patofiziologik o‘rganish ularda 
    nafas olish, fonatsiya va artikulyasiyadagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlab, nutq 
    strukturasi haqidagi tasavvurimizni kengaytirib, logopedik ishning bir muncha 


    Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor To’raqulov Xolbo’ta
    Abilovich xotirasiga bag’ishlangan “Ilmga baxshida hayot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 
    materiallari to’plami.  
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 15.05.2023 
    412
    maqsadga qaratilgan metodlarini tanlash imkoniyatini berdi. O‘z vaqtida 
    o‘tkazilgan profilaktik va kompleks korreksion tadbirlar alohida ahamiyat kasb 
    etadi. Chunki faqat ulargina nuqsonning rivojlanishini susaytirib, tanglayni tug‘ma 
    nuqsonlariga ega shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish imkoniyatlarini yarata 
    olishlari mumkin.
    Mashqlarni o‘z vaqtida olib borish, vaqtida e’tibor berilgan bemorlarda 
    kamchiliklar bartaraf etilishi oson kechadi. Ular bilan logoritmik ish quyidagi 
    tartibda korreksion-logoritmik ishlar olib boriladi:
    - yuz mimik xarakatlarini rivojlantiruvchi mashklar – «Biz limon 
    yeyapmiz», «Murabbo yeymiz» kabi;
    - umumiy harakatlarni rivojlantiruvchi (motorika) mashqlari, umumiy 
    motorikani rivojlantirish uchun turli xil harakatli o‘yinlar olinadi;
    - nutq harakatlarini rivojlantiruvchi (motorika) turli artikulyatsion mashqlari, 
    tanglay harakatchanligini oshiruvchi mashqlardan yo‘tal harakati, yutish, 
    kuylovchi o‘yinlarni olish mumkin;
    Foydalanilayotgan qo‘shiq unli tovushlardan iborat bo‘lishi kerak, masalan – 
    poyezd qichqirmoqda – u-u-u; o‘rmonda adashib qoldik au-au-au; chaqaloq 
    yig‘layapti – ua- ua-ua;
    Rinolalik bolalarda logoritmik mashg‘ulot sho‘x musiqa ostida olib borilsa 
    maqsadga muvofiqdir. Bolalar yurish mashqini bajarayotganda holati quyidagicha 
    bo‘lishi kerak: boshi baland ko‘tarilgan, yelkalar tikka, qadam tashlaganda oyoq va 
    qo‘l harakatlari bir – biriga mutanosib holda. 
    Yurish mashqini turli ko‘rinishlaridan foydalanish kerak (guruh bo‘lib, bir 
    qator, ketma-ket). Artikulyasion mashqlar xuddi dislaliyadagi kabi bajartiriladi. 
    Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish dizartriyaning barcha 
    shakllarida nutq buzilishi, umumiy va nutqiy matorika buzilishlarining 
    mexanizmlarini bilish hamda bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda 
    amalga oshiriladi. Nutqgacha bo‘lgan davrda olib boriladigan korreksion-
    pedagogik ishlarning asosiy maqsadi bola nutqining va shaxsini o‘z vaqtida 
    shakllantirishni ta’minlovchi rivojlantirishdan iborat.
    Korreksion-pedagogik ish maxsus jihozlangan xonada har kuni induvidual 
    ravishda olib borilishi lozim. Mashg‘ulot vaqtida har bir bolaning individual 
    xususiyatini hisobga olgan holda gavdaning holati kerakli holat bo‘yicha 
    joylashtiriladi. Bu holat albatta bola uchun qulay shu bilan birga patologik tonik 
    refleksni minimal ravishda yuzaga chiqishni ta’minlashi ham zarur.
    Korreksion-pedagogik ishlarning asosiy yo‘nalishi bo‘lib quyidagilar 
    hisoblanadi: 


    Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor To’raqulov Xolbo’ta
    Abilovich xotirasiga bag’ishlangan “Ilmga baxshida hayot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 
    materiallari to’plami.  
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 15.05.2023 
    413
    a) differensiyalashgan logomassaj uqalash;
    b) artikulyatsion mashqlar orqali artikulyatsion organlarning funksiyasini 
    normal holatga keltirish; 
    d) ko‘rib va eshitib qabul qilishni rivojlantirish;
    e) emotsional ta’sirlarni rivojlantirish;
    f) qo‘l harakatlari va buyumlar bilan ishlash faoliyatini rivojlantirish;
    g) nutqni tushunishni rivojlantiruvchi tayyorlov davrini shakllantirish;
    h) faol nutqni shakllantiruvchi tayyorlov davrini rivojlantirish.
    Bu yo‘nalishlar bolaning yoshiga va uning individual rivojlanishi holatiga 
    bog‘lik holda o‘zgartirilishi mumkin. Korreksion-pedagogik ishlarning olib 
    borilishi nutqgacha bo‘lgan davrning rivojlanishining 4 darajasi bosqichlari 
    bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Nutqgacha bo‘lgan davr rivojlanishining birinchi darajasida olib boriladigin 
    korreksion-pedagogok ishlarning asosiy vazifasi - bu ovozli reaksiyalarning 
    stimulyatsiyasidir. Olib boriladigan ishlarning asosiy yo‘nalishi quyidagilardan 
    iborat:
    -artikulyatsion apparat muskullari va tonusini normal darajaga keltirish;
    -nafas chiqarishni vokalizasiyasi;
    -ovozli komponentlar bilan birgalikla «jonlanish majmui»ni rivojlantirish;
    -ovozli reaksiyalarni stimulyatsiyasi;
    -ko‘rish fiksatsiyasi va kuzatishni rivojlantirish;
    -quloq solib eshitishni rivojlantirish;
    -qo‘l va barmoqlar harakatini normal darajaga keltirish, chunki bu ko‘ruv-
    motor koordinatsiyasini shakllantirishga yordam beradi.
    Mashg‘ulotlar bolalar bilan individual holda ovqatlantirishdan oldin va 
    keyin olib boriladi. Mashg‘ulot 10-12 minutgacha davom etishi mumkin. Har bir 
    mashg‘ulot onalar ishtirokida o‘tkazilishi lozim. Chunki ona korreksion-
    pedagogok ish usullarini ko‘rishi, o‘rganishi va mustahkamlash maqsadida o‘zi 
    o‘tkazishi kerak.
    Nutqgacha bo‘lgan davrning ikkinchi darajasida olib boriladigan korreksion 
    pedagogik ishlarning asosiy vazifasi bu gugulashni kuchaytirishdan iborat. 
    Korreksion-pedagogik ishning asosiy yo‘nalishlari:
    -artikulyasion apparat muskullar tonusi va harakatini norma darajasiga 
    keltirish;
    -nafas chiqarish hajmini va kuchini kengaytirish;
    -kuzatish ko‘nikmasini turg’unligini rivojlantirish;


    Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor To’raqulov Xolbo’ta
    Abilovich xotirasiga bag’ishlangan “Ilmga baxshida hayot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 
    materiallari to’plami.  
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 15.05.2023 
    414
    -atrofdan kelayotgan ovozni qaysi tomondan kelayotganini topish 
    ko‘nikmalarini shakllantirish;
    -buyumlarni ushlab turish vazifasini rivojlantirish.
    Olib borilayotgan mashg‘ulotlar individual tarzda bo‘lib, 10-15 minutdan 
    cho‘zilmasligi zarur. Mashg‘ulotlar maxsus jihozlangan, yorug‘ va iliq xonalarda 
    olib boriladi. Mashg‘ulotlar bolaning uyqu va ovqatlantirishdan oldingi va keyingi 
    soatlari ajratiladi. Mashqlar logoped rejasi asosida kun davomida onalar yoki tibbiy 
    hodimlar tomonidan davom ettiriladi.
    Nutqgacha bo‘lgan davrning rivojlanishidagi uchinchi darajasida olib 
    boriladigan korreksion-pedagogik ishlarning asosiy vazifasi intonasiyalashgan 
    ovozli muloqot va guldirashni kuchaytirish.
    Korreksion-pedogogik ishlarning asosiy yo‘nalishlari:
    -artikulyatsion apparat muskullar tonusining va motorikasini normal 
    darajaga keltirish;
    -bola harakatlari va nafasning bir me’yorda bo‘lishini ta’minlash;
    -guldirashni kuchaytirish;
    -mashg‘ulotlarga ijobiy emotsional munosabatlarni shakllantirish;
    -ko‘ruv differensiyasini shakllantirish;
    -barmoqlar orqali paypaslash asosida kinestetik sezishni kuchaytirish va 
    rivojlantirish;
    -tovush va ovozga bo‘lgan akustik dasturlashni ishlab chiqish;
    -eshitish differensiyasini shakllantirish;
    -nutqni tushunishning tayyorlov davrini shakllantirish.
    Logopedik mashg‘ulotlar individual ravishda har kuni olib boriladi. 
    Mashg‘ulotlar 20 minutdan oshmasligi lozim. Logopedik mashg‘ulotlar maxsus 
    mebellar va kerakli o‘yinchoqlar bilan jihozlangan xonalarda o‘tkaziladi. 
    Nutqgacha bo‘lgan davrning to’rtinchi darajasida olib boriladigan 
    korreksion-pedagogik ishlarning asosiy maqsadi bu - intonatsion tovushlar, 
    guldirashli so‘zlar orqali kattalar bilan muloqotga kirishishni rivojlantirishdir. 
    Korreksion-pedagogik ishlarning asosiy maqsadi va yo‘nalishlari:
    -artikulyatsion apparat muskullar tonusi va motorikasini normallashtirish;
    -nafas chiqarishning davomiyligi va kuchini kuchaytirish;
    -qo‘l harakati va differensiallashgan qo‘l barmoqlar harakatini rivojlantirish;
    -aniq vaziyatlarda nutqiy instruksiyalarni tushunishni shakllantirish. 
    Mashg‘ulotlar logopedik xonada o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarda bolaga qulay 
    holat tanlanadi. Mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bolada mashg‘ulotga 
    va logopedga ijobiy munosabatni uyg‘otish muhim faktorlardan biri hisoblanadi. 


    Pedagogik ta’lim xalqaro fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor To’raqulov Xolbo’ta
    Abilovich xotirasiga bag’ishlangan “Ilmga baxshida hayot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 
    materiallari to’plami.  
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 15.05.2023 
    415
    Bolaning faolligini rivojlantirish uchun uning yoshiga mos o‘yinchoq tanlanishi 
    lozim. Bu darajaga kiruvchi bolalar ularga qaratilgan nutqni tushunganliklari 
    uchun, bola o‘zi mustaqil berilgan topshiriqni bajarilishiga e’tibor berishi kerak. 
    Dizartriyani bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan logopedik ta’sir tizimi 
    kompleks ravishda amalga oshiriladi, ya’ni artikulyatsion apparat massaji va 
    gimnastik mashqlari, ovoz va nafas ustida ishlash, umumiy davolash, davolovchi 
    jismoniy-tarbiya, fizioterapiya va dori-darmonlar bilan davolash ishlari. 

    Download 465,04 Kb.
    1   2   3




    Download 465,04 Kb.
    Pdf ko'rish