In this graduation work, the failure of tires and wheels, which are one of the main parts in the movement mechanism of cars, and the reduction in service time are associated with violations of the rules of technical use




Download 3,88 Mb.
bet28/29
Sana18.07.2024
Hajmi3,88 Mb.
#267908
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
rezerf

Umumiy xulosa
Xulosa qilib aytganda, shina va yo‘l interfeysidagi yopishish shinaning harakatlanish holatiga bog‘liq. Sirpanish tezligining oshishi bilan shinaning bo‘ylama kuchi birinchi navbatda ko‘tariladi, keyin esa kamayadi. Bo‘ylama kuch sirpanish tezligi taxminan 15 foizni tashkil etganda maksimal darajaga yetadi. Ushbu sirpanish tezligi, shuningdek, kattaroq tormozlash kuchiga erishish uchun avtomobil tormozlanayotganda ABS uchun boshqariladigan sirpanish tezligidir. Quruq holatda (ABS) shinalarning ishqalanish koeffitsienti bosimining oshishi bilan ortadi va umumiy tendentsiya parabolik egri chiziqni ko‘rsatadi. Bu hodisa shuni ko‘rsatadiki, yuqori inflyatsiya bosimi shinaning sirpanish qarshiligini yaxshilashga yordam beradi. Shinaning ishqalanish koeffitsienti haydash tezligining oshishi bilan asta-sekin kamayadi.
Avtomobilni turg‘unligiga ekspluatatsion kuchlarning ta’siri katta. Malumki avtomobilning turgunligi uning harakat xavfsizligi bilan bog’liq. Avtomobilni ekspluatatsiya qilish tugaguncha harakat xavfsizlngini saqlash zarur. Avtomobilning turg‘unligiga shinaning texnikaviy xolati ko‘proq ta’sir etadi. Shina protektorinnpg yeyilishi g‘ildiraklarning yer bilan tishlashishini kamaytiradi, bu esa uning yonga sirpanishini oshiradi. Shu sababli, shinaning protektori yo‘l qo‘yilganidan ortiqcha yeyilganda avtomobillarni yo‘lga chiqarish man etiladi.
Amaliyotdan kelib chiqqan holda quyidagi muammolarga taklif berilgan.
Shinalar tegishli hujjat talablari asosida belgilangan, yo‘l bosib o‘tish meyor ko‘rsatkichlarida keltirilgan masofani bosib o‘tmasdan oldin, ishdan chiqishi va foydalanib bo‘lmas holatga kelib qolishi holatlari kuzatilayotganligi hisobga olgan holda.
Takliflar:
1.Favqulodda vaziyatlar vazirning 2021-yil 1-martdagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida avtomobil shinalaridan va akkumulyator batareyalaridan foydalanishdagi asosiy sarf me’yorlari va qo‘llash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-sonli buyrug‘iga o‘zgartirish kiritish.
Bunda: yo‘l bosib o‘tish meyorlarini belgilashda atrof-tabiiy muhit, quyosh nuri, sovuq iqlim sharoiti, shinaning doimiy yuklama ostida turishi va boshqa tabiiy tas’irlarini inobatga olgan holda, hisobdan chiqarish ishlarini qayta ko‘rib chiqish.
2. Shinalarning bir xil bosimda yurishini taminlash maqsadida, Shinalar bosimini nazorat qilish tizimi (TMPS ingl. Tire Monitoring Pressure System) yong‘in o‘chirish avtomobil shinalarida qo‘llash.
Shinani montaj qilish qoidalari
1.Shinalarni faqat avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan tavsiya etilgan joylarda montaj va o‘rnatish ishlarni amalga oshirish ya’ni maxsus shinalarga texnik xizmat ko‘rsatish joylarida.
2. Hech qachon bir xil o‘qqa turli xil protektorli shinalarni o‘rnatish tavsiya etilmaydi.
3. Barcha g‘ildiraklarni shu jumladan zaxirani muvozanatlashni unutmaslik lozim. Balanssiz g‘ildiraklarda haydash juda xavflidir. Undan tashqari muvozanatlanmagan shinalarni eskirishi tezroq sodir bo‘ladi.
4. Yo‘nalishli protektorli shinalar yon devor o‘qiga mos ravishda o‘rnatilishi kerak, bu oldingi siljishda aylanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
5. Yangi shinalarni o‘rnatgandan so‘ng ularni kamida 100 km gacha, 80 km/soatdan oshmasdan harakatlanish lozim.
Shinalarni ekspluatatsiya qilish qoidalari.
1.Maksimal ruxsat etilgan yuk va tezlikni oshirmaslik, haddan tashqari og‘ir yuk avtomobilning ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2. O‘rtacha kunlik havo xarorati +7ᵒC dan tushishi bilan shinalarni qishki shinalarga almashtirish. Pastroq xaroratdagi yozgi shinalarning yo‘l yuzasida yopishishi sezilarli darajada kamayadi.
3. Yozda vaqtda qishki shinalarda haydashning zaruriyati sezilmaydi, chunki protektorning yemirilishi keskin ortadi.
4. Faqat muzli yo‘llarda shinalar bilan harakatlanish zarur bo‘lganda sirpanishga qarshi bo‘lgan tirgaklarni o‘rnatish zarur.
Shinalarni tekshiruvi
1.Shinalaringizni har ikki haftada tekshirib ko ‘ring va mumkin bo‘lgan zararni kuzatib boring.
2. Old g‘ildirak razvalini vaqti-vaqti bilan tekshiring, noto‘g‘ri sozlash rul boshqaruvini sezilarli darajada kamaytirishi va shinalarni notekis yemirilishiga olib kelishi mumkin.
3. Oyiga kamida bir marta shinalar bosimini tekshiring. E’tibor bering bosim ko‘rsatkichlarini faqat sovuq bo‘lganda to‘g‘ri deb hisoblash mumkin. Shinalar yuki uchun tavsiya etilgaan infilatsiya bosimini saqlab qo‘yganingizga ishonch hosil qiling. Optimal bosimdan sezilarli og‘ishlarga ega bo‘lgan shinal avtomobilni boshqarishga salbiy ta’sir yetkazadi va tormoz masofasini oshiradi. Kam bosimli shinalar tezroq eskiradi va yoqilig‘i sarfini oshiradi, haddan tashqari ortiqcha bosimdagi shinalar esa tortish va tormoz barqarorligini pasaytiradi
4. Zahira g‘ildirak ham muntazam va to‘liq tekshirishni talab qiladi. Chunki har qanday vaqtda u asosiy bo‘lishi mumkin.

Download 3,88 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Download 3,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



In this graduation work, the failure of tires and wheels, which are one of the main parts in the movement mechanism of cars, and the reduction in service time are associated with violations of the rules of technical use

Download 3,88 Mb.