Avtoshinalarning yurish me’yorlarini ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq holda to‘g‘irlash tartibi




Download 3,88 Mb.
bet22/29
Sana18.07.2024
Hajmi3,88 Mb.
#267908
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
rezerf

3.2. Avtoshinalarning yurish me’yorlarini ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq holda to‘g‘irlash tartibi.
Avtomobil shinalarining xizmat muddatiga ta’sir qiluvchi omillardan biri - avtomobil ekspluatatsiya qilinayotgan yo‘l turi va holatiga bog‘liq. Avtomobil transporti ekspluatatsiya sharoitining sinflanishi va yo‘l qoplamasi sifati, joy relefi va yo‘lning joylashganligiga bog‘liq holda kategoriyalari keltirilgan.
Atomobil shinalarning ekspluatatsion yurish me’yorlari 5 qismga ajratilgan[19], ekspluatatsiya sharoitini ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi kategoriyalari uchun kamaytirish koeffitsientini qo‘llash mumkin.
Avtomobil shinalarining ekspluatatsion yurish me’yorlari kamaytirilishi mumkin:
5 foizga, II kategoriya ekspluatatsiya sharoitida doimiy ishlayotgan avtomobillar uchun;
10 foizga, III kategoriya ekspluatatsiya sharoitiga kiruvchi yo‘llarda doimiy ishlayotgan avtomobillar uchun;
10 foizga, tirkama va yarimtirkama bilan doimiy ishlayotgan avtomobillar uchun;
15 foizga, quyidagi ishlardagi avtomobillar uchun:
a) neft mahsulotlari, kimyoviy moddalar tashishda, avtomobil shinasini yemiradigan sharoitda;
b) bunker yoki ekskavatordan yuk ortganda;
v) qurilish va ta’mirlashda;
g) metallolom tashishda;
d) yuk ortish va tushirish, yo‘lovchi olish va tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan dambadam texnologik to‘xtash sharoitida.
Protektor rasmi universal bo‘lgan avtomobil shinalarining me’yorlari kamaytirilishi mumkin:
20 foizga, 50 foizgacha IV kategoriya ekspluatatsiya sharoitida yuradigan avtomobillar uchun;
30 foizga, 50 va undan yuqori foizgacha IV kategoriya ekspluatatsiya sharoitida yuradigan avtomobillar uchun;
30 foizga, 50 foizgacha Va kategoriya ekspluatatsiya sharoitida yuradigan avtomobillar uchun;
40 foizga, 50 va undan yuqori foizgacha Va kategoriya ekspluatatsiya sharoitida yuradigan avtomobillar uchun;
40 foizga, 50 foizgacha Vb kategoriya ekspluatatsiya sharoitida yuradigan avtomobillar uchun;
50 foizga, 50 dan 70 foizgacha Vb kategoriya ekspluatatsiya sharoitida yuradigan avtomobillar uchun;
60 foizga, 70 foizdan yuqori Vb kategoriya ekspluatatsiya sharoitida yuradigan avtomobillar uchun.
Yuqori o‘tuvchi shinalarning me’yorlari Va kategoriya ekspluatatsiya sharoitiga mos keluvchi tog‘ joylarida doimiy ishlovchi avtomobillar uchun 20 foizga, V6 kategoriya ekspluatatsiya sharoitida esa 30 foizga kamaytirilishi mumkin.

Download 3,88 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Download 3,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtoshinalarning yurish me’yorlarini ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq holda to‘g‘irlash tartibi

Download 3,88 Mb.