III-BOB. AVTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN AVTOMOBIL SHINALARIDAN FOYDALANISHDAGI ASOSIY SARF ME’YORLARI VA QO‘LLASH TARTIBI




Download 3,88 Mb.
bet21/29
Sana18.07.2024
Hajmi3,88 Mb.
#267908
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
rezerf

III-BOB. AVTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN AVTOMOBIL SHINALARIDAN FOYDALANISHDAGI ASOSIY SARF ME’YORLARI VA QO‘LLASH TARTIBI.
3.1 Avtomobil shinalarga qo‘yiladigan umumiy talablar.
Avtomobil shinasining ekspluatatsion yurish me’yori quyidagi sabablarga ko‘ra foydalanishdan olingan shinalar o‘rtacha yurgan yo‘li xisoblanadi: Shina mukammal ta’mirlashga yaroqli bo‘lgan holda, protektor rasmi minimal ruxsat etilgan balandlikkacha yeyilgan; ishlab chiqarish yoki ekspluatatsiya davriga oid ta’mirlab, tiklab bo‘lmaydigan yirtilishga ega.
Ushbu tartibdagi o‘rnatilgan avtomobil shinalarining ekspluatatsion yo‘l bosish me’yorlari xududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarning shinalarga ehtiyojini rejalashtirish, moddiy resurslar xarajatlari va tariflarining hisob-kitobini aniqlash uchun mo‘ljallangan, shuningdek, hujjat qayta tiklangan avtomobil shinalari uchun qo‘llanilmaydi[19].
Tartibda qo‘yidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
Protektori yo‘l rasmli shina: yoriq ko‘rinishidagi kesmalar bilan bo‘laklarga bo‘lingan qobirg‘a yoki shashkalardan tashkil topgan, asosan mukammallashtirilgan qoplamali yo‘llarda (I, II, III kategoriya) ishlatishga mo‘ljallangan.
Protektori universal rasmli shina: yugurish yo‘lkasining markaziy qismida joylashgan qobirg‘a yoki shashkalar va uning chekkasidagi yer ushlashgichlardan tashkil topgan, asosan mukammallashtirilgan yengil qoplamali yo‘llarda (III va IV kategoriya) va o‘tish yo‘llarida (IV va V kategoriya) ishlatishga mo‘ljallangan.
Protektori yuqori o‘tuvchi rasmli shina: keng o‘yiqlarga bo‘lingan baland yerishlashgichdan tashkil topgan, yo‘l yuk sharoitlarda va yumshoq tuproqda ishlatishga muljallangan.
Protektori karyer rasmli shina: unda bir-biridan chuqurchalar bilan ajratilgan har xil shakldagi katta protektor bo‘rtiqlari mavjud bo‘lib, yo‘l yuk sharoitlarda va asosan har xil bo‘lgan karyer yo‘llarida ishlatishga mo‘ljallangan.
Protektori yo‘naltirilgan rasmli shina: ya’ni radial tekisligiga nisbatan nosimmetrik joylashgan, yo‘l yuk; sharoitlarda va yumshoq tuproqda ishlatishga mo‘ljallangan.
Protektori qishki rasmli shina: o‘tkir uchli bo‘rtiqlarga ega va Kordli yoki yaxmalakli yo‘llarda ishlatishga mo‘ljallangan hamda sirpanishga qarshi shiplar bilan jixozlanishi mumkin.
Shinaning yeyilish qiymati: tayanch yuza bilan shinaning o‘zaro ta’siridan, shina yuzasidan sidirilgan rezinaning hajmi yoki og‘irligi tushuniladi. Shinaning yeyilish tezligini (intensivligi) foydalanish jarayonida protektor balandlik qiymati o‘zgarishi bo‘yicha aniqlanadi.
Shinaning charchashdan yeyilishi: yugurish yo‘lkasi yuzasida ko‘rinadigan qirilish izi sodir qilmasdan, sirpanuvchi yuza bilan shina burtiqlarining ko‘p marta deformatsiyasi natijasida rezina yuza qatlamini yemirilishi.
Shinaning o‘ramali yeyilishi: yumshoq rezinali shinalarga xos bo‘lib, ayniqsa, bu ortiqcha yuklamalarda sodir bo‘ladi. Bunday yeyilishda, ishqalanish kuchi ta’sirida paydo bo‘ladigan yurgizuvchi kuchlanish rezina mustahkamligidan ortib ketishi natijasida oldin yorilish va qirilishlar sodir buladi. Shinaning ilashuvchi yuzasining harorati oshadi, rezina yumshaydi, yo‘lga yopishadi va uncha katta bo‘lmagan o‘ramlar xosil kiladi. Natijada yuzada ketma-ket parallel almashuvchi chuqurlik va balandliklar qirilish rasmi paydo bo‘ladi. Bukilish bilan yeyilish tashki muhit va rezina xususiyatini aniq bir holatlaridagina sodir bo‘lishi mumkin.
Shinaning abraziv yeyilishi: ishqalanish yuzasida tirnalish, qirilish va shishlarning mavjudligi. U asosan shag‘al qoplamali yo‘llarda va ayniqsa, qoya toshlaridan solingan karyer yo‘llarida paydo bo‘ladi va u shinaning asfaltbeton yo‘ldagi yeyilishidan qiymati va xususiyati bilan farq qiladi.
Shinaning aralash yeyilishi avtotransport vositalarini har xil ekspluatatsiya sharoitida ishlatganda paydo bo‘ladi va yeyilishning intensivligi uning alohida ko‘rinishlarining nisbatiga bog‘liq.
Ekspluatatsion yo‘l bosish me’yorlari o‘rnatilmagan yangi shina modellari foydalanishdagi ekspluatatsion yo‘l bosish me’yorlari o‘rnatilgan shina modellarining o‘lchamiga qarab, vazirlik rahbariyati (xududiy tuzilma boshliqlari)ning buyruqlari bilan vaqtinchalik me’yor joriy etish xuquqiga ega. Bunda vaqtinchalik me’yorning amal qilish muddati 2 yildan oshmasligi kerak. Bu davr ichida ilmiy tashkilotlar bilan shartnoma tuzish orqali avtotransport vositasiga ushbu shina modeli va o‘lchamlari uchun asoslangan ekspluatatsion yo‘l bosish me’yorlarini belgilash ishlari olib borilishi zarur[19].

Download 3,88 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Download 3,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III-BOB. AVTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN AVTOMOBIL SHINALARIDAN FOYDALANISHDAGI ASOSIY SARF ME’YORLARI VA QO‘LLASH TARTIBI

Download 3,88 Mb.