|
Avtomobil shinalarini xisobdan chiqarish tartibi
|
bet | 23/29 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #267908 |
Bog'liq rezerf3.3. Avtomobil shinalarini xisobdan chiqarish tartibi.
Hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarning buyrug‘i bilan hayat tarkibi tuzilib, xisobdan chiqarishga mo‘ljallangan avtomobil shinalarini ko‘rikdan o‘tqazib, texnik holatini aniqlaydi.
Avtomobil shinasining ekspluatatsion yurish me’yoridan ortiq yurishi, agar shina o‘zining texnik holatiga asosan yana ishlatishga loyiq deb hayat tomonidan belgilansa, uni almashtirish hamda xisobdan chiqarishga asos bo‘la olmaydi[19].
Ekspluatatsion yurish me’yoridan ortiq yurgan foydalanishdagi avtomobil shinalari hayat tomonidan texnik holati qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng xisobdan chiqarish bo‘yicha tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish mumkin.
Avtomobil shinalarini xisobdan chiqarish amaldagi qonun xujjatlariga hamda vazirlikning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarda tuzilgan hayat tomonidan balansidagi fizik yeyilgan, eskirgan xamda xavfsiz taktik imkoniyatini yo‘qotgan va shikastlanish natijasida ishlatishga yaroqsiz deb baholangan avtomobil shinalarini xisobdan chiqarish bo‘yicha tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish mumkin. Xisobdan chiqarilgan shinalar navbatdagi yillik inventarizatsiyagacha omborda saqlanib, undan keyin utilizatsiya qiladigan tashkilotga qayta ishlashga topshiriladi.
Har bir xisobdan chiqariladigan pokrishka uchun avtomobil shinasining ishlaganligi to‘liq to‘ldirilgan hujjati taqdim etilishi shart. Belgilangan ekspluatatsion yurish me’yoridan kam yurgan shina xisobdan chiqarishga taqdim etilganda, hayat har bir shinani muddatidan oldin ishdan chiqish sababini o‘rganib chiqadi va aybdor shaxs aniqlangan taqdirda yetkazilgan zararni undirish choralarini ko‘radi.
Ishlab chiqarish defekti mavjud bo‘lgani uchun kafolat muddatidan kam yurib ishdan chiqqan shinalarni, yetkazib beruvchilarga hayat tomonidan dalolatnoma tuzilib, yozma murojaat qilinganidan so‘ng xisobdan chiqarish vazirlikning amaldagi normativ-xukukiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish defekti mavjud bo‘lgan avtomobil shinasiga tuzilgan daloltnomaga quyidagi ma’lumotlar qayd etilishi kerak:
-dalolatnoma ro‘yxatga olish raqami;
-korxona nomi va manzili;
-shinaning o‘lchami, rasmi va qayerda ishlatilganligi;
-protektor rasmi yulkasining qoldiq chuqurligi, mm;
-shikastning t o‘liq ta’rifi;
-taklif etilayotgan tovon foizi;
-dalolatnoma tuzilgan sana, hayat a’zolarining imzolari, muxr
Xulosa
Xulosa qilib aytganda shinalar harakat xavfsizligi, yoqilgʻi sarfi va ekologiyaga taʼsir etuvchi avtomobilning eng qimmat elementlaridan hisoblanadi. Shinaning texnik resursini oshirishning ilmiy-amaliy vazifasi avtomobillar harakati xavfsizligini oshirish, yoqilgʻi sarfini pasaytirish va ekologiyaga salbiy taʼsirini kamaytirish, shuningdek, avtotransport korxonasining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish uchun amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ijobiy iqtisodiy samarani olish imkonini beradi. Shinalarni texnik qoʻllash sohasida koʻpgina tadqiqotlar oʻtkazilgan. Bu tadqiqotlarning barchasi shinalarning texnik resursini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot vazifalarining yechimini topish uchun amalga oshirilgan. Ularning farqi esa ularning yechimini topishdagi yondashuv va usullardan iborat hisoblanadi.
Asosan shinalardagi kam bosim maqsadga muvofiq emas. Chunki, protektor yon tomonlarining yedirilishi tezlashadi (radial juda past profilli shinalar kamroq darajada yediriladi).
Yomon yo‘l sharoitida shinani jarohatlanish ehtimoli oshadi. Avtomobil shinalarning statik va dinamik nomuvozanatliklari ham xarakatga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Statik nomuvozanatlik-bu g‘ildirak massasini aylanish o‘qiga nisbatan bir tekisda taqsimlanmaganligidir. Agar bunday g‘ildirak aylantirilsa, har doim og‘ir qismi past tomonga kelib to‘xtaydi. Harakatlanish davrida statik nomuvozanat g‘ildirakni vertikal tekislikda tebratadi, kuzovning tebranishi sodir bo‘ladi, payvand va qotirish birikmalari bo‘shashadi.
|
| |