374
Formulalar
lentasi Excelning eng
katta qulayliklaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Formulalar lentasi turli xildagi jarayonlarni
bog`lash,
hisob-kitob
qilish
uchun
ishlatiladi. Uning ichki funksiyalari mavjud.
Bu
ichki
funksiyalar
turli
toifalarga
bo`linadi. Formulalar ustasining ikki qadami
mavjud: Birinchi qadam [Мастер функции]
deb
nomlanadi
(8.30-rasm).
[Поик
функции] bandiga qidirilayotgan funksiyaning qisqacha nomi yoziladi va [Найти]
tugmasi bosilib, qidiriladi. Toifa bandida funksiyalarning
turli toifalari tanlab
qo`yiladi. Toifa turlariga [финансовые], [математичские], [дата и время],
[статистические], [сылки и массивы] va hokazolar kiradi. [Выберите функций]
bandidan kerakli funksiya tanlanadi. Pastda tanlagan funksiyaning tasnifi va
argumenti haqidagi ma'lumot bo`ladi. Ikkinchi qadamga o`tish uchun [OK]
tugmasi bosiladi. Ikkinchi qadam [Аргументы функции] deb nomlanadi (8.31-
rasm). Hozir rasmda [корень] funksiyasi tanlangan. [Число]
yozilgan bandda
[корень] funksiyasining argumentini kiritiladi. 8.31-rasmda [25] soni kiritilgan.
Pastda funksiyaning vazifasi va natijasi ko`rinib turadi. [OK] tugmasi bosiladi va
kursor turgan yacheykaga [5] soni hosil bo`ladi. Formula
qatorining matn yozish
maydoniga esa [=корень(25)] yozilgan bo`ladi. Formulalar lentasining formulalar
kutubxonasi bo`limidagi asboblar paneliga joylashgan (
)[Автосумма]
tugmasining
pastga
yo`naltirilgan
tugmachasini
bosilganda
matematik toifaga
tegishli bir nechta funksiyalar
mavjud . Bu funksiyalar
doimiy
hisob-kitoblarga
ishlatilib kelinadi. Ular 8.9-
jadvalda keltirilgan.