432
9.
Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi respublikamizda nech
Mbit/s teng ?
10.
Respublikamizda jamiyatni axborotlashtirish
uchun qanday chora-
tadbirlar olib borilmoqda ?
9.2.
Kompyutеr tarmoqlari
Muhim so`zlar:
kompyuter tarmoqlari, shina, halqasimon, yulduzsimon,
axborot tezligi, PAN, LAN, CAN, MAN, WAN, GAN, tugunlar munosabati, OT,
kabel, Bluetuoth, WI-FI.
Bilib olasiz:
Kompyuter tarmoqlarining yaratilishi, kompyuter
tarmog`ining ta`rifi, tarmoqda kompyuterlarni ulash, tarmoq topologiyasi, tarmoq
tezligi, tarmoq turlari, tarmoqlarni tugunlar bo`yicha turlash, tarmoqni OT
asosida tuslash, tarmoqda axborot tashuvchi kabel turlari, yangi Bluetooth va WI-
FI standartlari.
1960-1970
yillarga kelib, markazlashtirilgan ishchi kompyuterlar
majmuasini yaratish g`oyalari ilgari surildi. 1970
yilning boshlariga kelib,
markazlashtirilgan ishchi kompyuterlar o`zaro bog`landi va ilk axborotlar
uzatildi. Shu sabab bahona fanda kompyuterlar
majmuasini bank sohasiga
qo`llash maqsadida bir nechta EHMlar tarmoqlari tushunchasi kirib keldi.
Kompyuter tarmog`i deb ikki va undan ortiq kompyuterlarning o`zaro
axbotor almashish imkoniyatiga aytiladi.
Kompyuter tarmoqlarining rivojlanishining asosiy sabablaridan elektron
resurslardan hamkorlikda foydalanishdir.
Kompyuter tarmoqlari orqali
foydalanuvchilar bir vaqtning o`zida amaliy dasturlar, ma`lumotlar bazasi, turli
xil fayllar bilan ishlashlari mumkin. Bundan tashqari, zaruriy axborotni uzatish
va qabul qilish oson va tez amalga oshiriladi. Juda katta va ommabob bo`lgan
ma`lumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Kompyuterning tashqi
qurilmalari printer, skaner, modem, disk yurituvchi qurilmalari bilan birgalikda
ishlashga, foydalanishga qulay.
433
Texnik va tizimli dasturiy ta`minot orqali o`zaro
bir-birlari bilan ishlay
oladigan kompyuterlar majmuasiga kompyuter tarmog`i deyiladi.
Kompyuterlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi dеb
yuritiladi. Odatda uchta topologiya qo`llaniladi.
1. Umumiy shina. Bu ulanishda tarmoqdagi
barcha kompyutеrlar bitta
aloqa chizig`iga parallеl bog`lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida,
ham markazlashgan bo`lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa
maхsus kompyutеr-hakam ulanadi, uning vazifasi tarmoqda aхborotni uzatishni
boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyutеrlar bir хil maqomga ega,
ular mustaqil ma`lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi.