516
10.21-rasm. Rasmlar bilan ishlash.
Vektorli rasmlarga misol olish uchun dunyo xaritasidan foydalanamiz. Bu
xaritanining raqamli variantlarini internetdan olish mumkin.
Vektorli rasmni bir
ozgaruvchiga chaqiramiz. 0-tartibli ustunni a, 1-tartibli ustunni b ga o`zlashtiramiz
va Mathcad bo`limidan [Insert]
[Garph]
[X-Y Plot] Buyruqlar ketma-ketligini
tanlaymiz. Ishchi stolda x – y koordinata hosil bo`ladi, x o`qiga a o`zgaruvchini, y-
o`qiga b o`zgaruvchini kiritamiz va dunyo xaritasi hosil bo`ladi. Xaritani globus
shakliga keltirish uchun shar shakli chizilgan (10.22-rasm)
formulalardan
foydalanib olamiz. Agar sharni harakatlantirish kerak bo`lsa, sichqonchadan
foydalanish mumkin. Tasvirlangan shar aylanib turishni istasangiz [shift]
tugmasini bosing va sichqoncha yordamida aylanish tomonini ko`rsating.
10.22-rasm. Dunyo xaritasini Mathcadda tasvirlash.
Mathcad dasturi orqali ixtiyoriy funksiyalarning
grafigini chizish, rasmlar
bilan
ishlash va ularni qayta ishlab, raqamli rasmlarga almashtirish imkoniyati
mavjud.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.
Mathcadda grafiklar qaysi asboblardan foydalanib yaratiladi ?
517
2.
Bitta koordinataga ikkita va undan ortiq funksiyaning
grafigini chizish
mumkinmi ?
3.
Vektorli grafikka misol keltiring ?
4.
Polyar Plot qanday grafikalarni chizishga mo`ljallangan ?
5.
Sohali grafikka misol keltiring ?
6.
FRAME nima vazifani bajaradi ?
7.
Rasmlarni rangli o`qish buyrug`ini ayting.
8.
Yaratilgan rasmi qaysi tomondan ko`rib bo`ladi ?
9.
Mthcadda duyno xaritasi qanday hosil qilinadi ?
10.
U`ch o`lchovli grafikka misol keltiring ?