510
Bilib olasiz:
grafiklarni dekart, polyar, 3D, sohali, konturli, 3D point,
vektorli koordinatalarda yaratish va tahrirlashlar, funksiyalarning FRAME
yordamida animatsiya va videolarni yaratish, bmp, PRN tipli rasmlarni qayta
ishlash va raqamli rasmlarni hosil qilishni.
Mathcadda grafik chizish uchun [Math]->[Graph] asboblar panelidan
foydalaniladi.
10.10-jadval. Grafik turlari
Nomi
belgisi
tugma
vazifasi
X-Y Plot
[Shift]+[2] Dekart koordinatasi
Polar Plot
[Ctrl]+[7]
Polyar koordinata
3D Bar
3 o`lchovli diagramma
Surface Plot
[Ctrl]+[2]
Sohali grafik
Contour Plot
[Ctrl]+[5]
Kontur grafik
3D Scatter Plot
3 o`lchovli nuqtali grafik
Vektor Field
Vektorli grafik
Mathcadda dekart koordinatada grafik
chizishga bir misol bilan keltiramiz. Faraz
qilamiz [-10,10] oraliqda f(x) funksiyaning
grafigini chizish talab etilgan bo`lsin. Buning
uchun i o`zgaruvchiga -10 dan 10 gacha
qiymat beramiz, f(x) funksiyaga biror
funksiya (masalan, cos(x)) ni yozamiz. So`ng
[Shift]+[2]
tugmasini
bosib,
dekart
koordinatani hosil qilamiz. X o`qida I o`zgaruvchini, Y o`qiga f(i) yozuvini
kiritamiz va funksiyaning grafigi hosil bo`ladi.
Mathcadda bitta dekart koordinataga bir nechta funksiyaning grafigini ham
chizish mumkin. Faraz qilaylik [a,b] oraliqda f(x), g(x) funksiyalarning grafigi n ta
tugun nuqta orqali chizish talab qilingan bo`lsin. Buning uchun a ga quyi chegarani
(a=-5), b ga yuqori chegarani (b=100) o`zlashtiramiz. F(x) va g(x) funksiyalarni
kiritamiz va x ning qiymatlarini aniqlaymiz. X ning qiymatlarini aniqlash uchun