504
10.
Integrallarni analitik hisoblab bo`ladimi ?
10.4.
O`zgaruvchi va funksiyalar, vektor, matritsa
Muhim so`zlar:
local, global o`zgaruvchi, qiymat o`zlashtirish, funksiya,
vektor, matritsa.
Bilib olasiz:
local va global o`zgaruvchilarni e`lon qilish, aniq
qiymatlarni o`zgaruvchiga o`zlashtirish, funksiya e`lon qilish, funksiya
qiymatlarini hisoblash, integral va boshqalarni analitik hisoblash.
Mathcadda 2 xil o`zgaruvchi bo`lib, lokal va global geb aytiladi. Lokal bu
[:=] belgisi bilan yoziladi va qiymatni o`zida saqlab kerak bo`lganda qaytaradi.
Lokal o`zgaruvchi faqat el`on qilinib qiymat berilgandan so`ng , undan mathcad
qoidasi boyicha foydalanish mumkin. Global o`zgaruvchi [≡] belgisi bilan beriladi.
Global o`zgaruvchilarga Mathcadning ixtiyoriy joyidan murojaat qilish mumkin.
Lokal o`zgaruvchini e`lon qilish uchun, avval ozgaruvchining nomi yoziladi.
O`zgaruvchining nomi sifatida Mathcadning funksiyalaridan tashqari, son bilan
boshlanmaydigan nomlarni olish mumkin. Masalan, a, aa, a1, assa, ball.
O`zlashtirish tengligini qo`yish uchun [shift]+[;] tugmachalar majmuasidan
foydalaniladi. Yoki [Math]->[Evaluation] asboblar panelidan foydalaniladi. So`ng
esa uning qiymati kiritiladi. Global o`zgaruvchi ham xuddi lokal kabi aniqlanadi,
faqat global o`zgaruvchini yozish uchun [Shift]+[`] tugmachalar majmuasi
bosiladi.