497
Mathcad dasturi Mussachus texnologiya institute (MIT) olimi Allenom Razdovom
(Алленом Раздовом) tomonidan Mathsoft kompaniyasida yaratilgan. Mathsoft
2006 yildan buyon PTC (Parametric Technology Corporation)
kompaniyasi
tarkibida faoliyat olib boradi. Mathcad juda qulay interfeysli dastur bo`lib,
ma`lumot va formulalarni kiritish uchun klaviaturadan foydalanish yoki maxsus
asboblar panellaridan foydalanish imkoniyati bor.
Yana bir qulaylik tomoni
shundaki, mathcadda formulalarni xuddi matematik ko`rinishda yozish mumkin.
Hisoblashlar faqat formulalar orqali emas balki dasturlash,
loyihalash orqali
bajarish mumkin. Mathcadning ba`zi imkoniyatlar Maple (MKM, Maple Kernel
Mathsoft) kompyuterli algebra tizimi asosida yaratilgan (13.1 variantigacha). 14
versiyadan boshlash MuPAD yadro simvollari foydalanilgan.
Mathcad dasturining varaqlarida bajariladigan
amallar va tenglamalar,
grafikli tasvirlar, matnlar dasturlash tili asosida yaratilgan. Bu varaqlarni varaq –
dastur deyiladi va uni ishlash prinsiplari WYSIWYG (What You See Is What You
Get — «что видишь, то и получаешь») texnologiyasi asosida yaratilgan.
Ta`lim
jarayoni, hisoblash va injenerlik tajribalarida Mathcad dasturidan
foydalanish qulay. Bundan tashqari XML va .NET texnologiya asoslarida ishlash,
e-kitoblarni tez va oson tayyorlash mumkin. Mathcad dasturidan foydalanuvchilar
soni taxminan 1.8 mlnga yetarkan.
Bugungi kunga kelib Mathcad dasturining quyidagi Mathcad 1.0-5.xx,
Mathcad 6, Mathcad 7, Mathcad 8, Mathcad 2000 (9 variant), Mathcad 2001 (10
variant), Mathcad 2001i, («interaktivli»), Mathcad 11-11.2a, Mathcad 12,
Mathcad 13-13.1, Mathcad 14, Mathcad 15, Mathcad Prime 1.0 variantlari bor.
Mathcad dasturining texnologiyasini
kelajakda rivojlantirib, Mathcad Application
Server (MAS) texnologiyasini yaratish ko`zda tutilgan.
MAS texnologiyasida
Mathcadning ixtiyoriy variantini tan olish, hamda
Mathcad varaqlarini veb-
interfeys (Web Calc texnologiya) ga o`tkazish rejalashtirilgan.