• Amaliy daraja.
  • Xizmat ko‘rsatish darajasi




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/91
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231443
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91
    Bog'liq
    informatika va axborot texnologiyalari.

    Xizmat ko‘rsatish darajasi.
    Bu darajadagi dasturiy ta’minot tayanch darajadagi 
    dasturlarda bo‘lganidek, tizimli darajadagi dasturlar bilan ham o‘zaro aloqada harakat 
    qiladi. Xizmatchi dasturlar (ularni, shuningdek, utilitillar deb ham ataladi)ning asosiy 
    vazifasi 
    kompyuter 
    tizimini 
    tekshirish 
    va 
    sozlash 
    bo‘yicha 
    ishlarni 
    avtomatlashtirishdan iborat. Ko‘p hollarda ular tizimli dasturlar bajarayotgan ishlar 
    doirasini kengaytirish yoki yaxshilash uchun ishlatiladi. Xizmatchi dasturlarning 
    ayrimlari (odatda, bular xizmat ko‘rsatish dasturlari bo‘ladi)ni oldinroq operatsion 
    tizimlar tarkibiga qo‘shilgan, ammo xizmatchi dasturlarning ko‘pchiligi amallar tizimi 
    uchun tashqi dasturlar bo‘lib hisoblanadi va uning vazifalarini kengaytirish uchun 
    xizmat qiladi. 


    Xizmatchi dasturlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishda ikkita muqobil 
    yo‘nalish mavjud. Bular: operatsion tizim bilan integrallashish va avtonom ishlash. 
    Birinchi holatda xizmat dasturlari tizimli dasturlarda amaliy ish uchun qulayroq qilib, 
    ularning iste’mol xususiyatlarini o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi holatda esa tizimli 
    dasturiy ta’minot bilan kuchsizroq bog‘langan, ammo foydalanuvchiga ularning 
    apparat va dasturiy ta’minot bilan o‘zaro aloqasi hamda harakatini alohida sozlash 
    uchun ko‘proq imkoniyat beradi. 
    Amaliy daraja.
    Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ma’lum ish o‘rnida aniq 
    topshiriqlar bajaruvchi amaliy dasturlar majmuasidan iborat. Bu topshiriqlarning 
    spektori ishlab chiqarishdan to ijodiygacha va ko‘ngilochar topshiriqlargacha juda 
    kengdir. Hisoblash texnikasining tadbiq qilinishi mumkin bo‘lgan sohalarining ulkan 
    funksional (harakat) diapazoni turli xildagi faoliyat turlari uchun amaliy dasturlarning 
    mavjudligi bilan bo‘langan. 
    Amaliy va tizimli dasturiy ta’minotlar o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud 
    bo‘lgani uchun (ularning birinchisi ikkinchisiga tayanadi) shuni ta’kidlash kerakki, 
    hisoblash tizimining universalligi, amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanishning 
    qulayligi va kompyuterning funksional (harakat, vazifa bajarish) imkoniyatlarining 
    kengligi foydalanilayotgan amallar tizimining tipiga hamda uning yadrosi qanday 
    tizimli vositalarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq. Operatsion tizimi uch qismdan iborat 
    bo‘lgan inson-dastur-uskuna majmuining o‘zaro aloqa va harakatini qanday 
    ta’minlashga ham bog‘liqdir. 
    Fayllarning arxivli nusxasini yaratish 
    Hozirda informatsiyalarni saqlash, extiyotsizlik oqibatida ma'lumotlarni 
    bo’zilishini oldini olish va informatsiyalarni ixcham shaklda saqlash uchun maxsus 
    arxivlovchi programmalardan foydalaniladi. 
    Arxivlovchi programmalarni bir necha variantlari mavjud. Biz keng tarqalgian 
    arj.exe va rar.exe programmalarini kurib chiqamiz. 
    Programmalarni (fayllarni) arxivlanganda ularning xajmi kamayadi. Qanday 
    mikdorga kamayishi faylni turiga bog’liq. Masalan matnli fayl arxivlanganda uning 
    xajmi 70 % ga kamayadi. 
    Kompyuterlardan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko’ra magnit 
    disklardagi ma'lumotni o’chirish yoki zararlantirish mumkin. Bu magnit diskini ishdan 
    chiqishi, fayllarning noto’g’ri tahriri yoki faylni extiyotsizlik oqibatida o’chirilishi, 
    yoki kompyuter virusining zarari natijasida yo’z beradi. Shuning uchun 
    .foydalanayotgan fayllarning arxiv nusxasini ko’chirish va o’zgartirilayotgan fayllar 
    nusxasini yangilab turish zarur.

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   91




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish