Bir vazifali OT bir foydanuvchining aniq bir paytda
aniq bir vazifani bajarish
uchun mo’ljallangan. Bu operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir.
Ko’p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida tasvirlashda EXMdan jamoa bo’lib
foydalanishni
taminlaydi.
Bunday
sinfdagi
OTning
tipik
vakillari:
IBM
korporatsiyasining UNIX, OS 2, Microsoft Windows 95, Microsoft WindowsNT va
boshqalardir.
Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan
bog’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha
resurslariga kirishini
ta'minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli OTlarning tipik vakillari: Novell NetWare,
Microsoft
Windows NT, Banyan Vines, IBM LAN, UNIX,Sun
firmasi maxsuloti
Solfris dir.
(Savol: Bajariladigan vazifalardan kelib chikib OTni necha guruhga bo’lish
mumkin?)
Servis
dasturiy
ta'minoti-foydalanuvchiga
kompyuter
bilan
ishlashda
qo’shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi
dasturiy maxsulotlar jamgarmasidan iborat.
Biroq, funktsional imkoniyatlarga ko’ra, servis vositalarni quyidagi vositalarga
bo’lish mumkin:
- foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
- ma'lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan ximoya
qiluvchilar;
- ma'lumotni qayta ishlovchilar;
- disk va tezkor xotira qurilmasi o’rtasida ma'lumot almashuvini
tezlashtiruvchilar;
- virusga qarshi vositalar.
OT ning sozlovchisi bo’lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. O’tilitalar
va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo’lib, har biri o’z vazifasini bajaradi.
Biroq
o’tilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi.
Qobiq foydalanuvchiga sifat jixatdan yangi interfeys taqdim etadi. Virusga qarshi
ximoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta'minlaydi.