imkoniyatlarini kengaytiradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni
ulash mumkin yoki mavjud qurilamalardan boshqacharoq foydalanish mumkin.
3) Qobiq - dasturlar; bu dasturlar operatsion tizim
DOS dasturlariga nisbatan
kompyuter bilan qulayroq va ko’rgazmali muloqot o’rganish imkoniyatini beradi.
Qobiq - dasturlardan ko’proq Norton Commander, XTree, Pro Gold va boshqalari
ishlatiladi.
4) Utilitlar; bular yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlardir. Masalan:
Norton Utilities nomli sistemali dasturlar majmui mavjuddir.
Amaliy dasturlar.
IBM PC kompyuterlari uchun turli soxalarda qo’llaniladigan yuz minglab har xil
amaliy dasturlar ishlab chiqilgan. Eng keng qo’llaniladigan dasturlar quyidagilardir:
1) Matn muharrirlari. Bular kompyuter yordamida matn va hujjat tayorlaydi.
2) Nashriyot tizimlari. Bular tipografiyadek (bosmaxonadek) xujjat tayorlaydi.
3) Jadvali prosessorlar. Bular jadval ko’rinishida berilgan sonli ma'lumotlarni
qayta ishlaydi.
4) Ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari. Bular axborotlar massivlarini
qayta ishlaydi. Kompyuterdan foydalanuvchilar o’z masalalarini yechish uchun tuzgan
dasturlar majmui.
5) Kompyuterdan foydalanuvchilarni yechish uchun tuzgan dasturlar majmuni.
Dasturlashtirish tizimlari.
IBM PC kompyuter uchun un minglab dasturlar bo’lsa ham, ular
foydalanuvchini qiziktirgan ayrim masalalarni yechishga mo’ljallanmagan bo’lishi
mumkin. Bunday hollarda foydalanuvchi kerakli dasturni o’zi tuzadi.
Yangi dasturni
tuzish uchun qaysidir dasturlashtirish tizimi ishlatiladi. IBM PC kompyuterlarida
ko’pincha SI, SI++, Paskal va Beysik tillari asosida yaratilgan TURBO C, TURBO
C++, TURBO PASCAL, MICROSOFT C, MICROSOFT BASIC dasturlash tizimlari
ishlatiladi.
Foydalanuvchi kompyuter bilan paketli hamda dialogli usullarda o’zaro
xamkorlik qilishlari mumkin.
Paketli usul iqtisodiy vazifalarni yechishni markazlashtirilgan holda tashkil
qilishda eng keng tarqalgan turi.
Paketli usulda hisoblash jarayonini tashkil qilish
foydalanuvchining EHMga
kirishisiz qurilgan.
Uning vazifasi vazifalar paketi bo’yicha dastlabki ma'lumotlarni tayyorlash va
EHM uchun ishlab chiqarishga vazifalar, dasturlar va meyoriy-ma'lumotnomaviy
ma'lumotlarga ega bo’lgan ishlab chiqarish markaziga uzatish bilan cheklangan.
Foydalanuvchi va EHM o’zaro hamkorligining dialogli usuli insonni
axborotlarni EHMda ishlab chikarish jarayoniga tezkor aralashishi uchun imkoniyat
yaratadi.
Dialog tizimining foydalanish tarifi quyidagi talablarni qondirishi kerak:
Foydalanuvchining tizimga osonlik bilan moslashishi;
Hisoblash, mantiqiy tadbirlar va atamalarning bir xilligi;
Foydalanuvchi videoterminal ekrani yoki bosib chikaruvchi
qurilmaga EHMdan
yordam olish payti yoki javob harakatlarnii o’tkazishsh zarurligini ko’rsatish bilan
chikariladigan ma'lumotla axborotlar yoki kerakli yuriqnomalar bilan ta'minlash;
Dialoglarning qisqacha shakllaridan foydalanish;
Tizimli axborotlarni operasion tizimlar va maxsus dasturlar bilan amalga
oshiraladigan himoya vositalarining mavjudligi.