2.
Tarmoqli operasion tizimni tanlash.
3.
Apparatli karorlar bo’yicha takliflarni, jumladan: kompyuterlar bo’yicha,
kommunikasion uskunalar bo’yicha tanlash.
Tarmoqni kalit ostida yaratishga kodir malakali tizimli integrasiyalarning uch
asosiy alomatini farqlash mumkin:
Birinchidan, firma tizimli tarmoqli integrayiyalash
soxasida ixtisoslashishi
kerak.
Ikkinchidan, firma tavsiya etilgan uskunalar va dasturli ta'minlashning asosiy
yetkazib beruvchilari bilan uzok muddatli bitimlarga ega bo’lishi lozim.
Uchinchidan, firma tarmoqlarni loyixalashtirish, o’rnatish va kuzatish bo’yicha
yetarli ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi va uni qo’llash
sohasining kengayishi dasturiy ta'minotning (DT) jadal rivojlanishiga olib keldi. Shuni
takidlash kerakki, 1990 yilda jahon jamiyatida dasturiy ta'minotga 100 mlrd. AKSH
dollaridan ziyod mablag sarflandi. Bunda DT rivojlanishi yyonalishi shuni
ko’rsatadiki, harakatlar tendentsiyasi yiliga 20% usib bormokda.
Axborot tizimlarining DTi deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan
ma'lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy
va xujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy ta'minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog’liq holda, uni ikki
guruhga bo’lish mumkin:
tizimli dasturiy ta'minot va amaliy dasturiy ta'minot.
Tizimli dasturiy ta'minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini
tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me'yordagi ish muhitini ta'minlaydi.
Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini
xal etish va umuman axborot
tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo’ljallangan.
Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
- operatsion tizimlar;
- servis dasturlar;
- dasturlash tillari translyatorlari;
- texnik xizmat dasturlari