Ma'ruza № 3
Amaliyot tizimlarining vazifalari va turlari
Zamonaviy arxivlash vositalari
Reja:
1.
Komp'yuter programmalarining foydalanuvchi interfeysi.
2.
Dasturiy ta’minotning darajalari
3.
Fayllarning arxivli nusxasini yaratish
4.
Arxivlovchi fayllar. PKZIPG`PKUNZIP va ARJ programmalari
Komp'yuterning
hamma resurslari, yani dasturlar guruhi (qurilmalar, fayllar,
ishchi dasturlar) va xamda foydalanuvchining komp'yuter bilan ishlashini qulay
interfeysda tashkil qiluvchi dasturga operatsion tizim deb ataladi.
Komp'yuter programmalarining foydalanuvchi interfeysi.
Foydalanuvchi nuqtai-nazaridan kop'yuter dasturlari kurinishi quyidagicha:
* paketlarni qayta ishlash dasturlar (dasturiy paketlar)
* dialog dasturlar
Paketlarni qayta ishlash dasturlariga birinchidan boshlangich ma'lumot
kerak
bo’ladi, undan keyin foydalanuvchi ishtirokisiz qayta ishlash boshlanadi.
Dialog dasturlar teskarisi, hech qanday boshlangich ma'lumotlarsiz
ishga
tushiriladi. Dasturning ishlashi davomida foydalanuvchi dialoglar yordamida
boshlangich ma'lumotlarni kiritadi.
Undan tashkari, foydalanuvchi dasturga kirishni
dinamik boshqarishi mumkin. (Qayta ishlash jarayonida).
Natija xam ketma-ket
ravishda qadamma-qadam qayta ishlanadi. Foydalanuvchi dasturga kiritgan ta'sirlari
natijasi darxol ko’rishi mumkin.
Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro
hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy
nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish
kam deganda shartli ekanligini unutmaslik kerak.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti tarkibi
dasturiy konfiguratsiya deb
ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro
aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga
tayanib
ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz
mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar
va o‘zaro hamkorlik harakatlari mavjud, amaliyotda esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir
necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja
o‘zidan oldingi darajani dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘laklab
hisoblash
texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga
texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham
ahamiyat berish kerakki, yuqorida yotuvchi har bir daraja butun
tizimning funksional
ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, bazaviy darajada dasturiy ta’minotli hisoblash
tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy
ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi.