Fayllarning
arxivli
nusxasini
yaratish
uchun
maxsus
arxivlovchi
programmalardan foydalaniladi. Bu programmalar arxiv disketalarda
joyni tejaydi va
arxiv fayllardan foydalanishda qulayliklar yaratadi.
Qoidaga ko’ra, arxivlovchi programmalar fayl nushalarini diskda siqib
joylashtiradi, fayllarni arxivdan olish va arxiv mundarijasini ko’rish
imkoniyatini
beradi .
Eng Ko’p tarqalgan arxivlovchilar: ARJ, PKARC, PKPAK, PAK, PKZIP,
LHRC, PKZIP va ARJ qulayroq va tezroq ishlaydi.
Shuning uchun qo’yida ARJ, PKZIP va PKUNZIP programmalarining qisqacha
tafsifini keltiramiz.
Arxivli fayl bir necha fayllarni sqqilgan holda bir faylga joylashgan majmuidir.
Arxiv fayl mundarijaga ega. Unda fayllar nomi,
fayl joylashgan katalog nomi, oxirgi
o’zgartirish
faqat va sanasi, faylning diskdagi va arxivdagi xajmi va tekshirish kodi
haqidagi ma'lumot beriladi.
(Munozarali holat: Siz qanday arxivlovchi programmalar bilan
ishlagansiz? Foydasini sezganmisiz?)
PKZIPG`PKUNZIP va ARJ programmalari
PKZIPG`PKUNZIP, ARJ programmalari fayllarni
arxivlashtirish va ularni
arxivdan qayta tiklash vazifalarini bajaradi.
Arxiv fayllarini saqlash uchun matnli axborot uchun 60-70% joy, bajariluvchi
fayllar uchun 20-30% joy tejaladi. Sikishtirilishi fayl nomi qarshisida ko’rsatiladi.
Bu programmalar
arxiv fayl tashkil etish, qayta tiklash yangi fayllarini arxivga
qo’shish, fayllarni yangi turlariga almashtirish, arxivdvn fayllarni o’chirish va fayllar
ro’yxatini chiqarish imkoniyatlariga ega.
ARJ programmasi bir necha bobli arxivlar tashkil qila oladi. Bu katta xajmdagi
programmalarni disketlarga arxivlashda qulaydir. PKZIP programmasi. ZIP,ARL esa.
ARJ kengaytgichiga ega.