doimiy eslab qoluvchi uskunalar deb nomlanuvchi maxsus mikrosxemalarda saqlanadi.
Dasturlar va ma’lumotlar DEQU (doimiy eslab qoluvchi uskunalar)ning
mikrosxemalariga ishlab chiqarish bosqichida yozib qo‘yiladi va hisoblash
texnikasidan foydalanish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin emas. Foydalanish paytida
bazaviy dasturiy vositalarni o‘zgartirish texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan
hollarda DEQU mikrosxemalari o‘rniga qayta dasturlangan doimiy eslab qoluvchi
uskunalar qo‘llaniladi. Bunday hollarda DEQU ning mazmunini o‘zgartirish ishlarini
bevosita hisoblash tizimining tarkibida bo‘lganidek (flesh-texnologiya),
undan
tashqarida ham programmatorlar deb ataluvchi maxsus uskunalarda ham bajarish
mumkin.
Tizimli daraja.
Tizimli daraja-o‘tish darajasi. Ushbu darajada ishlovchi
dasturlar kompyuter tizimining boshqa tayanch darajadagi
dasturlari va bevosita
apparat ta’minoti bilan o‘zaro aloqadorlik harakatlarini ta’minlaydi, ya’ni vositachilik
vazifalarini bajaradi.
Qisqasini aytganda, hisoblash tizimining foydalanish ko‘rsatkichlari ko‘p
jihatdan mana shu darajadagi dasturiy taֹminotga bog‘liq. Masalan, hisoblash tizimiga
yangi uskuna ulanayotganida tizimli darajada boshqa dasturlar uchun ushbu uskuna
bilan o‘zaro aloqani ta’minlab turuvchi dastur o’rnatilishi lozim. Mukammal uskunalar
bilan o‘zaro harakat uchun javob beruvchi aniq dasturlar uskunalarning drayverlari deb
ataladi. Ular tizimli darajaning dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi.
Tizimli daraja dasturlarining boshqa guruhi foydalanuvchi bilan o‘zaro
aloqa
(harakat) uchun javob beradi. Aynan shu dasturlar tufayli foydalanuvchi hisoblash
tizimiga ma’lumotlar kiritish, uning ishini boshqarish va o’ziga
qulay shakldagi
natijalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu dasturiy vositalar foydalanuvchining
interfeysini ta’minlovchi vositalar deb ataladi. Ish joyida kompyuter bilan ishlashning
qulayligi va mehnat unumdorligi bevosita ularga bog‘liqdir.
Tizimli daraja dasturiy ta’minotining yig‘indisi kompyuter amallar tizimining
yadrosini tashkil qiladi. Operatsion tizim tushunchasini keyinroq ko‘rib chiqamiz, bu
yerda esa faqat shuni ta’kidlaymizki, agar kompyuterga
tizimli darajadagi dasturiy
ta’minot o‘rnatilgan bo‘lsa, u yuqoriroq darajadagi dasturlarni o‘rnatishga, dasturiy
vositalarning uskunalar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashga va eng muhimi
foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘lish
imkonini deradi, ya’ni operatsion tizim
yadrosining mavjudligi odamning hisoblash tizimi bilan amaliy ishlashiga imkoniyat
yaratib beradi.