EHMning istalgan komponentlar va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy
prosessor, tezkor yoki tashki xotira, tashki qurilmalar, dasturlar va boshqalar qurilma
bo’lib xizmat qiladi. OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish
usulini (interfeys) taqdim etadi.
Interfeys bunda dasturiy va foydalaniladigan bo’lishi mumkin. Dasturiy
interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o’zaro ta'sirni ta'minlovchi
vositalar yigindisidir.
Foydalanuvchi interfeys - foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o’zaro
ta'sirdagi dasturiy va apparat vositalaridir. O’z navbatida foydalanuvchining interfeys
buyruqli yoki ob'ektli - yunaltirilgan bo’lishi mumkin.
Buyruqli interfeys kompyuter zahiralarini boshqarish bo’yicha harakatlarni
bajarishda foydalanuvchi tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kirishni ko’zda tutadi.
Ob'ektli-yunaltirilgan interfeys-fayllar katologlar (papkalar), diskovodlar, dasturlar,
hujjatlar va boshqalarni taqdim etuvchi ob'ektlar ustidan operasiyalarni amalga oshirish
vositalarida hisoblash tizimlari zahiralarni boshqarishdir. Ko’pgina operasion tizimlar
xatolarni tuzatish va yangi imkoniyatlarni kiritish yyonalishida modifikasiyalashadi va
takomillashadi.
Vorislikni saqlash maqsadlarida operasion tizimning yangi modifikasiyasi qayta
nomlanmaydi, balki versiyalar (taxmin) nomini oladi.OT versiyalar 6.00, 2.1, 3, 5 va
hokazolar ko’rinishida "o’nli kasr"ni anglatadi. Bunda raqamning nuqtagacha oshib
borishi esa -uncha ahamiyatsiz o’zgarishlarni, nuqtadan keyin turuvchi raqamni oshib
borishi esa-uncha ahamiyatsiz o’zgarishlarni aks ettiradi. Versiyani tartib raqami
qancha ortiq bo’lsa, sistema shuncha ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladi.