(Savol: Bit va bayt tushunchalarini izohlang!!!)




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/91
Sana14.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#231443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari.

(Savol: Bit va bayt tushunchalarini izohlang!!!) 
Fanning predmeti va vazifasi. 
«Informatika» fanining predmeti bir biri bilan uzviy bog’liq uchta tushuncha: 
algoritmlash, dasturlash va EHMdan tashkil topgan bo’lib, talabalarning algoritmik 
fikrlash madaniyatini o’stirish, kompyuter savodxonligini oshirish va EHMni o’qish 
jarayonida, ilmiy texnik ishlash ishlarida, ilmiy izlanishlarda va kelajakdagi 
muhandislik faoliyatlarida qo’llash bilimlarini berishni nazarda tutadi. 
«Informatika» fanining vazifasi talabalarga EHMda qayta ishlov uchun zarur 
bo’lgan axborotlarni tasvirlash yechilayotgan masalani birmuncha sodda bo’laklarga 
bo’lib, matematik modellash asoslarini o’zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, 
algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni EHMga kiritib natija 
olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni o’rgatishdan iboratdir. 
Hozir insoniyat tashabbusidagi har bir ishda EHMni qo’llanilayotgani yaqqol 
ko’zga tashlanmoqda. EHM ning dunyoga kelishiga avvalam bor injenerlar va fiziklar 
juda muhtoj bo’lganlar desak mubolag’a bo’lmaydi. Juda tez rivojlanib borayotgan fan 
va texnikaning oldida turgan masalalarni juda katta hisoblashlarga olib keladi va 
bo’larni faqat EHM yordamida hisoblash mumkinligini olimlar tushunib yetdilar. Endi 
EHM larning eng oddiy to’plamlaridan tanlashni boshlaymiz. Boshlang’ich 
informatsiyalar mashinaga uzluksiz chizislar, ya'ni tenglamalar yordamida berilishi 
mumkin bo’lsa va bunda mashinalarning o’zi hisoblashlarni davom ettirib chizmani 
ekranga chisarsa, bunday mashinalar avtomatik hisoblash mashinalari (AHM) 
deyiladi. Bo’larning boshqacha turi raqamli hisoblash mashinalari (RHM) deyiladi. 
Ular uzluksiz bo’lmay diskret bo’ladilar. Bunday turdagi mashinalar barcha 
axborotlar raqamli kodlar ko’rinishida bo’ladi. IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlar 
(SHK) asosan qo’yidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: 

Kiritish qurilmasi (Klaviatura, “Sichqoncha”);

Chiqarish qurilmasi (Printer, Monitor); 

Tizimli (Sistemali) blok (Xotira, protsessor, adapterlar). 


Xotira ma'lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. U o’z navbatida tashqi va 
ichki xotiraga bo’linadi. Tashqi xotira (qattiq disk yoki vinchester) ma'lumotlarni uzoq 
muddatda saqlash uchun xizmat qiladi. Tashqi xotiraning quyidagi turlari ham mavjud: 
Protsessor - dastur bilan berilgan ma'lumotlarni qzgartiradigan, hamma 
hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarni 
o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilmadir. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni 
bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarni ko’rsatilgan ketma-
ketlikda bajarish hamda xotira bilan aloqa o’rnatish amalga oshiriladi.
Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi. 
Mikroprotsessor-kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi.
Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish sobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 
4 milliard amalga va undan ortiq bo’lishi mumkin. 
Operativ xotira protsessor uchun zarur bo’lgan programmalar va ma'lumotlar 
saqlaydi. Kompyuter o’chirilishi bilan operativ xotiradagi ma'lumotlar o’chiriladi. 
Operativ xotira o’zida kompyuterda ishlayotgan programma va ma'lumotlarni 
saqlaydi. Ma'lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko’chiriladi, olingan
natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. 
Qattiq diskka programma va ma'lumotlar ko’chiriladi. 
Qattiq disk programma va ma'lumotlarni doimo saqlaydi. 
Elektron sxemalar (yoki kontrollyorlar) kompyuterga kiruvchi (monitor,
klaviatura va hokazolar) turli qurilmalar ishini boshqaradi. 
Kiritish chisarish porti orqali protsessor bilan ma'lumot almashadi. 
Ichki qurilmalar bilan ma'lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda 
umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, "sichkoncha" ulanishi mumkin. 
Umumiy portlar 3 xil bo’ladi: universal seriyno`y USB1 – USB6 bilan 
belgilanadi, parallel - LPT1 - LPT4 bilan belgilanadi va ketma-ket COM1 - COM3 
bilan belgilanadi. Universal portlar kirish chikishni parallel va ketma-ket portlarga 
nisbatan tez bajaradi. 
Kiritish qurimasi – komp'yuterga yangi ma'lumotlarni kiritish uchun xizmat 
qiladi. (Klaviatura, sichqon, skaner) 
Chiqarish qurilmasi – komp'yuterda joylashgan ma'lumotni foydalanuvchiga 
yetkazish uchun xizmat qiladi. (Printer, Monitor). 
Shaxsiy kompyuterning so’shimcha qurilmalari. Kompyuter imkoniyatlarini 
oshirish maqsadida unga turli qo’shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bu 
kompyuter, "sichkoncha", model, skaner va hokazolardir. Bunda: Printer - ma'lumotni 
qog’ozga chiqaradi. "Sichqoncha" - ma'lumot kiritilishini yengillashtiruvchi
manipulyator. 
Modem - telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuter bilan ma'lumot almashish 
imkoniyatini beradi. Skaner – qog’ozdagi ma'lumotni kompyuterga tasviriy ravishda 
kiritadi. 

Download 1,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



(Savol: Bit va bayt tushunchalarini izohlang!!!)

Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish