• Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas
  • Kompyuter xonasida quyidagilar taqiqlanadi
  • Kompyuterda ishlashning sanitariya - gigiena talablari.
  • “Informatika va axborot texnologiyalari”




    Download 4,27 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/103
    Sana11.06.2024
    Hajmi4,27 Mb.
    #262689
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
    Bog'liq
    “Informatika va axborot texnologiyalari”

    Masalaning qo‘yilishi:
    texnika xavfsizligi qoidalarini o‘rganish va rioya qilish. 
    Ish haqida nazariy ma’lumot. 
    Kompyuter xonasi hisoblash texnikasi bilan jihozlangan o‘quv-tarbiya bo‘limi hisoblanadi. Hisoblash 
    texnikasi kompyuter xonasining jihozi 10-15 tagacha shaxsiy kompyuter va 1 ta o‘qituvchi uchun mo‘ljallangan 
    shaxsiy kompyuterdan tashkil topadi. 
    Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas

    1.Sinfga ustki kiyimda kirish. 
    2.Kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulash yoki o‘chirish. 
    3.Kompyuterni tashqi qurilmalar: printer, disk yuritgich, sichqoncha, joystik va boshqalar bilan ulash. 
    4.O‘qituvchining ruxsatisiz sinfda yurish va gaplashish. 
    5.Monitorlarning yorug‘lik, tovush balandligi va boshqa vazifalarni bajaruvchi murvatlarini burash hamda 
    himoya qopqoqlarini ochish. 
    6.Displey ekranlariga qo‘l va boshqa narsalarni tekkazish, hamda qurilmalarning ulanish joylariga va elektr 
    tarmoqlariga tegish. 
    Kompyuter xonasida quyidagilar taqiqlanadi: 
    1.Kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish va o‘t yoqish. 
    2.Qurilmalar yaqinida yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish. 
    3.Xonaga kislotali tarkibida xlori bor bo‘lgan moddalarni va umuman qurilmalarning ichki elementlari ishiga 
    salbiy ta’sir qiluvchi moddalarni olib kirish. 
    4.Kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo‘yish. 
    5.Qurilmalarga ho‘l qo‘l bilan tegish va ularni ulash. 
    6.Qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg‘ich va boshqa narsalarni tiqish. 
    7.Tugmalarni bosishda kuch ishlatish. 
    8.Ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish. 
    9.Bo‘r ishlatish. 
    10.Umumiy manba ulagich yoqilgan holatda tozalash ishlarini olib borish. 
    Kompyuterda ishlashning sanitariya - gigiena talablari. 
    1.
    Kompyuter xonasida tushayotgan yorug‘lik o‘quvchining ish joyiga tepadan va chapdan tushishi, displey 
    ekrani va tugmalar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi maqsadga muvofiq. 
    2.
    Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20-24

    C atrofida bo‘lishi lozim. 
    3.
    Kompyuter bilan uzluksiz ishlash vaqti bir kun davomida 50 minutdan oshmasligi kerak. 
    4.
    Talaba kompyuterdan eng kamida 40 sm narida o‘tirishi kerak. 

    Download 4,27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




    Download 4,27 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Informatika va axborot texnologiyalari”

    Download 4,27 Mb.
    Pdf ko'rish