6
1-LABORATORIYA ISHI. SETUP DASTURI YORDAMIDA KOMPYUTERLARNI SOZLASH.
QOBIQ DASTRULAR VA ARXIVATORLAR.
Ishning maqsadi: BIOS haqida boshlang’ich ma’lumotlar olish. Kompyuterning boshlang`ich
sozlamalarini amalga oshirish usullari bilan tanishish. BIOS dasturiy va qurilmaviy sozlashlarini
o`rganish. Total Commander dasturda ishlash ko`nikmalarini hosil qilish. WinRAR arxivlash
dasturi orqali fayllarni "siqish" va "ochish".
Kerakli jihozlar
: kompyuter, operasion sistema, dastur. Total Commander va arxivlash dasturlari.
Masalaning qo`yilishi:
1.
BIOS haqida ma’lumotlar olish.
2.
BIOSni dasturiy o’rganish.
3.
BIOSni qurilmaviy o`rganish.
4.
Total Commander dasturi imkoniyatlari bilan tanishihs va unda ishlash jarayonlarini o`rganish.
5.
Fayllarni arxivlash
Qisqacha nazariy ma’lumot:
Ofislardagi shaxsiy kompyuter va qurilmalarni elektr manbaiga ulashdan so`ng ularni ishlatishda
BIOS dan foydalaniladi. U tizim platada joylashgan alohida mikrosxema bo`lib, faqat o`qish
va saqlash
rejimlarida ishlaydi, yozish mumkin emas. U energiyaga bog`liq emas,
chunki alohida akkumlyator
batareykasidan ta’minlanadi. BIOS hajmi kichik bo`lib, unda ishlab chiqarilgan zavodda dasturlar yoziladi
va doimiy saqlanishi uchun akkumlyator batareykasidan energiya bilan ta’minlanadi. Dasturning asosiy
vazifasi kompyuter tok manbaiga qo`shilgandan so`ng, avtomatik ravishda
barcha qurilmalarning ish
faoliyatini nazorat qiladi. U qo`yidagi amallarni bajaradi:
Kompyuterning asosiy qurilmalarini testdan o`tkazish. Asosiy qurilmalarda nosozlik o`chramaganda
operatsion sistemaning boshlang`ich yuklash modulini operativ xotiraga yuklaydi.
Operatsion sistemaning qolgan modullarini tashqi tezkor xotiraga yuklaydi.
BIOS (doimiy xotira) — Pentuum tipidagi kompyuterlarda mavjud bo`lib, ulardagi ma’lumotlar
mikrosxema tayyorlanayotganda yoziladi. Bu ma’lumotlardan keyinchalik kompyuter ishlayotganda faqat
o`qish uchun foydalaniladi.
BIOS - bu termin bazali kiritish - chiqarish sistemalarisining asosidir. BIOS dastur va apparat simlari
o`rtasidagi bog`lovchi hisoblanadi. Bazali kiritish -
chiqarish istemalarining asosi, bu kombinatsiyalash
BIOS lar va qiymatlar uchun yuklanadigan drayverlardir. BIOS ning
bir qismi tizim platadagi
mikrosxemaga joylashadi va u Firm Ware deb nomlanadi (aynan mana shu mikrosxema foydalanuvchi
BIOS ni kompyuterdan apparat qismiga o`tkazadi).
Operatsion sistema o`z o`rnida BIOS orqali apparat taminotiga murojaat қилади. Bu bog`lanish
drayver qurilmalar ko`rinishida amalga oshiriladi.