|
Innovatsiyalar
|
bet | 49/67 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 8,78 Mb. | | #150568 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi va dizayn o\'quv amaliyotidan 42-guruhKo‘rish oynasini Get Material (material olish) tugmasini bosib ham chaqirsa bo‘ladi.
3. Browse From (materiallar manbai) guruhdagi Mtl Library (materiallar kutubxonasi) o‘chirib-yoquvchi tugmasini ChS bilan bosing. Materiallar kutubxonasi mavjud bo‘lgan materiallarni ko‘rish va tanlash imkoniyatini beradi.
4. Show (ko‘rsatish) guruhidagi Root Only (faqat natijani) bayroqchasini ChS bilan bosing. Bu bayroqcha faqat natija beruvchi tarkibiy materialni tasvirlaydi.
Nomlangan materiallar ro‘yxatidan ChS bilan Wood (yog‘och) tanlang.
Tanlangan material, tepa chap burchakda joylashgan Material/Map Browser (material va tekstura kartasi) namunalari ko‘rish oynasida paydo bo‘ladi.
Materialni ob’yektga berish qoldi.
Proyeksiya oynasida parallellepiped quring. Material muharriri namuna kataklaridan biridagi materialni tanlab, Assing Material to Selection (tanlangan ob’yektga material belgilash) tugmasini bosing.
Bo‘yalgan parallelepiped 1.13 rasmda ko‘rsatilgan. Boshqa ob’yektlarga ham materiallarni mustaqil tanlab qo‘ying.
rasm. Materialardan foydalanish namunasi.
Shunday qilib, ob’yektlarga material berishning bitta usuli ko‘rib chiqildi.
Materiallarni yaratish va tahrir qilish imkoniyati juda katta, ijod qilish doirasi keng.
№-_14_-Mavzu: 3DS Max da grafik muharrirlarida murakkab tasvirlar yaratish
Reja:
To‘rlarni ob’yekt darajasida muharrirlash
To‘rlar cho‘qqilarini muharrirlash
Buyruqlarni o‘rganish asosida to‘r cho‘qqilarini muharrirlash
To‘rlarni ob’yekt darajasida muharrirlash
Primitiv muharrirlanadigan to‘r holatiga o‘tkazilgandan keyin buyruqlar panelining tagida Edit Geometry (Muharrirlanadigan geometriya) to‘plamini oching.
Bu to‘plamda to‘rni muharrirlash buyruqlari joylashgan.
Sferani konusga bog‘lab qo‘yamiz. Buning uchun Attach (Bog‘lash) tugmasini bosing, keyin sferani bosing. Sfera konusga bog‘lanib qoladi, rangi ham bir xil bo‘lib qoladi va standart o‘zgarish buyruqlari (surish, aylantirish, masshtablash) ikki ob’yektni bir primitiv deb hisoblaydi.
To‘rlar cho‘qqilarini muharrirlash
To‘rlar cho‘qqilarini muharrirlash alohida cho‘qqi yoki cho‘qqilar guruhining xususiyatlarini o‘zgartirish va ular bilan bir qator operatsiyalar bajarishga imkon beradi. Ob’yekt shaklini muharrirlash uchun belgilangan cho‘qqilarga standart o‘zgartirishlar qo‘llash mumkin. Muharrirlash buyruqlarini ko‘rib chiqamiz. Bog‘lash buyrug‘idan keyin biz ikki muharrirlanadigan to‘r yuzalik ob’yektga egamiz: sfera va konus.
Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasida O’S tugmasini bosing va paydo bo‘lgan menyu panelida Wireframe (Karkas tasvir) qatorini belgilang.
Ob’yektlar cho‘qqi, qobirg‘a va yoqlarni muharrirlashga qulay karkas shaklida tasvirlandi.
Selection (Tanlash) to‘plamda ChS tugmasi yordamida 7.1 rasmda keltirilgan piktogrammalarning chap tomonda joylashganiga bosing.
rasm Muharrirlash darajasini tanlash piktogrammalari
Siz cho‘qqilarni muharrirlash rejimini belgiladingiz. Shunda modifikatorlar ro‘yxatida Edit Mesh (To‘rni muharrirlash) qatori sariq rangga bo‘yaladi. Edit Geometry (Geometriyani muharrirlash) to‘plamida qo‘shimcha buyruqlar yonib chiqadi, belgilangan ob’yektlar cho‘qqilari esa hojlar bilan belgilanadi (7.2 rasm).
Belgilangan to‘r cho‘qqilari to‘plamlarini nomlash mumkin. Buning uchun instrumentlar panelida joylashgan ochiladigan Named Selection Sets (Belgilangan to‘plamlarni nomlash) ro‘yxatga belgilangan to‘plamning nomini kiritib, klavishini bosing. Named Selections (Nomlangan to‘plamlar) bo‘limida joylashgan Copy (Nusxa olish) va Paste (Qo‘yish) tugmalar yordamida belgilangan cho‘qqilar to‘plamlari nusxasini olish va qo‘yish mumkin.
To‘rlar cho‘qqilarini birlashtirish yoki bo‘lish uchun Edit Geometry (Muharrirlanadigan geometriya) to‘plamida joylashgan Weld (Birlashtirish) guruh buyruqlari ishlatiladi.
Target (Tanlangan) buyrug‘ini tanlang. Bu buyruq ikki cho‘qqini birlashtiradi.
rasm. Muharrirlash rejimidagi ob’yektlar
ChS bosib, sferadagi cho‘qqini belgilang va boshqa cho‘qqiga surib boring. Kursor shunda surish kursori ko‘rinishida bo‘ladi. Boshqa cho‘qqiga yaqinlashganda kursor hoj shakliga o‘tadi. Target (Tanlash chegarasi) hisoblagichi mumkin bo‘lgan birlashtirish masofasini ko‘rsatadi. Agar shu vaqt sichqon tugmasi qo‘yib yuborilsa, ikki cho‘qqi birlashadi. Selected (Belgilangan) buyrug‘i Weld Selected (Birlashtirish chegarasi) hisoblagichda ko‘rsatilgan chegaradan kam masofada joylashgan belgilangan cho‘qqilar guruhlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. Shunda bo‘sh qolgan qobirg‘alar segmentlari yakuniy cho‘qqi bilan birlashadi. Soft Selection (Qo‘shimcha tanlov) to‘plamidagi Use Soft Selection (Qo‘shimcha tanlovdan foydalanish) rejimini aktivlashtirish Falloff (Belgilash mintaqasi) parametrga yo‘l ochib beradi, bu esa ta’sir etish mintaqasini aniqlaydi. Bir yoki bir nechta cho’qqilarni o‘zgartirish belgilangan mintaqada joylashgan cho‘qqilarga ham ta’sir etadi.
3. Soft Selection (Qo‘shimcha tanlov) to‘plamida Use Soft Selection (Qo‘shimcha tanlovdan foydalanish) rejimini bering, keyin – Falloff (Belgilash mintaqasi) parametr ko‘rsatkichini va Move (Surish) instrumenti yordamida cho‘qqilardan birini suring. Belgilash mintaqa parametrining ta’siri 7.3 rasmda keltirilgan. Parametr nolga teng bo‘lgandagi cho‘qqi surilishi 7.4 rasmda keltirilgan.
rasm. Belgilash mintaqasi parametrining ta’siri natijasi
rasm. Belgilash mintaqasi o’chirilgan holatdagi cho‘qqi surilishi
Affect Back facing (Qarshi yo‘nalishsiz) parametrni o‘rnatish o‘zgartiralayotgan cho‘qqining normallari qarshi bo‘lgan boshqa cho‘qqilarga ta’sir etishdan himoya qiladi. Uni Use Soft Selection (Qo‘shimcha tanlovdan foydalanish) parametri yoqilganda ishlatish mumkin. Parametr Edge Distance (Qobirg‘alardagi masofalar) parametri iteratsiya hisoblagichagidagi qiymatiga qarab, ta’sir etish mintaqa o‘lchamini aniqlaydi.
Iteratsiya hisoblagichi qiymati 1ga tengligida sfera cho‘qqilarining birini suring. Keyin Undo (Bekor qilish) buyrug‘i yordamida surish operatsiyasini bekor qilib, iteratsiya hisoblagichi qiymati 8ga tengligida qayta suring. Soft Selection (Qo‘shimcha tanlov) to‘plami tagida mintaqaga ta’sirni muharrirlash egri chizig‘ining oynasi joylashgan (7.5 rasm). Parametrlar yordamida o‘zgartilayotgan cho‘qqini atrof to‘r mintaqaga ta’sir etish egri chiziq shaklini o‘zgartirish mumkin. Ko‘rish maydonida tasvirlangan grafik cho‘qqini o‘zgartirish atrof mintaqaga ta’sir etish kuchini ko‘rsatadi. Grafik shakliga quyidagi parametrlar ta’sir etadi
Falloff (Tanlangan ketidan siljish) – ta’sir etish mintaqa umumiy o‘lchamini beradi;
Pinch (Toraytirish) – egri chiziq shaklini cho‘qqi uchida aniqlaydi;
Bubble (Qavariqlik) – egri chiziqning ikki chetdagi qavariqligini aniqlaydi.
rasm. Ta’sir etish egri chizig‘ini muharrirlash to‘plami
Egri chiziq shaklini sozlab, ChS yordamida OK tugmasini bosing.
Sfera cho‘qqisining egri chiziq parametrlarini o‘zgartirib, bir cho‘qqini suring va oldingi surishlarni bekor qiling. Shunda parametrlarning mintaqa shakliga ta’sirini kuzatishingiz mumkin.
Qayta Edit Geometry (Muharrirlanuvchi geometriya) to‘plamiga o‘tamiz
Sfera cho‘qqilarining qismini belgilang va Detach (Ajratish) tugmasini bosing.
Bu harakat belgilangan cho‘qqi yoki cho‘qqilar guruhi va cho‘qqiga tegishli yoqlarni alohida ob’yektga o‘tkazadi.
Paydo bo‘lgan Detach (Ajratish) muloqat oynasida ajratilgan ob’yektning nomini yozib, ChS yordamida OK ni bosing.
To‘rning ajratilgan qismini surish uchun muharrirlash rejimidan chiqish kerak. Detach (Ajratish) harakatdan foydalanish natijasi 7.6 rasmda ko‘rsatilgan. To‘rning qismi ob’yektdan ajratilgan va surilgan.
rasm. Cho‘qqilar guruhini ajratish va surish misoli
Edit Geometry (Muharrirlanuvchi geometriya) bo‘limning boshqa buyruqlari quyida keltirilgan:
Create (Yaratish) – fazoning istalgan joyida muharrirlanayotgan ob’yektga ta’lluqli cho‘qqini yaratishga imkon beradi;
Delete (O‘chirish) – belgilangan cho‘qqi yoki cho‘qqilar guruhini o‘chirib tashlaydi. Cho‘qqilar o‘chirilganda, cho‘qqilarga oid yoqlar ham o‘chiriladi;
Collapse (Yig‘ishtirish) – belgilangan cho‘qqilar guruhini yig‘ishtirish. Bunda yig‘ishtirilyotgan cho‘qqilar belgilangan cho‘qqilar markazida joylashgan cho‘qqiga yig’ishtiriladi. 7.7 rasmda cho‘qqilarni yig‘ishtirish misoli keltirilgan.
Selection (Tanlov) to‘plamida quyidagi elementlar ta’sirini ko‘rib chiqing:
Hide (Yashirish) – belgilangan cho‘qqilarni yashirish; yashirilgan cho‘qqilarni muharrirlab bo‘lmaydi;
Unhide All (Hammasini ko‘rsatish) – Hide (Yashirish) element harakatining teskarisini bajaradi; yashirilgan cho‘qqilarni ko‘rsatadi;
Remove Isolated (Ajratilganni o‘chirish) – belgilanishiga qaramay ob’yekt tarkibidagi ajratilgan cho‘qqilarni o‘chiradi.
7.4.Cho‘qqilar muharririni ishlatish misoli
|
| |