• Blender, vizuallashtirish dasturlari Tayanch tushunchalar
  • Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/124
    Sana27.09.2024
    Hajmi11,66 Mb.
    #272673
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124
    Bog'liq
    Kom.Grafikasi va web qo\'llanma

     
     


    170 
    6-MAVZU. UCH O‘LCHOVLI TASVIRLAR VA ULARNI YARATUVCHI 
    GRAFIK DASTURLARI 
    Reja: 
    1.
     
    3DS MAX dasturi 
    2.
     
    Blender, vizuallashtirish dasturlari 
     
    Tayanch tushunchalar: modellashtrish, 3 o‘lchovli grafika,
    3D,
    interer, 
    eksterer, peyzaj,
    konstruktor modellashtirish,
    badiiy modellashtirish,
    effekt, 3DS 
    MAX 
    3D (3-Dimensional) modellashtirish uch o‘lchovda ishlashni ko‘zda tutadi 
    barcha predmetlar uch xil parametrlar bilan xarakterlanadi: kenglik, chuqurlik va 
    balandlik. 3D dasturlarida ishlovchi foydalanuvchilar jismlar ustida virtual ishlash 
    va ularni tahrirlash uchun uskunalardan foydalanishadi. 
    Uch o‘lchovli modellashtirishning qo‘llanilish sohalari 
    Kompyuter texnologiyalarining qudrati yuqori sur’atlarda rivojlanishi bilan 
    bog‘liq real obyektlarga maksimal o‘xshash virtual obyektlarni yaratish imkoniyati 
    vujudga keldi. 
    Samarali va real vizuallashgan axborotlarni yaratishda afzal ko‘riladigan, 
    aynan kinematografiya, multiplikasiya va reklama faoliyati sohalarida uch 
    o‘lchovli modellashtirish texnologiyalari keng qo‘llaniladi. 
    Uch o‘lchovli modellashtirish qo‘llaniladigan asosiy sohalar: 
    1.
    Vizual effektlar, multiplikasiya, kompyuter sanoati. 
    Kuchli qurilma va dasturiy ta’minotlar sababli nafaqat maksimal reallikga, 
    balki mavjud fizik xususiyatlarga ega bo‘lgan (oquvchanlik, egiluvchanlik, 
    ishqalanish va b.) turli xil predmetlarni (masalan: uy, avtomobil va b.) yaratish 
    imkoniyati yuzaga keldi. Ma’lum muhitni o‘rab olgan real suv sathi, turli xil 
    pirotexnik effektlar yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa aktyorlarning 
    harakatsiz bir xil rangdagi fonda suratga olinishi, so‘ngra ularni yaratilgan virtual 
    muhit bilan to‘lik qoplanishiga olib keldi. Shuningdek virtual maydonda real joyini 
    o‘zgartirish mumkin bo‘lgan personaj (qaxramon)larni yaratish, shuningdek haqiqiy 


    171 
    odamga o‘xshash virtual personajlarni yaratish uchun hajmiy skanerlashdan 
    foydalanish imkoniyati ham tug‘ildi (5.9-rasm). Ancha oddiy usulda yaratish (har 
    bir kadrni qo‘lda chizish) bilan bog‘liq uch o‘lchovli multiplikasiya endilikda qo‘lda 
    chizishga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. 
    2.
    Loyihalash va dizayn. Dizaynning barcha ko‘rinishlari uchun virtual 
    modellar ichki va tashqi (interer va eksterer) dizayn, poligrafik dizayn, shuningdek 
    sanoati dizayni singari yaratiladi. Loyihalash imkoniyatlaridan biri haqiqatdan 
    mavjud manzara tasviri (peyzaj)ga yaratilgan virtual modelni qo‘yish hisoblanadi. 
    131-rasm. Haqiqiy odamga o‘xshatib yaratilgan virtual personaj obrazi 
    132-rasm

    Fotosuratga yaratilgan virtual uyning muhitga moslab qo‘yilishi 
    Masalan: Fotosuratga yaratilgan virtual uyni atrof muhitga uning qay darajada 
    mos tushganligini ko‘rish maqsadida qo‘yish mumkin (132-rasm). 
    Konstruktorlik va badiiy modellashtirish 


    172 
    Shartli ravishda hajmiy modellashtirish ikki turga ajratiladi: 
    1.
    Badiiy modellashtirish; 
    2.
    Konstruktorlik - qattiq jismli modellashtirish (solid modeling). 
    Badiiy modellashtirishda yaratiladigan obyektning tashqi ko‘rinishi, uning 
    badiiy timsoli ustun ko‘yiladi (134-rasm). 
    134-rasm. Badiiy modellashtirish 
    135-rasm. Ansys dasturida modellashtirish 
    Qattiq jismli modellashtirish aniq fizik modellarni ishlab chiqish va obyektiv 
    voqelikda yuz beradigan jarayonlar uchun xizmat qiladi. Masalan: haydovchi va 
    uchuvchilarni o‘rgatish uchun simulyatorlar, turli tizimlar mustahkamligini 
    tekshirish va b. Shuning uchun birinchi o‘rinda estetika emas, balki aniq fizik hisob-
    kitoblar turadi. 
    Masalan, Ansys dasturida barcha fizik parametrlarni hisobga olgan holda 
    model yaratiladi, so‘ngra ushbu modelning belgilangan qismlariga kuch berish va 
    uni chidamlilikga tekshirish, yo bo‘lmasa qandaydir ichki yoki tashqi nuqsonni 
    modellashtirish mumkin (135-rasm). 
    CAD/CAM tizimlari (computer-aided design - avtomatlashgan loyihalash 
    / computer-aided manufacturing - avtomatlashgan ishlab chiqarish) barcha 


    173 
    zaruriy me’yorlarga muvofiq turli chizma va hajmdagi detalni yaratish imkonini 
    beradi. 
    Modellashtirishning bu ikkala turi sanoat dizaynida qo‘llanilishi mumkin. 
    Masalan: Avtomobilning real modelini yaratish (badiiy muharrirlar), tegishli 
    chizmalarni tayyorlash (CAD/CAM tizimlari) va turli qismlar chidamliligini 
    tekshirish (solid modeling) zarur. 
    Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi sababli badiiy 3D- muharrirlarda 
    turli obyektlar va fizik xususiyatlari hisobga olingan effektlar (real suv sathi, qattiq 
    va egiluvchan jismlar)ni yaratish mumkin. Ushbu dinamik obyektlar faqatgina 
    samarali vizual effektlar va videolavhalar yaratish uchun foydalaniladi. 

    Download 11,66 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124




    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 11,66 Mb.
    Pdf ko'rish